O'zi yozar suv o'lchash qurilmasi lentasini qayta ishlash O'zi yozar suv o'lchash qurilmasi lentasini qayta ishlash Suv sathini kuzatish ma'lumotlarini maxsus qayta ishlash Chuqurliklarni o'lchashda bajariladigan ishlar tarkibi Reja: O'zi yozar suv o'lchash postlarida o'zi yozar qurilmadan tashqari reykali yoki qoziqli suv o'lchash posti ham bo'lishi lozim. Oddiy suv o'lchash posti o'zi yozar qurilma o'rnatilgan quduqning devoriga yopishtirilgan reyka holida bo'lishi mumkin. Ba'zan esa shu postning yonida reykali yoki qoziqli qurilma ko'rinishida bo'ladi. Kuzatuvchi kuzatish olib borish uchun postga kelganda birinchi navbatda reykadan hisob oladi. Uni 0 grafik tekisligiga keltirib, o'zi yozar qurilma lentasiga belgi qo'yadi va lentani barabandan oladi. Keyin belgi yoniga vaqtni yozib qo'yadi. Reykali suv o'lchash postini o'rnatishdan asosiy maqsad o'zi yozar qurilma lentasiga yozilgan suv sathlari balandliklarini 0 grafik tekisligiga keltirishdir. Suv o'lchash postlarida bajariladigan ishlarning ko'lami shu post oldiga qo'yilgan vazifalarga bog'liq bo'ladi. Bajariladigan ish hajmi suv o'lchash postining razryadiga ham bog'liq. Suv o'lchash postlarining hammasida bajariladigan ishlarning asosiy tarkibi qo'yidagicha: a) suv sathi balandligini o'lchash; b) suvning haroratini o'lchash; v) muz qoplamining qalinligini o'lchash; g)muz qoplami ustidagi qorning qalinligini o'lchash. Agar meteorologik stansiya uzoq masofada joylashgan bo'lsa (50 kmdan uzoqda), suv o'lchash postlarida, yuqoridagilardan tashqari, birinchi razryadli meteorologik postda turi bo'yicha ham kuzatishlar olib boriladi. I razryadli suv o'lchash postida suv sathi, suvning loyqaligidan namuna olish, ko'l yoki suv omborlarida to'lqin elementlarini o'lchab borish, yog'in miqdorini o'lchash, qorning qalinligini va zichligini aniqlab borish, tuproqning muzlash holatini kuzatish ishlari bajariladi. II razryadli postlarda esa faqat suvning loyqaligidan namuna olinmaydi. Suv sathi o'zi yozib boruvchi suv o'lchash postlarida kuniga 1 marta (ertalab soat 8 da), oddiy suv o'lchash postlarida esa 2 marta, ya'ni ertalab soat 8 da va kechqurun 20 da kuzatiladi. Bu kuzatishlar daryoning suv rejimiga qarab ko'paytirilishi ham mumkin. Suvning haroratini kuzatish muddatlari Suvning harorati kuniga 2 marta (8,20) kuzatiladi, ya'ni suv sathiga mos ravishda olib boriladi. Suvning haroratini o'lchash uchun suv o'lchash posti qurilgan joyda alohida o'rin ajratiladi. U qirg'oqdan 1,5 m ichkarida va suv yuzasidan 30 sm chuqurlikda o'rnatiladi. Daryo kengligi 10 m va undan kichik bo'lsa, suvning harorati daryoning o'rtasida o'lchanadi. Suv o'lchash postlari vaqtinchalik bo'lgan daryolarda suvning harorati o'lchanmaydi. Kuzatish daftarchasi bir oyga mo'ljallangan bo'ladi. Daftarchaga kuzatuvchi suv sathini, havo haroratini, muzlash hodisalarini qayd etib boradi. Bunda kuzatishlar 0 grafik tekisligiga keltiriladi. Daftarchada suv sathining o'rtacha kunlik qiymatlari chiqariladi. Oy tamom bo'lgandan so'ng kuzatuvchi kuzatish daftarchasini gidrologik stansiyaga ikki nusxada olib kelib topshiradi. Suv sathini kuzatish ma'lumotlarini maxsus qayta ishlash ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
949.91 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
949.91 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:57 ]
Arxiv ichida: pptx