Oziq - ovqat ekinlari

Oziq - ovqat ekinlari

O'quvchilarga / Geografiya
Oziq - ovqat ekinlari - rasmi

Material tavsifi

Oziq-ovqat ekinlari Aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun donli ekinlardan tashqari,moyli,ildizmevali,qandli,kishiga quvvat beruvchi,sabzavot mevali o'simliklardan ham keng foydalaniladi. Moyli ekinlar dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari orasida donli ekinlardan keyin 2-o'rinda turadi.Iste'mol qilinadigan jami moyning 23 qismi o'simliklardan olinadi.Moy olinadigan asosiy o'simliklar: soya,eryong'oq,zaytun,kokos palmasi yoki moyli palma,kungaboqar,moyli zig'ir doni,maxsar. Soya (2006 yil 165 mln tonna) asosan AQSH,Xitoyda ekiladi va yog'i ishlab chiqariladi.Dunyo boyicha ishlab chiqarilayotgan soya moyining 67%i AQSHga,24%i Xitoyga to'g'ri keladi.Soya (dukkakdoshlar oilasi)ning asosiy eksportchisi AQSH.Importchilari: G'arbiy Yevropava YaponiY. Yeryong'oq dukkakdoshlar oilasiga mansub madaniy o'simlik bo'lib,asosan xorijiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida ekiladi.Yeryong'oq (araxis) moyi ishlab chiqarishda 1-o'rinda: 1.Hindiston (dunyo boyicha 36%) 2.Xitoy (14%) 3.Senegal (6%) Asosiy eksportchilar: Afrika mamlakatlari. Importchilar: xorijiy Yevropa. Kungaboqar (murakkabguldoshlar oilasi) asosan shimoliy mo''tadil kengliklarda o'stiriladi.Kungaboqar moyi ishlab chiqarishda MDH mamlakatlari (dunyo boyicha 62%), Rossiya,Ukraina,Moldaviya yetakchi. Zig'ir (len) (boshoqdoshlar oilasi) asosan Xitoy, Fransiya, Belorus, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda ekiladi. Zaytun daraxti O'rta Yer dengizi boyi mamlakatlarida o'stiriladi.Zaytun moyi ishlab chiqaruvchi asosiy mamlkatlar: Italiya,Ispaniya,GresiY.Zaytun moyi ko'proq konditer sanoatida ishlatilinadi.Parfyumeriya,farmasevtikada ham foydalaniladi. Kokos palmasi (moyli palma) asosan Afrika mamlakatlarida va Malayya arxipelagida o'stiriladi. Maxsar asosan Evrosiyoda (Xitoy,Hindiston,Bangladesh) va xorijiy Evropada o'stiriladi. Ildizmevali o'simliklarga kartoshka, qandlavlagi, sholg'om, turp, sabzi, rediska, piyoz kabilar kiradi. Kartoshka (tomatdoshlar oilasi) vatani And tog'lari markazi (Peru). Lekin hozirgi kunda shimoliy mo''tadil mintaqaning asosiy ekini bo'lib qolgan.2-non hisoblanadi,chunki kraxmalga boy. Kartoshka yalpi hosili boyicha etakchi davlatlar (2007 y): 1. Xitoy (55 mln tonna) 2.Rossiya (31 mln tonna) 3.Hindiston 4. AQSH 5.Polsha Dunyoda yiliga 320 mln.t. kartoshka yetishtiriladi (2006y). Qand lavlagi (sax. svekla) mo''tadil mintaqa ekini.Qand lavlagi yiliga 300mln.t. (2007 yil 274 mln tonna) yetishtiriladi. Qand lavlagi yetishtirishda yetakchi davlatlar: Ukraina,Rossiya,AQSH,Fransiya,Germaniya,Polsha. Jahonda yiliga 100 mln.t. qand-shakar ishlab chiqariladi,shuni 40%i qand lavlagiga,60%ga yaqini shakarqamishga to'g'ri keladi.Shakarqamish asosan tropik va subtropik mintaqa ekini.Vatani Hindiston.Dunyo boyicha yiliga 850 mln.t.(2007 y) shakarqamish etishtiriladi.Shakarqamish shakari ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakatlar: Braziliya,Hindiston,Kuba,Xitoy,Meksika. Asosiy eksportchilar: Braziliya,Kuba,AvstraliY. Importchilar: AQSH,xorijiy Yevropa,YaponiY. Quvvat beruvchi o'simliklarga choy,kofe,kakao va ziravorlar kiradi.Bularning hammasi tropik va subtropik mintaqalar ekinidir. Choy vatani Xitoy.Yevropaga XVII asrda kirib kelgan.Jahonda ishlab chiqariladigan choyning asosiy qismini Hindiston (31%), Hitoy (21%), Shri-Lanka (13%) beradi. Asosiy eksportchilar ham shular,importchilar: xorijiy Yevropa. Kofe (qahva) vatani Habashiston.Biroq kofe yalpi hosilining 23 qismini Lotin Amerikasi mamlakatlari: (Braziliya (jahon yalpi hosilining 30%ini), Kolumbiya (12%), meksika (6%)) va Gvineya ko'rfazi boyi mamlakatlari,ayniqsa,Fil Suyagi qirg'og'i(4%) beradi.Kofening asosiy eksportchilari ham mazkur mamlakatlar bo'lib,asosiy importchilari: AQSH,xorijiy Yevropa. Kakao vatani Amerika hisoblansa-da,asosan Gvineya qo'ltig'i boyi mamlakatlarida etigtiriladi.Kakao yalpi hosilining 37%ini Gana,17%ini Braziliya, Nigeriya 14%,Kamerun 8%,Fil Suyagi qirg'og'i beradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga