Pokiston Reja : Davlat tuzumi Aholisi Tarixi Siyosiy partiyalari Sanoati Davlat tuzumi Pokiston, Pokiston Islom Respublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) - Osiyo janubida, Hindiston yarim orolining shimoli-g'arbidagi davlat. Maydoni 803,9 ming km2. Aholisi 193,238,868 kishi (2013). Poytaxti - Islomobod shahri. Ma'muriy jihatdan 4 provinsiya, federal poytaxt hududi va federal hukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga bo'lingan. Bayroq Gerb Aholisi Aholisi, asosan, panjobilar; pushtunlar, sindhiylar, baluch (baluj)lar ham yashaydi. Pokistonning shimoliy qismida tog'li xalqlar - kxo' va ko'histoniylar istiqomat qiladi. Rasmiy til - urdu va ingliz tillari. Aholisining 98 % islom diniga, qolganlari zardushtiylik, hinduiylik dinlariga e'tiqod qiladi. Aholining 57 % 12 ta yirik shaharda yashaydi. Yirik shaharlari - Karochi, Lohur, Faysalobod, Haydarobod, Ravalpindi, Peshovar, Mo'lton. Tarixi Pokiston hududida odam paleolit davri oxiridan boshlab yashab keladi. Mil. av. 3-ming yillikning boshida Hind daryosi va irmoqiari vodiysida jaxrnning eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri - Harappa madaniyatita mansub dastlabki davlatlar paydo bo'ldi. Mil. av. 6-asr oxirida bu yerlar qadimgi Eronning Axomaniylar saltanati tarkibiga qo'shib olindi. Mil. av. 327-326 yillarda makedoniyalik Aleksandr zabt etdi. Uning vafotidan so'ng bu yerlar Mauriyalar imperiyasigi qo'shilib ketdi. Mil. av. 2-asrning boshida Pokiston hududida Hind-yunon podsholigi deb ataladigan davlat vujudga keddi. Mil. 1-3-asrlarda Hind daryosi xavzasi Kushon imperiyasiga qo'shib olindi. Purushapura shahri (hozirgi Peshovar) uning poytaxti bo'ldi. Kushon podsholigi parchalangandan so'ng, hozirgi Pokistonning g'arbiy qismlari sosoniylar, sharqiy qismlari guptalar saltanatiga qo'shilib ketdi. 5-asrning 2-yarmida bu yerda eftaliylar hokimiyati o'rnatilib (6-asr o'rtalariga qadar), Sakala shahri (hozirgi Siyalkot) mamlakat poytaxti bo'lgan. 664-yilda arablar Hind daryosi vodiysiga bostirib kirdilar. 711-13 yillarda Muhammad ibn Qosim qo'mondonligidagi qo'shinlar Sind va Panjobning januniy qismini egalladi. Shu tariqa Pokiston hududida islom dini tarqala boshladi. 750 y. Umaviylar xalifaligi ag'daril-gach, Sind mustaqil davlatga aylandi. 11-a. boshlariga kelib, hind daryosi havzasini G'aznaviylar, 12-a.da G'uriylar, 13-a. boshlarida Dehli sultonligi egalladi. Beto'xtov urushlar, isyonlar va chet el bosqinlariga qaramay, Hind daryosi havzasidagi Lohur, Mo'lton, Peshovar, Tatta kabi yirik shaharlar muhim iqtisodiy va madaniy markazga aylanib, bir qator mamlakatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Ularning bu mavqei Boburiylar davla-ti davrida ham saqlangan. 1707 y. da shoh Avrangzeb vafotidan so'ng Hind daryosi havzasi eron, afg'on va mahalliy zamindorlarning kurash maydoniga aylandi. 18-a. o'rtalarida hoz. P. xudu-di - afg'on shohi Ahmadshoh Durrojy tasarrufiga o'tdi. 18-a.ning 60-y.larida Panjobda bir nechta sultonliklar vu-judga keldi, maharoja Ranjit Singx (1799-1839 y.larda hukmronlik qilgan) ularni yagona davlatga birlashtirdi. Fa-ruk. Ahmadxon Lag'ariy P. prezidenta etib saylandi. 1997 y. 3 fev.da bo'lib o'tgan navbatdan tashqari parlament saylovi natijasida yana M.M.Navoz ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:00 ]
Arxiv ichida: ppt