Polsha Respublikasi

Polsha Respublikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Polsha Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

Polsha Respublikasi PXR 1989 yil oxirlaridan Polsha Respublikasi deb atala boshlangan.Maydoni 324 ming km2 . Territoriyasi shimoldan janubga 650km, g'arbdan sharqqa 700km ga cho'zilgan.Siyosiy geografik o'rnining asosiy xususiyati sobiq sosialistik davlatlar bilan o'ralganligi (ular 7ta).Iqtisodiy geografik o'rnining muhim xususiyati Polsha territoriyasi geografik kenglik va uzunlik yo'nalishidagi tranzit yo'llar chorrahasida joylashganligi va 500 kmdan ortiq masofada dengiz bilan chegaradoshligi.Shuningdek EIH mamlakatlariga yaqin qo'shni bo'lib, ular bilan havo, quruqlik, suvlik orqali savdo-sotiq qilish imkoniga ega. 2004 yil EIH ga a'zo bo'lgan. Aholisi. 38,6 mln (2003 yil), 38,1 mln. kishi (2006 yil) bo'lib, 98,5 %ini polyaklar tashkil etadi.Ulardan tashqari ukrainlar, beloruslar va litvaliklar ham yashaydi.Tug'ilish koeffisenti 10%0, o'lim 9%0. 1ayolga 1,3 bola to'g'ri keladi.15 yoshgacha bo'lganlar 18%, 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 13%. O'rtacha umr 70-78 yosh.YAMD 9370 dollor (2001y.) 2-jahon urushi oqibatida aholisi 6 mln. kishiga, ya'ni 22%ga kamaydi, jinsiy tarkibi o'zgardi. Urushdan so'ng mamlakat aholisining joylashuviga ichki migrasiyaning ta'siri kuchli bo'ldi.Urbanizasiya darajasi yuqori sur'at bilan o'sdi, hozirda mamlakat aholisining 63%i shaharlarda yashaydi.Yirik shaharlari: Varshava-1,6 mln., Lodz-81800, Krakov, Vroslav, Poznan, Gdansk, Shesin (1996y.). Mamlakat ma'muriy jihatidan 16 ta voevodlikka bo'linadi.Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Polsha Birlashgan ishchi partiyasi-1948 yil tashkil topgan. 2.Birlashgan dehqonlar partiyasi-1949 yil tashkil topgan. 3.Demokratik partiya-1939 yil tashkil topgan. 4.Milliy tiklanish vatanparvarlik harakati uyushmasi. 2-jahon urushi natijasida Polsha o'z milliy boyligining 45%ini yo'qotdi, mamlakat ekonomikasi butunlay izdan chiqib ketdi (chunki 7 yil urush). Sanoati tarkibida roy bergan eng muhim o'zgarish unda mashinasozlik bilan ximiya sanoatining salmog'ining ortishi bo'ldi. Polsha sanoatining territoriyalarda to'planganligi bilan ajralib turadi.Sanoatning katta qismini janub voevodliklarda to'planganligi xarakterli. Polsha Si, sof oltingugurt, toshko'mir miqdori jihatidan Yevropada oldingi o'rinlarni egallaydi.Masalan: toshko'mir qazib olishda dunyoda 4-o'rinda, aholi jon boshiga nisbatan ko'mir qazib olishda esa 1-o'rinda turadi.Qo'ng'ir ko'mir, osh tuzi, polimetal zapaslari jihatidan Yevropada oldingi o'rinlarda turadi.Biroq temir, neft, fosforit kam. Polsha energetikasining asosi toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir.Toshko'mir qazib chiqarishning deyarli hammasi Yuqori Sileziya havzasida to'plangan.Bu yerdan energetika ko'miri ham, kokslanadigan ko'mir (anrosit) ham qazib chiqariladi.Keyingi yillarda mamlakat sharqidagi Lyublin havzasini o'zlashtirish boshlandi. Neft va tabiiy gazga bo'lgan ehtiyojini asosan MDH hisobiga qondiradi.Do'stlik. Qora metellurgiya sanoati chet el temir rudasiga muhtoj.Eng yirik qora metallurgiya korxonalari Krakov, Kotovise.Temir rudasini KMA va Krivoy Rogdan oladi. Polsha mashinasozligi-ko'mir sanoati uchun mashinalar, bug' qozonlari, stanoklar, ximiya va qand zavodlari uchun jihozlar, passajir va yuk vagonlari, dengiz kemalarini ishlab chiqaradi.Mashinasozlik korxonalari asosan Varshava, Poznan, Vroslav, Gdanskda to'plangan. Ximiya sanoatida yaqin vaqtlargacha o'g'itlar ishlab chiqarish ustun edi. So'ngi yillarda ko'mir ximiyasi asosida organik sintez ximiyasi tez o'smoqda. Uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.7 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.7 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga