Portugaliya - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Portugaliya Portugaliya Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (Republica Portuguese) - Yevropaning jan. -g'arbida, Pirenei ya.o.da joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor o.lari va Madeyra arxipelagini o'z ichiga oladi. Mayd. 92,3 ming km2. Axrlisi 10 mln. kishi (2002). Poytaxti - Lissabon sh. Ma'muriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra bo'lingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan bo'lib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan. Davlat tuzumi P. - Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1976 y. 25 apr. da kuchga kirgan, unga 1982 va 1989 y.larda o'zgartirishlar kiritilgan. Davlat boshlig'i - prezident (1996 y.dan Jorje Sampayyu), u umumiy to'g'ri va yashirin ovoz berish yo'li bilan 5 y.ga va kupi bilan ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respublika majlisi (bir pala-tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Atlantika okeani sohillari payettekislik, qumli, kam parchalangan. Shim.da Meseta yassi tog'ligining chekka qismlari joylashgan. Esh-trela tog'i - mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). G'arbida tog'lar dengiz bo'yi pasttekisligiga tik tushadi. Teju daryosi jan.da Portugaliya past-tekisligi bor. Eng chekka jan.ni Ser-ra-daalgarvi past tog'lari egallagan. Volfram, qalay, mis, temir, qo'rg'oshin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumush konlari topilgan. Iqlimi - subtropik. O'rta dengizga xos. Yanv.ning o'rtacha t-rasi sohilda 10°, ichki hududlarda 8° gacha, iyulniki - sohilda 20° va ichki hududlarda 27°. Yog'ingarchilik sohilda yiliga 100 mm, tog'larda 200 mm. Doru (Duero), Teju va Gvadiana daryolarida kema qatnaydi. Shim.da tog'-o'rmon podzol, markaziy va jan. hududlarda qo'ng'ir va jigarrang , dare vo-diylarida allyuvial tuproqlar. Sohilda botqoq yerlar, sho'rxok tuproqlar ko'p. Mamlakat jan. o'simliklari O'rta dengiz atrofiga xos, tog'lar makvis chakalakzorlari bilan qoplangan, shim.dagi tog'larda tosh eman va po'kak eman, kashtan, sohilda qarag'ayzorlar uchraydi. Tog'lardagi kattagina maydonlar o'tloq. Hayvonot dunyosi bo'ri, tulki, suvsar, genetta, tipratikan, yovvoyi quyon va h.k.lardan iborat. Kemiruvchilar, ko'rshapalaklar, har xil parranda ko'p. Jeresh va Ria Formoza milliy bog'lari, bir necha qo'riqxonalar bor. Aholisining 99% - portugallar; ispanlar va b.lar ham yashaydi. Rasmiy tillar - portugal va mirandes tillari. Shahar aholisi 35% ga yaqin. Dindorlari - katoliklar. Yirik shaharlari: Lissabon, Portu, Amadora. Tarixi P. hududida paleolit davrida manzilgoxlar bo'lgan. Mil. av. 4-3-a. lardan bu yerda luzitanlar yashagan. Mil. av. 1-a. oxirida Kdd. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati bo'lib qoldi. Mil. 5-a. 1yarmidan svevlar, 6-a. 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713-18 y.larda P. hududini arablar va barbar (mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga qushdi. Ozodlik kurashi (Rekonkista) natijasida mamlakat 1249-50 y.larda arablar istib-dodidan butunlay qutuldi, portugal millati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik o'rni qulay bo'lganligi tufayli savdosotiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 209.16 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 209.16 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga