Qadimgi davr O'rta Osiyo tarixiy geografiyasi haqida ma'lumot

Qadimgi davr O'rta Osiyo tarixiy geografiyasi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Qadimgi davr O'rta Osiyo tarixiy geografiyasi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi davr O'rta Osiyo tarixiy geografiyasi Reja: Yunon tarixchilarining O'rta Osiyo tabiati haqidagi tarixiy geografik ma'lumotlari. Rim tarixchilarining O'rta Osiyo tabiati haqidagi tarixiy geografik ma'lumotlari. O'rta Osiyoning qadimgi davridagi xalqlari va madaniyati. Ahmoniylar xukumronligi davridagi O'rta Osiyo tarixiy geografiyasi. Makedonskiy yurishlari davrida O'rta Osiyo. O'zbek davlatchiligi Kushonlar davrida. O'rta Osiyo g'arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Эron Islom Respublikasi, Afg'oniston va Hitoy Halq Respublikasi, shilomdan 45032 shimoliy kenlik bilan chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo'lib, jami 1 mln. 984 ming kv. km. ni tashkil etadi. Bu o'lka qadimiy tsivilizatsiya markazlaridan biridir va yirik imperiya tarkibida jahon siyosiy hamda iqtisodiy tarihida katta o'rin tutgan. qadimgi g'abr va Sharq o'rtasidagi iqtisodiy savdo aloqalarida muhim vositachilik vazifasini bajargan. O'rta Osiyo haqida geografik, jumladan kattegrafik tasavvurlar tarihi ham ancha qadimgi, aniqrog'i antik davrdan boshlanadi. O'rta Osiyo to'g'risidagi dastlabki kattografik ma'lumotlar antik davrning tsivilizatsiya markazlari bo'lish qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi. Chunki antik davrmamlakatlari Sharqningko'plab mamlakatlari bilan ijtimoiy iqtisodiy va madaniy aloqalar bo'lgan, shu tufayli o'z tarihiy geografik va kattegrafik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar.Gerodot, Strabon, Klavdiy, Ptolemey va boshqa antik davr mualliflarining aslardagi O'rta Osiyoning ilk tarihi tattografiyasiga oid malumotlarni uchratishimiz mumkin. Chunonchi, Gerodot (mil. avv. 484-425 yillar) o'zining Tarix asarida ko'spiy dengizdan sharqqa bepayon kenliklar mavjudligi haqida ma'lumot beradi. U Kaspiy (Girkan) dengizi yopiq havza deb, uning ko'lami haqida shunday fikr yuritadi: Uzunligini eshkakli kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo'lib, 8 kunda suzib, o'tish mumkin. Araks (Amudaryo) haqida ma'lumot berib, Gerodot: Araks, aytishlaricha, Isterga qaraganda kattaroq va (boshqa daryolarga ko'ra) kichikroq, Lesbos kattaligidan ko'plab orollarga ega Araks Matiyonlar yurtidan oqib keladi. Gindis (Hind) daryosi ham o'sha erdan oqadi,-deb qayd etgan. R.Э.Lentsning fikriga ko'ra, Gerodo yozgan Araks daryosi Sirdaryo yoki Tajan daryosi bo'lishi kerak. Ammo ko'plab olimlarning fikriga ko'ra, u Amudaryodir. Gerodot Amudaryoning bir o'zani (O'zboy) Kaspiyga quyilgan deb o'ylagan bo'lsa kerak. Professor A.Sa'dullaev ham Araks bu Amudaryo, Matiyon tog'lari, Gerodotning tushunishicha, Pomир yoki Hinduqush tizmalaridir, chunki tarihning (Gerodotning) aytishicha, Matiyon tog'laridan Hind daryosidan ham boshlanadi,-deb yozadi. Gerodot massegetlarning erlari haqida fikr yuritib, ular Kasbiy dengizidan sharqqa, quyoш chiqish ynalishida joylashgan deb yozadi. Uning Baqtriya va Xorazm haqidagi ma'lumotlari ham qiziqarlidir: Osiyodi bir vodiy bor. Uning hamma tomoni tog' bilan o'ralgan, tog'ni esa beshta dara kesib o'tadi. Bir vaqtlar bu vodiy horazmliklarga qarashli bo'lib, horazimlik, partiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan. Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib, J.Tomson. V.Fedchina. V.Dement'ev. O.Andryushenkolar Gerodot ma'lumotiga tayanib, kartalar yatargan. J.Tomson Kasbiy dengizining kenligini uzaytirib yuborgan, bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.14 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.14 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga