Qadimgi Yunon va Rim siyosiy tuzumining shakllanishi Reja: Sparta davlatining paydo bo'lishi. Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi va rivojlanishi. Antik dunyo davlatlarida huquqing umumiy va o'ziga xos xususiyatlari. Qadimgi Yunon va Rim siyosiy tuzumining shakllanishi Ma'lumki, insoniyat sivilizatsiyasi tarixi va unga xos davlat va huquq tarixi Qadimgi Sharqdan boshlanadi. Undan kelib chiqqan sivilizatsiyaning yangi va yuqori darajasi O'rta yer dengizida Yevropaning janubida tashkil topgan antik jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq. Tarix fanida «Antik dunyo» iborasi, odatda, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim, shuningdek, ellinistik davlatlar tarixiga nisbatan ishlatiladi. Qadimgi Yunoniston - Bolqon yarim oroli, Egey va O'rta yer dengizlaridagi bir qancha orollarni o'z ichiga olgan mamlakat. U tabiiy jihatdan 3 qismga: Shimoliy Yunoniston, O'rta Yunoniston va Janubiy Yunoniston (Peloponnes)ga bo'linadi. Maydonining 23 qismi tog'liklardan iborat. Yunoniston tarixi Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi bilan bir vaqtda va u bilan o'zaro aloqador holda rivojlangan. Qadimgi Yunoniston tarixi quyidagi besh davrga bo'lib o'rganiladi: egey yoki krit-miken davri (mil. avv. II-II minginchi-y.). Ilk davlatlarning paydo bo'lishi davri; Gomer davri (miloddan avvalgi XI-IX asrlar). Doriylar mustamlakasi davrida ibtidoiy munosabatlarga qaytish va undan keyin umumyunon rivojlanish davri; arxaik davr (miloddan avvalgi VII-VI asrlar). Polis shaklidagi sinfiy jamiyat va davlatning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan; klassik davr (miloddan avvalgi V-IV asrlar). Antik polislarda quldorlik munosabatlarining eng yuqori darajada rivoj topishi; ellinizm davri (miloddan avvalgi IV asrning II yarmi va I asrning o'rtalari). Eron davlatining yunon-makedoniya istilosiga uchraganidan so'ng Yaqin Sharq yerlarida quldorlik jamiyatining yanada rivojlanishi davri. U g'arb tomonidan Rim, sharqiy qismi Parfiya tomonidan bosib olinishi bilan tamomlanadi. So'nggi arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, miloddan avvalgi II ming yillikdayoq Bolqon yarim orolining janubida va uning atrofidagi orollarda ibtidoiy jamoa munosabatlari buzila boshlagan. Antik sivilizatsiya o'zining eng yuksak cho'qqisiga miloddan avvalgi I ming yillikda va yangi era boshlarida erishgan. Ayni shu vaqtda yunonlar va rimliklar insoniyat faoliyatining barcha sohalarida, jumladan siyosiy-huquqiy sohalarda ham katta yutuqlarga erishganlar. Shu munosabat bilan antik davlatchilik alohida o'rin tutadi. Yunon-rim dunyosida dastlabki shahar-davlatlar O'rta yer dengizi bo'g'ozida miloddan avvalgi II-II ming yilliklardayoq sharq dunyosining muhim ta'siri ostida tashkil topgan1. Qadimgi Yunonistonda davlatning tashkil topishi jarayoni qabilalarning ko'chib o'tishi va aralashuvi munosabati bilan to'lqinsimon, uzilib-uzilib sodir bo'lgan. Bunda ichki va tashqi omillar qo'shilib birdek ta'sir ko'rsatgan. Antik dunyo davlatchiligi tashkil topishi jarayonining xususiyatlarini ko'p jihatdan tabiiy-geografik omillar belgilab bergan. Masalan, birgalikdagi sug'orish ishlari va jamoa yer egaligi kam bo'lgan. Hunarmandchilik esa mehnat unumdorligini oshiruvchi sifatida keng tarqalgan. Dengiz savdosi ayniqsa keng taraqqiy etgan. Tabiiy sharoitlar boshqa jihatdan ham Yunonistonda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.45 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.45 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:00 ]
Arxiv ichida: doc