Qarib Andi Tog'lari

Qarib Andi Tog'lari

O'quvchilarga / Geografiya
Qarib Andi Tog'lari - rasmi

Material tavsifi

Karib Andi Tog'lari Reja: Shimoliy and tog'lari Peru and tog'laridagi ichki yassitog'lik (puna) (avtor fotosi). Janubiy (patagoniya) and tog'lari And tog'larining Trinidad orolidan Marakaybo pasttekisligigacha kenglik bo'ylab cho'zilgan shimoliy qismi orografik xususiyatlari va tuzilishiga, shuningdek iqlimiy sharoiti hamda o'simliklariga ko'ra asl And tog'lari sistemasidan farq qiladi va alohida tabiiy geografik ulkank hosil qiladi. Karib And tog'lari tektonik jihatdan Kordilera burmalanishi mintaqasining Antilkarib oblastigakiradi vatuzilishi hamda rivojlanishi xususiyatlariga ko'ra Shimoliy Amerikaning Kordilera tog'laridan ham, Andtog'larining o'zidan ham farq qiladi. Karib And tog'lari materikda ikkita antiklinal zonadan iborat bo'lib, bu zonalarga Kordilerada-Kosta va Serra-del Interior tizmalari to'g'ri keladi. Bu tizmalarni keng sinklinal zonaning enli vodiysi bir-biridan ajratib turadi. Barselonz qo'ltig'i yaqinida tog'lar uzilib, ikki qismga-g'arbiy va sharqiy qismlarga bo'lingan. Serra-del-Interior platforma tomondan yer po'stidagi chuqur yoriq orqali neftli And yoni bukilmasidan ajralgan. Bu bukilma relefda Orinoko pasttekisligi bilan qo'shilib ketgan. Chuqur yer yorig'i Karib Andi tog'lari svstemasini Kordilera da merida tizmalaridan ham ajratib turadi. Shimolda dengiz bosgan sinklinal bukilma materikdan Margarita tobago orollari antiklynoriysini ham ajratib turadi. Bu strukturalarning davomi Paraguana va Goaxira yarim orollarida ham ko'zga tashlanadi. Karib Andi tog'larining barcha qismi paleozoy va mezozoyning burmalangan jinslaridan tuzilgan hamda ularni turli yoshdagi intruziv jinslar yorib kirgan. Ularning hozirgi zamon relefi bir necha marta ro'y bergan ko'tarilishlar ta'sirida tarkib topgan, eng keyingi ko'tarilishlar neogenda ro'y berib, sinklinal zonaning buqilishi va yorilishlar bilan birga ro'y bergan. Butun Karib Andi tog'lari sistemasi seysmik, lekin so'nmagan vulkanlar yo'q. Tog'lar relefi palaxsali, o'rtacha balandlikka ega, eng baland tepalari 2500 m dan oshadi, tog' massivlarini ikki tomoni ochiq erozion va tektonik botiqlar bir-biridan ajratib turadi. Karib Andi tog'lari, xususan Paraguana va Goaxira orol hamda yarim orollari subekvatorial hamda tropik mintaqalar chegarasida joylashib, qo'shni rayonlarga nisbatan qurutsroq iqlimga egadir.O'lka butun yil bo'yi shimoli-sharqiy passat shamollari keltiradigan tropik havo ta'sirida bo'ladi. Yillik yog'in miqdori 100 mm dan oshmaydi, lekin ko'pincha 500 mm dan ham kam yog'adi. yog'inning asosiy qismi may oyidan noyabr oyigacha yog'adi, lekin eng qurg'oqchil shimoliy rayonlarda namgarchil davr atigi 2-3 oy davom etadi. Tog'lardan Karib dengizi tomonga kichik va kalta daryolar oqib tushib, sohilga ko'p miqdorda nuroq jinslarni olib keladi; ohaktoshlar yer yuzasiga chiqibetadigan joylarda suv deyarli butunlay yo'q. Materikning va orollarning lagunali sohillari keng mangra o'rmonlari bilan qoplangan, quruq pastteqisliklarda qandilsimon kaktuslardan, opunsiya, ixroj, meskitlardan iborat monte tipidagi butazorlar eng keng tarqalgan. Bu kul rang-yashil o'simlik qoplami orasida har yer-har yerda kul rang tuproqli yoki sariq qumloqli joylar ko'zga tashlanib turadi. Tog'larning yog'in ko'proq yog'adigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 193.23 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 193.23 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga