Qarshi shahri nomining tarixiy tadriji haqida

Qarshi shahri nomining tarixiy tadriji haqida

O'quvchilarga / Geografiya
Qarshi shahri nomining tarixiy tadriji haqida - rasmi

Material tavsifi

Qarshi shahri nomining tarixiy tadriji haqida Qarshi vohasi shuningdek, Qarshi shahri tarixini Sug'dning janubiy qismi hisoblangan Qashqadaryoni o'tmishidan ayricha tasavvur qilib bo'lmaydi. Sug'd haqidagi dastlabki ma'lumotlar «Avesto»da fors bitiklari, yunon-rim tarixchilari asarlarida uchraydi. Qashqadaryo etaklari Qarshi vohasi va Qashqadaryoning sharqiy qismi (Shahrisabz, Kitob, Yakkabog' tumanlarida) uch ming yil ilgari aholi o'troq yashaydigan viloyatlardan ikkitasi vujudga kelgan. Bu ikki viloyat Nautaka va Ksenippa deb yuritilgani antik davr tarixchilari asarlarida qayd etiladi. Nautaka va Ksenippaning joylashuvi masalasida tarixchilar o'rtasida tortishuvlar bo'lib kelmoqda. Birinchi guruh Nautaka ham, Ksenippa ham Qarshi vohasida bo'lgan desa, ikkinchi guruh Nautaka Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi, ya'ni Zarafshon tog'i tizmasidan O'radaryo va G'uzorgacha bo'lgan hududda joylashgan deb hisoblaydilar. Hozirgi paytda tadqiqotchilar Ksenippani Qashqadaryoning etaklari deb ta'kidlaydilar. Aleksandr Makedonskiy yurishi voqealari bayon qilingan tarixiy manbalarda Sug'dlar yashagan joylarning yuqorida qayd qilingan nomlari uchraydi. Arrianning yozishicha, eramizgacha 329 yil bahorida Aleksandr Makedonskiy askarlari Oks-Amudaryodan Sug'd yerlari-Nautaka va Maroqand (Samarqand) shahriga qarab yurgan. Shunday qilib, Sug'd yurishi boshida Makedoniyaliklar Qashqadaryoning etaklarini bosib olmagan. Kursiy Rufning yozishicha, harbiy yurishning ikkinchi bosqichida Aleksandr Makedonskiy Sirdaryo bo'yidan Marokandga kelib, so'ngra Ksenippaga qarab yurgan. (Kvint Kursiy Ruf. «Istoriya Aleksandra makedonskogo», Moskva 1963 g). Sug'dlarning Makedoniyaliklarga qarshi Spitamen rahbarligidagi qo'zg'oloni haqidagi tarixiy manbalarda Ksenippa tilga olinadi. Bu o'lka aholisi Aleksandr Makedonskiyga bo'ysunmagan. U aholi ko'p yashaydigan joy sifatida Spitamen lashkariga panoh vazifasini o'tagan. Yangi arxeologik ma'lumotlarga ko'ra Ksenippa viloyati Qashqadaryo etaklarida joylashganligi aniq bo'lib qoldi. Yorqo'rg'on bu viloyatning markazi sanalgan. Qashqadaryo vohasining boshqa yirik markazi-Uzunqirni (Nautaka)ni makedoniyaliklar Spitamen qo'zg'oloniga qadar bosib olgan edi. Sababi Uzunqir (Nautaka) Baktriyadan Maroqandga yurish o'tgan yo'l ustida joylashgan. IV-VII asr Xitoy manbalarida o'rta asrlarda Qashqadaryo etaklarida mavjud bo'lgan manzillar nomi qayd etiladi. Ularning nomi Nashebo va Nashebolo kabi ikki xil shaklda keltiriladi. Bu esa Naxshabning sug'dcha atamasi buzilgan shaklidir. M.Masson bu nom ma'nosini Naxshab-«nurli» yoki «to'lin oy» deyiladi, deb taxmin qiladi. ( M.YE. Masson, «Stolichniye goroda v oblasti nizovyev Kashkadari s drevneyshix vremen», T., 1973 g). VI-VII asrdan keyin bu hududning yaxlitligiga putur yetgan. U Naxshab va Kesh mulklariga ajralib ketgan. Shu davrdan Naxshab va Keshning o'z tangalari zarb etilgan. Naxshab tangasining yuza qismida chopayotgan ot, Kesh tangasida xukmron Axurpatning ko'rinishi tasvirlangan. (Suleymanov R.,-Drevniy Naxshab,- T., 200 g). V asrdan boshlab Naxshab Kalai Zahhoki Moron harobalari o'rnida taraqqiy etgan. (R.Suleymanov, M.Isamiddinov, «Yerqo'rgan» T. 1984 g). Afsonalarga ko'ra bu shaharni Shox Jamshid qurdirgan. Qadimiy manbalarda Naxshab nomi Nikshapa shaklida uchraydi. Undan Ksenippa yunoncha shakl kelib chiqqan. Bu xaqda S.Shaked nashr qilgan eramizdan avval ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.28 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.28 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga