Qashqadaryo hayvonot dunyosi

Qashqadaryo hayvonot dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo hayvonot dunyosi - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo hayvonot dunyosi Reja: 1.Cho'l mintaqasi hayvonlari ; 2.Adir yoki tog' oldi mintaqasi hayvonlari ; 3.Tog' o'rmonlari va alp mintaqasining hayvonot olami ; 4.Suv havzalari va to'qay hayvonlari ; 5.Voha hayvonlari ; Kirish Qashqadaryo viloyatining geografik o'rni va landshftlarning xilma-xilligi hayvonot olamining shakllanishiva tarqalishiga o'z ta'sirini ko'rsatgan.Suvsiz qumli cho'llar,tog' o'rmonlari va daryo vodiylaring ekologik sharoitlari hayvonlarning hayot kechirishi uchun bir xil emas.Shunga ko'ra har qaysi landshaft uchun u yoki bu sharoitga moslashgan hayvonlarning ma'lum turlari xosdir. O'zbekiston hududi umurtqali hayvonlarning 650ga yaqin turning vakillari tarqalgan.Ulardan 99 turi sut emizuvchilar, 57 turi sudralib yuruvchilar, 79 turi baliqlar, 410 turini esa qushlar tashkil qiladi. Cho'l mintaqasi hayvonlari Viloyatning cho'l mintaqasi turli o'lkalarning hayvonlari aralashib ketgan zoogeografik rayonlarga mansubdir.Cho'lning faunasi tarkibida O'rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Hindiston, O'rta dengiz bo'yi uchun xos bo'lgan turlar mavjud. Cho'l hayvonlari yozda tuproq haroratining yuqori bo'lishiga (50-60) va uzoq suvsizlikka moslashgan. Bu yerdagi fauna vakillarining muhitga moslashishining yana bir belgisi ularning yer rangida, ya'ni qum, chang tusida bo'lishidir.Cho'l mintaqasidagi ayrim hayvonlar(yumronqoziq, qushoyoq, va boshqalar ) iste'mol qilinadigan ozuqasi tarkibidagi ozgina namlik bilan kifoyalanadi va suvsiz hayot kechira oladi.O'simliklarning siyrakligi, ovqat va suvning taqchilligi tufayli cho'l hayvonlari tez harakatlanish qobiliyatiga ega bo'lsada, yozda kunduzi tuproq 60-70 gradusgacha qiziganda ularning faoliyati keskin susayadi.Kunduzi inlarda, soya - salqin joylarda jon saqlab , kech kirishi bilan faollashadilar. Qarshi cho'lida hayvonlarning hayot sharoiti qumli , sho'rxoq , toshloq cho'llarning hayvonlaridan farq qiladi.Bu yerlarda yog'in - sochin bo'lishi faqat qish va bahor oylariga to'g'ri keladi.Asosan efemer o'simliklar o'sadi va may oyining oxirlarida bu o'simliklar ham qovjirab qoladi.Hayvonlar ham o'simliklar kabi quyosh isitishi bilan uyqudan uyg'onadilar, zo'r berib oziqlanadilar va ko'p o'tmay urchiy boshlashadi. Viloyatning cho'l mintaqasida umurtqali sut emizuvchilar , sudralib yuruvchilar , qushlar , suvda ham quruqlikda ham yashovchi hashoratlar , qisqichbaqalar , molyuskalar , chuvalchanglar , va boshqa sodda hayvonlar uchraydi. Viloyat cho'l zonasida sut emizuvchilar sinfiga mansub bo'lgan shalpangquloq tipratikan , qum quyon , yumronqoziq , Svertsev qushoyog'I , baroq barmoqli qushoyoq , katta qumsichqon , bo;ri , tulki va boshqalar yashaydi.Bundan tashqari Qarshi dashtining g'arbiy qismlarida korsak ( tulkidan kichikroq ) uchraydi. O'zbekistonda korsak Qarshi dashtidan tashqari Mirzacho'lda , Surxandaryoda , Xorazm cho'llarida ham tarqalgan.Korsak yaylovlarda zararkunanda kemiruvchilarni yo'q qilib ,chorvachilikka foyda keltiradi.Mo'ynasi chiroyli va issiq bo'lganligi uchun ancha kamayib ketgan. Korsakni qo'riqlash va ko'paytirish maqsadida uni ovlash hamma yerda bir necha yilgacha taqiqlab qo'yilgan. Cho'l mintaqasida turli turkumlarga mos qushlar uchraydi.Bulardan yo'rg'a tuvaloq , qirg'iy burgut , yilqichi qush ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga