Kashqadaryo okrugi Reja: Geografik o'rni Qashqadaryoning o'ziga xos xususiyati Qashqadaryoning quyi qismidagi sug'oriladigan taqir tup roqli allyuvial tekisliklar landshafti. Rayon hududida quyidagi landshaft turlari mavjud. Okrug O'zbekiston hududining janubiy qismidagi Qarshi botig'ini o'z ichiga oladi. U shimolda Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog'lari bilan, sharqda Hisor tizmasining janubi-g'arbiy qismining quyi etaklari bilan o'ralgan. Qashqadaryo okrugining janubidan O'zbekistonning Turkmaniston bilan bo'lgan davlat chegarasi o'tadi. G'arbda esa okrug Quyi Zarafshon okrugi bilan chegaradosh. Jarqoq va Dengizko'l platolari bu ikkala okrugni bir-biridan ajratib turadi. Okrug o'zining vujudga kelishi va yer yuzasining tuzilishi jihatidan shimoli-sharqdagi Hisor-Zarafshon okrugidan farq qiladi. Chunki Hisor-Zarafshon okrugi paleozoy va mezozoy cho'kindi va otqindi yotqiziqlari bilan qoplangan, gero'in va alhp oro genetik jarayoni ta'sirida burmalangan. Qashkadaryo okrugi esa qalin allyuvial, prolyuvial va eolakkumulyativ jinslaridan iborat bo'lib, ularning tagida tub jinslar yotadi. Allyuvial prolyuvial jinslar kompleksi o'zlarining yoshiga ko'ra o'rta va yuqori antropogen davriga xosdir. Okrugning o'rta kismidagi qirlar va qoldiq tog'lar esa bo'r, paleogen va neogen davr jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugining yer yuzasi o'rqir tekislikdan iborat bo'lib, shimoldan, sharqdan va janubi-sharqdan g'arbga tomon cho'zilgandir, janubi-g'arbga tomon esa pasayib boradi. Biroq bu okrug hududida onda-sonda (pastroq) qoldiq tog'lar va platolar ham uchrab turadi. Qarshi shahrining shimolida Qo'ng'irtog' (517 m), Qoson shahrining janubida kosontog', Maymoqtog' (500 m), Sandiqli qumligining sharqida Olovuddintog' (485 m), okrugning g'arbida Jarqoq platosi (397 m) va Dengizko'l (380 m) platosi, Qarshi, Nishon, Qarnob, Malik cho'llari va Sandiqli qum cho'li kabi qator cho'llar bor. Okrugning markaziy qismida allyuvial jinslar bilan qoplangan Qarshi vohasi joylashgan. Qarshi vohasining g'arbi Sandiqli qumligi bilan tutashib ketadi. Sandiqli qum cho'lining yuzasi qatorqator qum tepalari va marzalardan iborat. Bundan tashqari, bu yerda ko'chma .qumlar va taqirlar ham uchraydi. Okrugning g'arbida juda katta Qarshi cho'li bor; uning yer yuzasi Qarshi vohasiga nisbatan past (300-250 m) bo'lsada, lekin unda o'nqircho'nqir yerlar ko'p. Past yerlarda Do'latlisho'r, Sho'rsoy, Oqjayronsoy, So'xtasho'r, Chorboysho'r, Yommoshisho'r va boshqa sho'rxoklar, taqirlar hosil bo'lgan. Qarshi cho'li shimol va shimoli-g'arbga davom etib, Qarnob va Malik cho'llariga qo'shiladi. Qarnob cho'lining mutloq balandligi 250-300 m bo'lib, shimolda Ziyovuddin tog'iga tutashadi, g'arb tomonga pasayib, Toshloqqum hamda Uchqum qumliklariga aylanadi. Qarnob cho'li toshloq, taqir va sho'rxok yerlardan iboratdir. Uning janubi Malik cho'liga tutashib ketadi. Malik cho'li g'arbdan sharqqa 65 km cho'zilgan. Qarshi cho'lining janubida Nishon cho'li joylashib, yer usti tuznlishi jihatidan tekislikdan va ular orasida platosimon balandliklardan iborat. O'sha balandliklarning eng muhimlari Qoraqir (mutloq balandligi 500 m), Do'ltalitog' (514 m), Olovuddintog' (485 m) va boshqalar. Bular ichida Qoraqir suv eroziyasi natijasida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.43 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.43 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:01 ]
Arxiv ichida: doc