7-sinf geografiya darsligi asosida 54-mavzu: Qashqadaryo okrugi O'zbekistonning janubida joylashgan bo'lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog'lari orqali, g'arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko'l balandliklari orqali o'tadi. Janubi va janubi g'arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog'lari, janubi sharqidagi Boysun tog'lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi. YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog'lari joylashgan. Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tizmasining g'arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog'lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho'qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog' g'arbga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so'ngra Qoratepa tog'i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi. Qoratepa tog'i Jom cho'lida tugab, so'ngra g'arbga qarab Zirabuloq (Zindontog' cho'qqisi - 115 m) va Ziyovuddin tog'lari davom etadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog'lari joylashgan. Chaqchar tog'idan janubi g'arbga tomon yo'nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog'lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog'lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog'li qismi g'arbga va janubi g'arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig'iga, so'ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog'lar va platolar uchrab turadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g'arbiy qismida Qarshi cho'li va vohasi joylashgan. Bu cho'lda sho'rxoklardan iborat nisbatan pastqam joylar bo'lib, ularning eng muhimlari Do'ltalisho'r, Sho'rsoy, Suxtasho'r, Yonboshsho'r va boshqalar hisoblanadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho'llar bo'lib, Qarshi cho'lining shimoli va shimoli g'arbida Qarnob, Jom cho'llari, janubi sharqida Nishon cho'li joylashgan. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog'li qismi paleozoy erasining gersin tog' hosil bo'lishi jarayonida burmalangan bo'lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog'ining g'arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko'proq giðs, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O'sha tog'da O'rta Osiyodagi eng chuqur - Kili (1082 m) g'ori joylashgan (40- rasm). Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tekislik qismi Turon plitasining sharqiy chekka qismi ustida joylashgan. Uning ustini esa qum, gil, konglomerat kabi jinslar qoplab olgan. Tekislikdagi qoldiq tog'lar (Olovuddintog', Kosontog' va boshqalar) paleozoy va mezozoy jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugida gaz, neft, marmar, giðs, dala shpati, har xil qurilish material konlari bor. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.75 MB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.75 MB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:01 ]
Arxiv ichida: ppt