Qashqadaryo viloyat sanoati va uning hududiy tuzilmasi Reja: 1.Viloyat sanoatiga umumiy tavsif. 2.Yoqilg'i sanoati 3.Mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish materiallari sanoati. 4.Yengil va oziq-ovqat sanoati. 5.Sanoat markazlari va tugunlari. Qashqadaryo viloyati O'zbekiston Respublika sanoati mahsulotining 8,3% beradi. Bu yerda xususan yoqilg'i-energetika va yengil sanoat yaxshiroq rivojlangan. Masalan, viloyat mamlakatning 13 qismidan ortiqroq yoqilg'i sanoati hamda 12% paxta tozalash sanoati mahsulotini ta'minlaydi. Viloyat sanoatining ichki tuzilishida ham aynan ana shu tarmoqlar yetakchilik qiladi; yoqilg'i sanoatining ulushi (mahsulot qiymati bo'yicha) 56,4%, yengil sanoat 18,1, oziq-ovqat 9,2, un-krupa, omuxta yem sanoati-7,1%. Ayni vaqtda sanoatning boshqa tarmoqlari, masalan, mashinasozlik sust rivojlangan. Yaqin kelajakda kimyo va elektr energetika sanoati mavqeining ancha ko'tarilishi kutilmoqda. Hozirgi davrda viloyatning elektr energetikasi Muborak markazlashgan issiqlik elektr stantsiyasiga hamda qurilayotgan, mamlakatda eng yirik Tallimarjon IESiga asoslanadi. (2004 yilda ishga tushirilishi mo'ljallangan). 200 yilda sanoat mahsuloti 3,4%ga ko'paydi. Ana shu yilda viloyatda 93 ta asosiy sanoat korxonalari mavjud bo'lib, ularning barchasida band bo'lgan ishchi xodimlar 27,4 ming kishini tashkil qilgan. Bir yilda taxminan 0,5 mln.kvts elektr energiyasi, 3,8-4,3 mln.t.neft, 3,5 mln t atrofida gaz kondensati (suyultirilgan gaz), 300 ming tonnaga yaqin oltingugurt, 5,2 mln m² ip-gazlama, 110 ming tonna paxta tolasi, 20 ming tonnadan ziyodroq o'simlik yog'i, 75 mln shartli banka konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Nisbiy ko'rsatkichlarda hisoblaganda Qashqadaryoga O'zbekistonda qazib olinadigan neftning (gaz kondensati bilan birga) 95%, tabiiy gazning 92 va oltingugurtning deyarli 100 % to'g'ri keladi. Sanoatning hududiy tashkil etilishida Qarshi, Shahrisabz tugunlari katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga Muborak (IEM, gaz-kimyo majmuasi), Koson (yog'-ekstrakt, paxta tozalash, g'isht zavodi), Sho'rtan (gaz-kimyo), Tallimarjon (IES), Ko'kdumaloq (neft sanoati), Chiroqchi (konserva zavodi) va boshqa sanoat punktlarining ahamiyati ham oshib bormoqda. Qarshi va Qamashida to'qimachilik korxonalari, Shahrisabzda konserva, ipakchilik, aksariyat tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari mavjud. Jami sanoat mahsulotining 27%i viloyat markazi Qarshi shahriga to'g'ri keladi. Muborak tumanida sanoat mujassamlashuv ko'rsatkichi bundan ham yuqori 52%. Demak, ushbu tuman viloyat sanoat mahsulotining yarmidan ko'prog'ini beradi. Shahrisabz, Koson tumanlari o'rtacha mavqega ega, biroq Dehqonobod va Mirishkor tumanlarida sanoUshbu muammo jumladan, G'o'zor, Kitob, Chiroqchi, Nishon va Qamashi tumanlariga ham taalluqlidir. Sanoat-milliy iqtisodiyotning muhim tarmog'idir. Shu sababli ham har doim sanoatni rivojlantirish, uni hududiy jihatdan oqilona joylashtirishga katta e'tibor beriladi. Sanoat milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun moddiy texnika vositalarini ishlab chiqaradi hamda tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning holatini belgilaydi. Hozirgi vaqtda viloyatda 100 dan ortiq yirik korxonalar bor. Shular orasida tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlash, paxta tozalash, moy-ekstraktsiya, qurilish materiallari, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.45 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.45 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc