Qashqadaryo viloyat transporti va iqtisodiy aloqalari

Qashqadaryo viloyat transporti va iqtisodiy aloqalari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyat transporti va iqtisodiy aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyat transporti va iqtisodiy aloqalari Reja: 1.Transport tarmoqlarining tarixiy tarkib topishi, uning iqtisodiy ahamiyati. 2.Transport kompleksining tarkibi. 3.Savdo va iqtisodiy aloqalari. Viloyatda transport tizimining turli xillari mavjud. Ammo yuk tashishda avtomobil transporti oldingi o'rinda turadi. Masalan, 200 yilda jo'natilgan umumiy 43.0 mln.tonna yukdan 36.2 mln.tonnasi avtomobil transportiga to'g'ri keladi. Qashqadaryo neft va gaz konlaridan mamlakatimizning turli rayonlariga hamda qo'shni davlatlarga quvur transporti tarqalgan; Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, ko'pgina yirik issiqlik elektr stantsiyalariga ham aynan shu yerdan yoqilg'i yetkazib beriladi. Shuningdek,hozirgi vaqtda qurilayotgan G'uzor-Boysun-Qusqo'rg'on temir yo'lining ahamiyat ham katta. Qashqadaryo viloyati xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri transport bo'lib, u yuk va yo'lovchilarni tashishning yagona vositasidir. Transport viloyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Qashqadaryo viloyatida moddiy ishlab chiqarishda band bo'lgan aholining 10% dan ortiqrog'i transportda band. Qashqadaryo hududidagi temir yo'llar, avtomobil, havo, quvur-elektron transporti Respublika transporti yagona tizimining ajralmas qismidir. Qashqadaryo v-tida tabiiy gaz, neft kondensat iva boshqa tabiiy boyliklardan foydalanishda qo'riq yerlarni o'zlashtirishda, sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirishda transportning ahamiyati katta. Chunonchi viloyat hududida Qarshi cho'lininig o'zlashtirilishi transportning hamma turlarini rivojlaanishini taqozo etadi. Viloyatning tayyor mahsulotlari va xom ashyosini boshqa mintaqalarga yetkazishda va u mintaqalardan bunday mahsulotlarni keltirishda transport muhim xo'jalik ahamiyatiga ega. Temir yo'l transporti zamonaviy texnika Bilan jihozlangan bo'lib, yuk oborotini oshirishda yetakchi rolni o'ynamoqda. Temir yo'l transportida mehnat unumdorligini uzluksiz o'sishi kata iqtisodiy samara bermoqda. Viloyatni mamlakatning boshqa viloyatlari va xorijiy mamlakatlar Bilan iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishda va viloyat ichida yuklarni hamda yo'lovchilarni tashishda temir yo'l yetakchi o'rin tutadi. Qashqadaryo viloyatida temir yo'llar va shohbekatlarning qurilishi 1915 yildan boshlandi. Shu yilda Kogon-Qarshi-Amudaryo-Termiz temir yo'li, Qarshi va Koson shohbekatlari qurib bitkazildi. 1924 yilda uzunligi 122 km bo'lgan Qarshi-Kitob temir yo'li ishga tushirildi. 1925 yilda Kogon-Qarshi-Amudaryo-Termiz temir yo'li Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanba shahrigacha yetkazildi. Keyingi yillarda viloyat hududida shahar va qishloq o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni taraqqiy ettirish va mustahkamlash, yangi sanoat tarmoqlarini barpo qilish, bo'z yerlarni o'zlashtirish, tabiiy boyliklardan foydalanishga kata e'tibor berildi. Shu boisdan Qashqadaryo viloyatidla transport tarmoqlari tez rivojlana bordi. Ilgari Kogon stantsiyasi orqali Samarqand-Kogon-Qarshi temir yo'lida yarim aylana yo'ldan yuklar tashilar edi. Natijada bu yo'lda Qarshi stantsiyasida ancha qiyinchiliklar tug'ilib, transport xarajatlari, yuk hamda vagonlar oboroti haddan tashqari ortib ketar edi. Shu boisdan temir yo'l uzunligini qisqartirish, qo'lay yo'l tanlash lozim bo'lib qoldi. 1966 yilda Samarqand-Qarshi temir yo'li qurilishi boshlanib, 1970 yilda 144 km uzunlikdagi bu temir yo'l foydalanishga topshirildi. U Qarshidan Toshkentgacha bo'lgan masofani 240 kmga qisqartirdi. Viloyatda Qarshi shohbekatidan tashqari Kitob, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.73 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.73 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga