Qashqadaryo viloyati iqtisodiy geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Qashqadaryo viloyati iqtisodiy geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyati iqtisodiy geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyati iqtisodiy geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1.Qashqadaryo viloyati iqtisodiy geografiyasining predmeti, vazifalari va fanlar tizimida tutgan o'rni. 2.Viloyatning iqtisodiy-geografik o'rni 3.Viloyatning siyosiy-ma'muriy bo'linishi. O'zbekiston mustaqil davlat bo'lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi Respublikada ta'lim, avvalo o'rta umumiy ta'lim maktabini tubdan qayta qurishni, yoshlarga ta'lim va tarbiya berishni milliylashtirishni kun tartibiga qo'ydi. Shu sababli O'zbekiston xalqlarining, birinchi galda Respublikaga nom bergan o'zbek xalqining, minglab yillar davomida sayqal topgan, keyingi yuz yilda deyarli unitilayozgan g'oyat muhim an'analarini yoshlar ongiga singdirish vazifasi ta'lim va tarbiyaning tub mo hiyatini tashkil etadi. Xalqning tarixi, tili, adabiyoti, madaniyati, urf-odatlari, muomilasi shu xalqni o'rab turgan tabiiy muhitga bog'liq ravishda shakllanishi aniq. Respublika hududi iqliminingkeskin kontinental bo'lishi xalqimizni sug'orma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi ustasi sifatida ma'lum va mashhur bo'lishiga olib kelgan. Ajdodlarimizning yerga, suvga, o'simliklarga va shunga o'xshash tabiat manbalariga bo'lgan munosabatidagi ijobiy xususiyatlarning deyarli unutilishi tufayli bugungi kunda tabiatga loqaydlik, bepisandlik kayfiyatini shakllanishiga olib keldi, tabiatda noxush jarayonlar va hodisalar sodir bo'la boshladi. Inson hayoti va mehnat faoliyatining moddiy va ma'naviy asosi bo'lgan tabiatning imkoniyatlarini hisobga ola bilmasligimiz tufayli moddiy va ma'naviy qashshoqlasha boshladik, boshqalarning doniga, go'shtiga, shakariga , yog'ochiga va boshqa shunga o'xshash qator mahsulotlarga ko'z tikish kayfiyati pado bo'la boshladi. Holbuki, bular o'zimizda qadimdan yetishtirib kelinganini, tabiatimiz saxiylik bilan o'zimizni ta'minlab kelganligini sal bo'lmasa unita yozdik. Shu sababli bugungi kunda yer-suv, iqlim va umuman tabiiy muhit moddiy va ma'naviy boyliklar manbai bo'lishi uchun doimo g'amxo'rlikka, mehrga, parvarishga muhtoj ekanligini, har bir odam tushinib yetmog'i lozim. Tabiat oldidagi bunday mas'uliyat tabiatni chuqur o'rganish, uning qonunlarini bilish orqali amalga oshiriladi. Har bir inson, ayniqsa voyaga yetayotgan avlo, o'zi yashaydigan hududning tuproqlari, iqlimi, havosi, suvlari, o'simlik va hayvonot olamini yaxshi bilishi, ularning xususiyatlari va imkoniyatlarini his etmog'i zarur. Qolaversa o'z o'lkamizda nimalar yetishtiriladi-yu, qaysilari boshqa joylardan keltirilishidagi iqtisodiy aloqalar va munosabatlarni anglash yurtsevarlik, millatparvarlik, baynalminallik g'oyalarini shakllantiribgina qolmay, ona tabiatga mehr ko'zi bilan qarashga ham o'rgatadi. Respublikamiz, viloyatimiz, shaharimiz, tumanimizning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini chuqurroq bilish zarurati yuqoridagi vazifalardan kelib chiqadi. Shu nuqtai nazardan har bir viloyatning muayyan tabiiy va iqtisodiy geografik ta'rifi jamlangan adabiyoti bo'lishi hozirgi kun talabi. Hozir maktab dasturida o'z viloyati geografiyasini o'rganishga 10-12 soatlik vaqt ajratish ko'zda tutilgan. Tabiiy, hududiy va iqtisodiy ko'rsatkichlari jihatidan o'rtacha va o'rtachadan sal kichikroq davlatlarga teng keladigan Qashqadaryo viloyati geografiyasini o'rganish uchun bu juda kamlik qiladi. Buning ustiga viloyat haqidagi tabiiy va iqtisodiy ma'lumotlar geografiya kursining har bir mavzuida o'lkashunoslik materiallari sifatida qo'l keladi. Umum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.5 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.5 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga