Qashqadaryo viloyati tog' va tog'oldi landshaftlaridan foydalanish masalalari

Qashqadaryo viloyati tog' va tog'oldi landshaftlaridan foydalanish masalalari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyati tog' va tog'oldi landshaftlaridan foydalanish masalalari - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyati tog' va tog' oldi landshaftlaridan foydalanish masalalari M U N D A R I J A KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Fan - texnika taraqqiyoti jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda insonning landshaftlarga ta'siri kundan - kunga о'sib bormoqda. Ayniqsa, tog' landshaftlaridan foydalanishning katta miqiyoslari sayyoramizda umumzaminiy (global) ekologik muammolarni keskinlashuviga hamda ayrim mintaqalarda tog' landshaft tanazzulining kelib chiqishiga sabab bо'lmoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra tog' hududlari aholi yashaydigan quruqlikning taxminan 20% ini egallaydi. Ekologik xavfsizlik muammosi, - deb ta'kidlaydi I.A.Karimov - allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Shu sababli bunday sharoitlarda inson tomonidan uning atrof tabiiy muhitga kо'rsatilayotgan ta'sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot va qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning о'zaro ta'sirini uyg'unlashtirish, inson va tabiatning о'zaro munosabatlarda muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bо'lib qolmoqda. Ko'pgina regionalarda inson tog' tabiatidan foydalanish jarayonida tabiiy - hududiy mujassamalarni о'zgartirmoqda. Million yillar davomida mujassamlashgan va mutanosiblashgan bu mujassamalarning о'zgartirilishi kо'pgina salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda, ekologik xo'jalik nuqtai nazaridan nomaqbul bо'lgan jarayonlarning kuchayishiga va katta maydonlarda tarqalishiga olib kelmoqda. Bunday jarayonlarni oldini olishda yoki qarshi kurashda majmua sajiyaga ega bо'lgan tadqiqotlar muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bunday tadqiqotlar tabiatan komponentlarini о'zaro bog'liqlikda va о'zaro ta'sirida о'rganadi. Shu asosda ekspertizalar о'tkazish va prognozlar berish imkoniyatiga ega bо'ladi. Tog' tabiatidan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etishda yuqorida aytilgan tadqiqot usullariga ega bо'lgan geografiya fanlari alohida mavqega ega. Hozirgi vaqtda tog' tabiatidan oqilona foydalanish eng muhim tabiiy - ilmiy va ijtimoiy - iqtisodiy muammoni tashkil etadi. Bu serqirra va ko'p jihatli muammoning yechimida geografiya fanlari oldida ham muhim vazifalar turadi. Chunki geografiya jamiyat va tabiat orasidagi munosabatlarni optimallashtirishning asoslarini o'rganadigan fanlardan biri, bu munosabatlarning hududiy jihatlarini o'rganadigan yagona fandir. Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot ob'yekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishning hududiy ob'yektini Qashqadaryo viloyatining tog' va tog' oldi landshaftlaridan foydalanish masalalari tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining tog' va tog' oldi hududlari jami taxminan 1.5 mln ga, ya'ni viloyat hududining 53 % ini egallaydi. Umumiy yer bilimi darsligida ko'rsatilishicha 500 metrdan baland bo'lgan joylar butun yer sharining 27 mln.km2 yoki 5,3 % maydonini tashkil etadi. Balandligiga qarab tog'lar past tog'lar, o'rtacha balandlikdagi tog'lar va baland tog'larga ajratish rasm bo'lgan. Eng baland cho'qqilari 100 metrdan baland ko'tarilmaydigan tog'larni past tog'lar deb yuritiladi. O'rtacha balandlikdagi tog'larning balandligi 100 metrdan 200 metragacha bo'lib, ularning umumiy maydoni 24 mln. m2 yoki butun sayyoramiz maydonining 4,7 % ini tashkil etadi. 200 metrdan yuqori bo'lgan tog'larni baland tog'lar yoki alp tipidagi tog'lar deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga