Qashqadaryo viloyati xo'jaligiga umumiy ta'rif

Qashqadaryo viloyati xo'jaligiga umumiy ta'rif

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyati xo'jaligiga umumiy ta'rif - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyati xo'jaligiga umumiy ta'rif Reja: 1.Viloyat iqtisodiyotining shakllanish xususiyatlari. 2.Viloyat xo'jaligining ixtisoslashgan tarmoqlari va ularni hududiy tashkil etish. 3.Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari. Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan agrar-industrial yo'nalishga ega. Yaqin kelajakda uning industrial agrar xususiyatini oshishiga tegishli imkoniyatlar mavjud. Boshqa hududlarda bo'lganidek, bu yerda ham bozor islohotlariga katta e'tibor berilmoqda. Ammo viloyat sanoatini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish o'ziga xos xususiyatga ega. Sababi sanoatning asosan yoqilg'i-energetikaga ixtisoslashganligi sababli nodavlat sektori bu sohada 30 foizga yaqin, xolos. Viloyatda kichik va o'rta korxonalar, mikrofirmalar soni ko'payib bormoqda. Qo'shma korxonalarning umumiy soni 34, amaldagisi-25, sanoatdagisi esa 14. 200 yilda barcha yo'nalishdagi qo'shma korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulot 1,5 marta o'sgan. Qo'shma korxonalarning ko'pchiligi Qarshi, Muborak va Shahrisabzda joylashgan. Shu yilda chakana savdo 109,8, aholiga pullik xizmat ko'rsatish 136,9 va xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarish 113,7 foizga o'sgan. Ayniqsa keyingi yillarda kapital mablag' sarflash, investitsiya hajmi ko'payib bormoqda. Bu esa kelajakda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yasaydi. Shu o'rinda, eng avvalo, xorijiy mamlakatlar bilan birgalikda bunyod etilayotgan, sarflanadigan mablag' miqdori juda katta bo'lgan Sho'rtan majmuasini ko'rsatish lozimdir. Ushbu majmuaning ishga tushirilishi bilan viloyat va mintaqa iqtisodiyotida muhim burilish bo'ladi. Hozirgi paytda O'zbekistonning milliy iqtisodiyot tizimida Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hamda yoqilg'i resurslarini qazib olish bo'yicha muhim o'rin tutadi. Bu sohalarni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Qashqadaryo viloyati iqlimining ko'pgina xususiyatlari (issiqlik miqdorining kattaligi, vegetatsiya davrining uzoq davom etishi va b.sh.) bu yerda faqat ingichka tolali paxta, balki yuqori sifatli meva va uzum, subtropik va yong'oq mevali o'simliklar, lalmi, bug'doy va urug'lik uchun beda o'stirishga imkon beradi. Viloyat hududi yoqilg'i mineral-xom ashyo resurslarga boy bo'lib ular bu yerda gaz, kon-ma'dan, kon-kimyo va binokorlik materiallari ishlab chiqarish kabi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun negiz bo'la oladi. Shuningdek viloyat aholisini tez sur'atlar bilan ko'payib borayotganligi va azaldan sug'oriladigan zonada uning zichligi ayniqsa katta ekanligi sababli ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashuvi qishloq xo'jaligining qadimdan tashkil topgan tarmoqlari (paxtachilik, pillakashlik, qorako'lchilik, bog'dorchilik va uzumchilik) hamda gaz va kimyo sanoati paxta tozalash, o'simlik moyi, meva-konserva hamda yengil va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan begilanadi. Viloyatda bu ixtisoslashgan tarmoqlarning rivojlanishi sanoatni xom ashyo manbalariga va tayyor mahsulotni iste'mol qiluvchi rayonlarga yaqinlashtirishga ko'maklashadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni Respublika ko'lamida oqilona joylashtirish talablariga javob beradi. 1920 yilda qadar Qashqadaryo Buxoro amirligining iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloq qismlaridan biri edi. Aholi g'allachilik, paxtachilik, tokchilik, bog'dorchilik hamda chorvachilik bilan shug'ullangan. Hozirgi Qashqadaryo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.06 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.06 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga