Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat va paxtani qayta ishlash sanoati rivojlanishining geografik xususiyatlari

Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat va paxtani qayta ishlash sanoati rivojlanishining geografik xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat va paxtani qayta ishlash sanoati rivojlanishining geografik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat va paxtani qayta ishlash sanoati rivojlanishining geografik xususiyatlari QASHQADARYO VILOYATIDA OZIQ-OVQAT VA PAXTANI QAYTA ISHLASH SANOATI RIVOJLANISHINING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI K I R I SH BMI mavzusining dolzarbligi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti о'tish sharoitda mamlakatimizning turli mintaqalarida sanoat va sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, har qanday hududning iqtisodiy taraqqiyotining asosan sanoat tarmoqlari tashkil etadi. Bugungi kunda mamlakatimizning viloyatlarida sanoat tarmoqlari: jumladan yengil va oziq ovqat sanoati jadal sur'atlar bilan о'sib bormoqda. Ayniqsa Qashqadaryo viloyati sanoati tarmoqlarini rivojlanishi bо'yicha viloyatlar ichida yetakchilik qiladi. Viloyatda oziq-ovqat sanoati: jumladan gо'sht sanoati, konserva sanoati, yengil sanoat: paxta tozalash sanoati, tо'qimachilik, trikotaj, ip-gazlama va boshqa sanoat tarmoqlari jadal sur'atlar bilan о'smoqda. BMIning maqsadi. Qashqadaryo viloyati yengil (paxta tozalash korxonalari misolida) va oziq-ovqat sanoatlarining tarkibiy tuzilishi va hududiy rivojlanishini о'rganishdan iboratdir. Tadqiqotning vazifalari. - BMIda quyidagi vazifalar oldinga surilgan va hal qilingan: viloyat paxta tozalash korxonalarining joylashuvi; paxta tozalash korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi: ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini aniqlash: dunyo bozoriga viloyat paxta eksporti ulishini aniqlash: viloyat oziq-ovqat sanoatini xududiy tarkibini tahlil qilish. BMIning obekti va predmeti. Mazkur ishning tadqiqot obyekti sifatida Qashqadaryo viloyati yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlar tarkibi olingan bо'lib, ishning predmeti esa viloyatdagi paxta tozalash sanoati korxonalari rivojlanish faoliyati olingan. BMIning tadqiqot metodlari. BMIda mazkur sohaga tegishli bo'lgan davlat qonunlari, hukumat qarorlari, respublika Prezidenti I.A.Karimovning farmonlari va asarlari, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida, xususan, sanoat geografiyasini o'rganishda yaratilgan nazariy bilimlar, mazkur muammolar bilan shug'ullangan olimlarning ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanilgan. BMIning uslubiy asosini kompleks yondoshuv tashkil etib, bunda geografik taqqoslash, tizim-tarkib, kartografik, tarixiy, statistik, matematik, hududiy tahlil, ekstrapolyatsiya kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqot ishi maxsus ilmiy adabiyotlar, kartografik manbalar bilan bir qatorda O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasi, Qashqadaryo viloyati statistika bosh boshqarmasidan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish asosida amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. BMIning xulosa va natijalaridan Qashqadaryo viloyati mintaqalar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilishda amaliy ahamiyatga ega. BMIning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan tarkib topgan. Uning umumiy hajmi 55 bet, shundan bevosita matn qismi 53 bet. BMI 8 ta jadval, 2 ta xarita, 16 ta manbadan iborat foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi. BIRINCHI BOB. О'ZBEKISTONDA YENGIL SANOAT TARMOQLARINI RIVOJLANISHI VA UNING HUDUDIY TARKIBI 1.1. Mamlakat yengil sanoatining tarmoqlar tarkibi va hududiy joylashuvi. 20 - asr boshlarida О'zbekistonda yengil sanoat sohasi asosan paxta qayta ishlash korxonalaridan iborat bо'lib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.48 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.48 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga