Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan shaharchalar geografiyasi MUNDARIJA KIRISH BIRINCHI BOB. SHAHARLAR RIVOJLANISHI VA URBANIZATSIYA JARAYONINING GEOGRAFIK ASOSLARI 1.1. Hozirgi zamon urbanizatsiya jarayonining iqtisodiy geografik jihatlari 1.2. О'zbekistonda shahar manzilogohlarining rivojlanishi va uning asosiy xususiyatlari 1.3. Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan shaharchalarga umum geografik tavsif…… IKKINCHI BOB. QASHQADARYO VILOYATIDA YANGI TASHKIL ETILGAN SHAHARCHALAR RIVOJLANISHINING MUAMMOLARI VA ISTIQBOL YО'NALISHLARI…….…… 2.1. Yangi tashkil etilgan shaharchalar rivojlanishining iqtisodiy geografik muammolari 2.2. Qashqadaryo viloyati shahar joylari tо'ri va tarkibining yaqin kelajakdagi prognozi 2.3. Mintaqa shahar joylar tarkibini rivojlanishi va takomillashuvining asosiy yо'nalishlari…… XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVALAR KIRISH BMI mavzusining dolzarbligi. Hozirgi jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi sharoitida, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot rivojlanishining yuqori, barqaror sur'atlarini ta'minlash kо'p jihatdan ishlab chiqarishda tarkibiy о'zgarishlarni amalga oshirish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, qulay investitsiya muhitini shakllantirish bilan bog'liq. Bu strategik maqsadlarga erishish esa, о'z navbatida, ishlab chiqarish kuchlarini tо'g'ri hududiy tashkil etish, katta - kichik shaharlar hamda qishloq aholi punktlarining yagona tizim doirasida rivojlanishini uyg'unlashtirish va ilmiy asoslangan urbanizatsiya siyosatini olib borishni taqozo etadi. Mustaqillik yillarida, xususan, sо'nggi yillarda О'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov qadimiy shaharlarni obodonlashtirish, qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarga ustuvor vazifa sifatida e'tibor qaratmoqda. Ushbu dasturga binoan mavjud imkoniyatlarni puxta о'rganish va shaharsozlik qoidalariga tо'liq rioya qilish asosida shaharlar tо'ri, tarkibi, tizimida katta о'zgarishlar sodir bо'ldi. Jumladan, 2009 yilda 966 ta qishloq aholi manzilgohlariga shaharcha maqomi berildi va urbanizatsiyaning о'rtacha kо'rsatkichi 51.7 foizga kо'tarildi. Natijada, hozirgi vaqtda mamlakatimiz jahon urbanizatsiyasining о'rtacha darajasidan о'zib ketdi. Erishilgan urbanizatsiya holatini, umuman olganda, ijobiy baholash mumkin. Biroq, urbanizatsiyaning murakkab va, eng avvalo, uning ijtimoiy - iqtisodiy mazmun va mohiyati e'tiborga olinsa, bu borada qator о'z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Mazkur muammolar kо'p qirrali bо'lib, mamlakatimizda shaharsozlikni amalga oshirishda joylarning iqlim va tabiiy geografik sharoitlari, demografik vaziyatini tо'laroq hisobga olish, sanoat siyosatini amalga oshirish hamda aholi bandligi va uning yashash darajasini yaxshilashni, qolaversa, mintaqalar real ijtimoiy -iqtisodiy salohiyatini haqiqiy urbanizatsiya darajasiga moslashtirishni talab qiladi. Shu va shunga о'xshash hozirgi zamon urbanizatsiya jarayonining hududiy jihatlarini tadqiq qilish ushbu bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligini asoslab beradi. Muammoning о'rganilganlik darajasi. Ta'kidlash joizki, shaharlar rivojlanishi va ular bilan bog'liq urbanizatsiya jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida ancha kо'p о'rganilgan ilmiy yо'nalish hisoblanadi. Jumladan, sobiq Ittifoq-hozirgi MDH mamlakatlarida ushbu muammo bilan N.N.Baranskiy, O.A.Konstantinov, I.M.Mayergoyz, G.M.Lappo, B.S.Xorev, YE.N.Persik, Y.L.Pivovarov, V.SH.Djoashvili kabilar yaqindan shug'ullanishgan. О'zbekistonda esa kо'rilayotgan muammoning geografik jihatlari Z.M.Akramov, E.A.Ahmedov, I.V.Smirnov, T.I.Raimov, O.B.Ota-Mirzayev, A.S.Soliyev, A.A.Qayumov va boshqalar tomonidan batafsil ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
269.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
269.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:02 ]
Arxiv ichida: doc