Qashqadaryo viloyatining ichki iqtisodiy rayonlari

Qashqadaryo viloyatining ichki iqtisodiy rayonlari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyatining ichki iqtisodiy rayonlari - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyatining ichki iqtisodiy rayonlari Reja: 1. Yuqori yoki Shaxrisabz mintaqasi 2. Qo'yi yoki Qarshi mintaqasi 3. Oralik iqtisodiy rayonlari a) Shimoliy chiroqchi tumani v) Janubiy (dehqonobod va Qamashi) Qashqadaryo viloyatida eng avvalo 2 ta shakllanayotgan asosiy ichki iqtisodiy rayon ajratiladi.Quyi mintaqa yoki qarshi mintaqasi paxta va galla, chorvachilikka, neft gaz, tog' kon, hamda elektroenergitikaga ixtisoslashgan.Uning tarkibiga Qarshi shaxri, Qarshi, Koson, Nishon, Muborak, Koson, G'uzor, Mirishkor, Kasbi tumanlari kiradi. yuqori yoki Shaxrisabz mintaqasida kuyirok agrosanoat majmuasi rivojlangan. U Shaxrisabz, Yakkabog, va Kitob tumanlarini birlashtiradi. Bu ikki shakllangan rayonlardan tashqari Qashkadaryo geografiyasi M. Yangiboev yana ikki «Oralik» shimoliy (CHirokchi tumani) va janubiy (dehqonobod va Qamashi tumanlari) rayonlarni xam ajratgan. Albatta bu yangi rayonlarda hududiy ishlab chiqarish majmuasining shakllanishi kelajakda yuz berishi mumkin. Ishlab chiqarishni to'g'ri joylashtirish va uning hududiy tashkil etishini takomillashtirishdan boshqa muammolar xam dolzarbdir.Ular jumlasiga mehnat resurslari va reklartsiya boyliklaridan foydalanish, yoqilg'i-energitika va qurilish sanoati bazasini mustahkamlash, transport va ijtimoiy instrukturani rivojlantirish muhim hisoblanadi. qishloq sanoati va instrukturasini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash xam mintaqaviy muammolar sirasiga kiradi. Tabiiy gaz zaxirasiga eng boy bo'lgan viloyatda anashu yoqilg'i bilan ta'minlanganlik darajasining nixoyatda pastligi ayanchli xoldir. Mazkur ko'rsatkich viloyat bo'yicha o'rtacha 55, 2 foizga teng, xolos. dehqonobod, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog tumanlarida esa u yanada pastrok (ularning ba'zilarida mazkur ko'rsatkich xatto 20 foizga xam yetmaydi) dehqonobod tumanida toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi viloyat o'rtacha ko'rsatkichidan ikki barobar past. Koson tumani Qashkadaryo viloyatida joylashgan tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Samarkand viloyati, Muborak, Qarshi, Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1, 88 ming km. aholisi 197,1 ming kishi (2003). Koson tumanida 1 shahar (Koson ) va 9 qishloq fukorolari (Bulmas, Guvalak, Gulbog, Dustlik, Koson, Obdida, Olchabob, Pulati, Tinchlik ) bor. Markazi Koson shaxri Tabiati. Koson tumani hududida asosan pasttekislik, adir va kir chullaridan bo'lib, Qashkadaryoning quyi kismida bo'lib, Qarshi cho'li zonasida,450-500 m balandlikka joylashgan. iqlimi konbinental iqlim. Iyulning o'rtacha temperaturasi 27-30, yanvarniki 0 dan, 1gacha. Vegitatsiya davri 210-240 kun. O'rtacha yillik yogin 190-200 mm, asosan bahor va kish oylarida tushadi. Orografik to'siklar yo'qligi sababli sovuq havo oqimlari, asosan, Qish oylarida shimoliy-sharq tomonidan kirib keladi. Qashkadaryo Koson tumani bilan Kasbi tumani chegarasidan, Qarshi magistral kanali tuman hududidan oqib o'tadi.Tuprogi och tusli bo'z va bo'z tuproq, shuningdek takir, sho'rxox, qumloq, tuproqlar xam mavjud. Bu tuproqlar aralash uchraydi. O'simliklardan sho'ra, shuvoq, kora sho'ra, yulgun, saksovul, isirik, oq chitir, kizil miya, oqbosh, o'sadi.Yovvoyi hayvonlardan tulki, kudi, tipratikan, toshbaka, kaltakesak, echkiemar, qum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.97 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.97 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga