Qashqadaryo viloyatining madaniy landshaftlari

Qashqadaryo viloyatining madaniy landshaftlari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyatining madaniy landshaftlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Qarshi davlat universiteti TABIIY FANLAR FAKULTETI Geografiya kafedrasi Qashqadaryo viloyatining madaniy landshaftlari Bitiruv malakaviy ishi Bajaruvchi: 5110500 - Geografiya o'qitish metodikasi Normurodov Laziz Hasanovich Ilmiy rahbar: dotsent Abdullayev S.I. Taqrizchi: Himoyaga qo'yildi Kafedra mudiri 2015-yil QARSHI 2015 M U N D A R I J A K I R I S H……. 1-BOB. Qashqadaryo viloyatining landshaft xususiyatlari……. 1.1. .Landshaft to'g'risida umumiy tushuncha…… 1.2. Hozirgi landshaftlar, ularning tuzilmasi va tasnifi…… 2-BOB. Qashqadaryo viloyati landshaftlarining inson faoliyati ta'siri ostida o'zgarishi …… 2.1. Antropogen va madaniy landshaftlarning nisbati…… 2.2. Madaniy landshaftlar va ulani tashkil etish……. X U L O S A…… ADABIYOTLAR…… M U Q A D D I M A Mavzuning dolzarbligi. Inson faoliyatining tabiatga va uning jarayonlariga ta'siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlartda bu ta'sirni optimallashtirish (tartibga solish, cheklash) muhim amaliy ahamiyatga ega. Jamiyatning tabiiy muhitdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va yaxshilashga doir ijtimoiy tadbirlarning barcha tizimi tabiiy - hududiy komplekslar to'g'risidagi ta'limot asosida ishlab chiqilishi lozim. Landshaftlarni o'rganish muhim umumilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Zero, landshaftlar - tabiiy resurslarga ega bo'lgan va resurslar qayta tiklanadigan hamda genofond saqlanadigan tabiiy sistema, insonning hayoti va faoliyati kechadigan muhit, tabiiy laboratoriya va estetik idrok qilish manbaidir. Landshaft - insonning hayoti va turli xil faoliyatining muhiti sifatida qaraladi. Insonning hayot faoliyatining muhitini o'rganishda nafaqat ishlab chiqarish va sotsial - maishiy holat, balki landshaftning tabiiy xossalari ham nazarda tutiladi. Landshafning muhitni qayta tiklaydigan sistema bo'lishdek, kishilarning hayoti uchun zarur bo'lgan sharoitlarni (havoning gaz tarkibi, suvning tarkibi va b.) doimiy holda qayta tiklash kabi muhim xossalarini saqlab qolish zarur. Malakaviy ishning tadqiqot obyekti va predmeti . Qashqadaryo viloyati landshshaftlari tadqiqot obyekti bo'lib, predmeti madaniy landshaftlar va ularni tashkil etish masalalarni tahlil qilishdan iborat. Landshaft nafaqat ilmiy tadqiqot obyekti, balki inson faoliyatining obyekti hamdir. Landshaftlar resurs (resursli va resursni qayta tiklaydigan) sistemasi funksiyalarini, inson hayoti va faoliyati muhiti funksiyalarini, genofond saqlanadigan sistema funksiyalarini bajaradi va shu sababli muhofaza qilinadiga muhim obyekt sifatida namoyon bo'ladi. Xo'jalik tarmoqlari uchun landshaft qayta tiklanadigan resurslarni ishlab chiqarish manbai, qishloq va o'rmon ho'jaligi uchun biomassa qayta tiklanishining tabiiy mehanizmidir. Landshaftlar resursli tabiiy sistema sifatida muhofaza qilinayotganda uning resurslarni qayta tiklaydigan xossalarini asrash, eroziya, ifloslanish tufayli buzilishidan saqlash kabi tadbirlarni amalga oshirishga harakat qilish lozim. Buning uchun landshaft tuzilmasi va mavjudligining juz'iyatlarini bilish va aniqlash asosida bo'lishi lozim. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Landshaft tushunchasi geografik tadqiqotlarda asosiy mavzulardan biridir. Madaniy landshaft konsepsiyasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 5.4 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 5.4 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga