Qashqadaryo viloyatining qishloq xo'jaligi

Qashqadaryo viloyatining qishloq xo'jaligi

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyatining qishloq xo'jaligi - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyatining qishloq xo'jaligi Reja: 1.Qishloq xo'jaligiga ta'rif. Yer fondi va undan foydalanish. 2.Viloyat dehqonchiligining asosiy tarmoqlari. 3.Chorvachilikning viloyat iqtisodiyotidagi ahamiyati. 4.Agrosanoat majmuasini rivojlantirish muammolari. Viloyat iqtisodiyotining agrosohasi asosan paxta, g'alla va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Umumiy ekin maydoni 200 yil ma'lumotlariga ko'ra, 461 ming ga bo'lib, u Respublika ekin ekiladigan yerlarning 12.2 foizini tashkil qiladi. Jami ekin maydonidan 202 ming gektari g'alla (bu jihatdan viloyat mamlakatda 1-o'rinda), 150 ming gektari paxta, 4.1 ming gektari kartoshka, 10.6 ming gektari sabzavot , 55 ming gektari yem-xashak yetishtirishga ajratilgan. Bir yilda viloyatda, ob-havo sharoitiga qarab, 300-500 ming tonna g'alla (res-zda 3.9-4.0 mln tonna), 265-380 ming tonna paxta, 140-160 ming tonna turli sabzavot mahsulotlari olinadi. Shuningdek, bu yerda 38-40 tonna meva, 45 ming tonna atrofida uzum ham yetishtiriladi. Bulardan tashqari, viloyatda kungaboqar, tamaki, zig'ir kabi qishloq xo'jalik ekinlari ham mavjud. Umumiy ekin maydoni 3775 ming gektar, shundan g'alla 1612, paxta 144, kartoshka 52, sabzavot 94, poliz ekinlari 36, yem-xashak 128 ming gektar. 200 yilda olingan hosil; g'alla 3116 ming tonna (shundan bug'doy 3352), kartoshka 729, sabzavot 2637 va paxta 3002 ming tonna. Qashqadaryoda yirik shoxli mollar soni 580 ming bosh (O'zbekistonda 2-o'rinda), qo'y va echkilar-1.9 million bosh (1-o'rin). Bir yilda 110 ming donaga yaqin qorako'l terisi, 1.8-1.9 ming tonna pilla yetishtiriladi. Pillachilik sug'orma dehqonchilik rayonlarida, yaylov, jun-go'sht chorvachiligi asosan cho'l mintaqasida rivojlangan. Viloyat agrosohasining hududiy tarkibida Chiroqchi, Kasbi tumanlari yetakchi o'rinlarda ular birgalikda yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlarining taxminan 15 qismidan ko'prog'ini ta'minlaydi. Bu borada Qamashi, Shahrisabz, Kitob, Qarshi va Koson tumanlarida ham vaziyat yaxshiroq. Ayni chog'da Muborak va Mirishkor tumanlarida qishloq xo'jaligi birmuncha sust rivojlangan. Qashqadaryo qiloyatining milliy iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi katta ahamiyatga ega. Bu tarmoqda yalpi mahsulotning asosiy qismi yaratiladi. O'zbekistonda yetishtiriladigan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotining 10,%i, jumladan paxtaning 10,6%, pillaning 7%i, qorako'lning 19%, junning 16%, g'allaning 11,1% i Qashqadaryo viloyatining ulushidir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun tabiiy sharoit qulay. Iqlimi keskin kontinental bo'lib, sovuqsiz davr 210-242 kunni, ijobiy temperaturalar yig'indisi 4760-5200 gradusni tashkil etadi. Viloyat ancha katta yer resurslariga ega. Qishloq xo'jaligi uchun yaroqli bo'lgan yerlar 2194 ming ga bo'lib, shundan 698,3 ming gektari haydalgan yerlardir, 449 ming gektarida sug'orilib deqonchilik qilinadi. Qolgan 1430,8 ming ga. maydondan yaylovlar sifatida foydalaniladi. Viloyatdagi aksariyat (davlat va jamoa) xo'jaliklar asosan paxtachilikka, shuningdek donchilik, meva va uzumchilik, sutchilik, sut-go'sht yetishtirishga ixtisoslashgandir. Viloyatdagi davlat va jamoa xo'jaliklari zamonaviy texnika bilan yetarli darajada qurollangan. 1926-27 yillarda viloyat dalalarida 30 traktor, 1950 yilda 707 traktor va yuk avtomobili ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.1 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.1 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga