Qashqadaryo viloyatinng qishloq aholisi geografiyasi K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida demografik vaziyat va uning ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari ko'p qirrali, dolzarb muammolardan biridir. Chunki bozor munosabatlarining markazida inson shaxsi, uning individual imkoniyatlari turadi.Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo'lib,u mamlakatning islohatlar va tub o'zgarishlar yo'lidantinimsiz ilgarilab borishini ta'minlaydi. Jamiyatning ijtimoiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil o'z navbatida uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qilubchi ahamiyatga ega. Bunday vaziyatda Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qatorda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora - tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Aholi jamiyat rivojlanishida muhim o'rin egallagan holda uning moddiy va ma'naviy asosining yaratuvchisi hamdir. Iqtisodiyot asosini tashkil etuvchi moddiy boyliklarni barcha aholi emas, aksincha, uning ma'lum bir, ya'ni mehnatga layoqatli qismigina yaratadi. Ammo, Aholi muammolarini o'rganish uning nafaqat mehnatga layoqatli qisminigina emas, balki mehnat resurslarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadigan omillardan biri bo'lgan aholining rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o'rganish zarur. Muammoning o'rganilganlik darajasi. O'zbekistonda demografiya va xususan aholi geografiyasi (demogeografiyasi) fanining rivojlanishiga Y.S.Timm, A.A.Shoroxova, M.Q.Qoraxonov, I.R.Mullajonov, Z.N.Akramov, G.Asanov, T.E. Rayimov, A.Soliyev, O.Otamirzayev, M.R.Bo'riyeva, A.A.Qayumov, M.Yangiboyev, O.Ubaydullayev va boshqa ko'pgina olimlar katta hissa qo'shdilar. Qashqadaryo viloyati aholisining geografik xususiyatlari M.Yangiboyev tomonidan ancha mukammal o'rganilgan. Hozirgi paytda viloyat aholisi geografiyasi P.Qurbonov, M.Berdiqulova, D.S.Murodova va boshqa bir qator yosh tadqiqotchilar tomonidan turli jihatlarda o'rganilmoqda. Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot predmeti. Ishhning tadqiqot predmeti Qashqadaryo viloyati qishloq aholisi geografiyasi bo'lib, unda viloyatda qishloq aholisining joylashuvi, demografik tarkibi va boshqa masalar tahlil qilinadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishda qiosiy-geografik, majmuiy-geografik metodlardan, tashkilotlarda to'plangan ma'lumotlardan va kartografik materiallardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifalari. Qashqadaryo viloyati qishloq aholisi geografiyasiga bag'ishlangan mazkur bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi viloyat aholisining shakllanishi va tarkibi hamda qishloq aholisi joylashuvining xususiyatlari bayov qilingan. Bu maqsadga erishish uchun ishda quyudagi vazifalarni yechishga harakat qilindi: - viloyatdagi hozirgi geodemografik vaziyat; - aholi tarkibi va mustaqillik yillarida unda sodir bo'lgan o'zgarishlar; - shahar va qishloq aholi manzilgohlarining farqi va geografiyasi; - qishloq aholisi va uning tarkibidagi o'zgarishlarning tahlili. Bitiruv malakaviy ishdagi ilmiy yangiliklar. Ishda qishloq aholisi va qishloq joylari geografiyasi butun viloyat aholisining tarkibiy qismi sifatida qarab chiqilgan; qishloq aholisining aholi tarkibi va joylashuvidagi mavqe qioysiy ravishda tahlil qilingan. Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati. Ishdagi ma'lumotlar sotsial va iqtisodiy geografiya kurslarini o'rganishda o'lkashunoslik materiallari sifatida hamda mustaqil ishlani bajarishda foydalanilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.49 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.49 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: doc