Qashqadaryo viloyatning aholisi va mehnat resurslari

Qashqadaryo viloyatning aholisi va mehnat resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyatning aholisi va mehnat resurslari - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyatning aholisi va mehnat resurslari R e j a: 1. Aholi soni, ko'payishi, zichligi. 2. Aholining joylanishi va migratsiyasi 3. Mehnat resurslari. 4. Aholining tarkibi. 5. Aholi manzilgohlari. Qashqadaryo viloyati o'zining aholi soni bo'yicha O'zbekistonda Samarqand, Farg'ona, Toshkent va Andijon viloyatlaridan oldingi 5-o'rinni egallaydi. U ayni vaqtda, aholi sonining o'sishi jihatidan Surxondaryo viloyati bilan birgalikda mamlakat demograqik vaziyatida yetakchilik qiladi. Jumladan, agar O'zbekiston aholisi 1989-200 yillarda 123,8 % ga o'sgan bo'lsa, Surxondaryoda bu ko'rsatkich 139,2 va Qashqadaryoda 136,0 % ga teng bo'ldi. Birigina 200 yilda aholi ko'payish sur'ati 2,1 % ni tashkil qildi. Viloyat tabiiy geografik muhitiga mos holda aholi uning hududida bir tekis joylashmagan. O'rtacha zichlik 1 km2 ga 77,4 kishi bo'lib, bu raqam Respublika o'rtacha ko'rsatkichidan deyarli 1,5 marta yuqori. Aholi xususan yuqori mintaqada ancha zich o'rnashgan. Masalan, zichlik Yakkabog'da 164, Shahrisabz tumanida 158 va Kitobda 102 kishiga teng. Vaholanki bu ko'rsatkich Mirishkor tumanida 27, Dehqonobodda 25 kishini tashkil etadi, xolos. Aholi soni bo'yicha viloyatda Chiroqchi tumani oldida turadi (257 ming, 2001 yil:) Shahrisabz tumanida ham, Shahrisabz shahrini qo'shib hisoblaganda, aholi 200 mingdan ziyod. Ayni vaqtda Mirishkor tumanining demografik sig'imi ancha past; Maydoniga ko'ra esa eng katta Dehqonobod tumani uning hududi 4,0 ming km2 yoki viloyat maydonining 17 qismi. Shuningdek, Muborak va Chiroqchi tumanlari ham nisbatan katta, eng kichigi, Kasbi tumani (0.65 ming km2). Umuman olganda, qori mintaqa (SHahrisabz, Yakkabog' va Kitob tumanlari) ko'p jihatdan Respublikamizning aholisi zich voha va vodiylariga o'xshab ketadi. Ammo ta'kidlash joizki, zichlik, qo'yi mintaqaning ayrim tumanlarida (Kasbi, Qarshi) ham ancha yuqori, ya'ni 190-200 kishiga teng. Viloyatda tabiiy harakat ko'rsatkichlari boshqa hududlarga qaraganda (Surxondaryodan tashqari) sezilarli darajada farq qiladi. Chunonchi, bu yerda tug'ilish koeffitsiyenti har 100 kishi aholiga 24,5 kishini tashkil etadi (2001 y.). Eng yuqori daraja Chiroqchi tumanida bo'lib, u bu yerda yaqin 30 kishiga barobar. (O'zbekistonda oldingi o'rinlarda). Ayni vaqtda umumiy tug'ilish koeffitsiyenti Shahrisabz va Mirishkor tumanlarida pastroq, Qarshi shahrida esa u 16,7 promille. Qayd qilish lozimki, Qashqadaryoda ham tug'ilish kamayib bormoqda, biroq bu jarayon mamlakatning boshqa viloyatlariga nisbatan asta-sekinlik bilan sodir bo'lmoqda. Surxondaryoda ham xuddi shunga o'xshash demografik vaziyat. Demak, ularning bir iqtisodiy rayonga birlashtirilishi geodemografik omil bo'yicha ham asoslangan. 2004 yil ma'lumotlariga ko'ra Qashqadaryo viloyati aholining tabiiy o'sishiga ko'ra (18.7 promillelar viloyatlar orasida 1-o'rinni egallab kelgan Surxondaryo viloyatini 18.1 promillelar ham ortda qoldirib va hozirgi paytda tug'ilish darajasiga ko'ra birinchi o'rinni egallab turibdi) Qashqadaryo viloyatida ham mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi kabi tug'ilish darajasi qishloqlarda shaharlardagiga nisbatan yuqori. 2003 yilda Qashqadaryo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.77 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.77 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga