Qashqadaryo viloyatning nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari

Qashqadaryo viloyatning nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari

O'quvchilarga / Geografiya
Qashqadaryo viloyatning nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyatning nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari Reja: 1.Aholiga madaniy va maishiy xizmat ko'rsatish sohasining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati. 2.Sohaning tarkibi: a) kommunal xo'jaligi v) savdo, umumiy ovqatlanish. s) sotsial-madaniy xizmat ko'rsatish. 3.Xizmat ko'rsatish tarmoqlarining joylashishi. Nomoddiy ishlab chiqarish ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim sohasi bo'lib, moddiy ishlab chiqarish va aholi moddiy turmush darajasining o'sishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.Kishilarda xilma-xil moddiy va ma'naviy ne'matlarga, maishiy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojning o'sib borishi turli xzizmat ko'rsatish sohalariga bo'lgan talabni ham oshirib boraveradi. Qashqadaryo viloyatida fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, aholining moddiy va madaniy turmush darajasining o'sib borishi natijasida xizmat doirasi geografiyasi kengayib bormoqda va unda band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning soni yildan yilga oshib bormoqda. 1990 yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lgan aholining 26,1%i nomoddiy ishlab chiqarishda band bo'lgan. Xizmat doirasi (nomoddiy ishlab chiqarish) uy-joy va kommunal xo'jalik, aholiga transport xizmati, savdo va umumiy ovqatlanish, ijtimoiy ta'minot xizmati, bolalar muassasalari va umumiy ta'lim maktablari, sog'liqni saqlash, madaniy va maishiy xizmat, aholining xavfsizligini va qonunchiligini saqlash kabi tarmoqlaridan tashkil topgan tizim bo'lib, bu jamiyatning ijtimoiy infrastrukturasini tashkil qiladi. Xizmat doirasining hajmi va uning hududiy tashkil etilishi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillarga bog'liqdir. Uy-joy kommunal xo'jaligi ancha murakkab tarmoq bo'lib, uning rivojlanishi aholi turmush sharoitini yaxshilashga hamda ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bu tarmoq aholiga obodonlashtirilgan uy-joy berish va uni saqlash, unga xizmat ko'rsatish (elektr energiya, isitish, suv, kanalizatsiya bilan ta'minlash), tashqi muhandislik tarmoqlarini, ko'chalar va yo'laklarni tozalab turish, yashil zonalarni tashkil etish kabi sohalarni o'z ichiga oladi. Uy-joy va kommunal xo'jaligida 1991 yilda 10,3 ming kishi band bo'lgan. Hozirgi kunda viloyatdagi barcha uy-joy fondi jamg'armasining hajmi 17463 ming kv.m.ga teng. 1986-1990 yillarda viloyatda 3458 ming kv.m. hajmdagi uy-joylar qurildi. Qashqadaryo viloyatida uy-joy qurilishi Qarshi cho'lining o'zlashtirilishi munosabati bilan tez sur'atlarda olib borildi. Uy-joylar davlat va kooperativ korxonalar, tashkilotlar, uy-joy kooperatiqlari jamoa xo'jaliklari tomonidan hamda aholining o'z hisobiga qurilmoqda. Keyingi yillarda aholiga tomorqa berilishi munosabati Bilan qishloq joylarida shaxsiy uylarni qurish jadallashdi. Uy-joy qurilishi ko'payishi bilan aholiga kommunal xizmat ko'rsatish ham yaxshilanmoqda. 1980-1990 yillarda gazlashtirilgan xonadonlar soni 238.4 mingga ko'paydi. Aholi punktlarini suv bilan ta'minlash ancha yaxshilanmoqda. Hozirgi vaqtda viloyatning Qarshi, Koson, Muborak, Beshkent, Nishon, G'uzor shaharlariga Shahrisabz-Kitob botig'idan quvurlar orqali ichimlik suvi keltirilgan. Uylarni markazlashtirilgan holda isitish va boshqa kommunal xizmat ko'rsatio' hajmi va sifati oshib bormoqda. Kelajakda uy-joy qurilishi, suv, elektro-energiya va gaz Bilan ta'minlashni yaxshilash, markazlashtirilgan isitishni tashkil etish, kanalizatsiyani rivojlantirish ishlari davom ettiriladi. Aholiga savdo xizmati. Moddiy ne'matlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.76 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.76 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga