Qashqadaryo vohasi shaharlari Reja: Qashqadaryo vohasi shaharsozlik madaniyati Ilk shaxsorlik ildizlari Yerqo'rg'on shahar xarobasi Qashqadaryo vohasi shaharsozlik madaniyati Bu shahar qoldiqlari hozirgi Qarshi shahridan 5 kilometr shimoli-g'arbda, Yerqo'rg'on qal'asidan 1,5 kilometr janubda joylashgan bo'lib, Shulluktepa shahristoni deb ataladi. Ilk o'rta asrlarda bu yerga qadimgi poytaxtdan zodagon va hunarmandlar - temirchilar, to'quvchi va quruvchilar ko'chib kelgan. VII-VII asrlarda ularning ustaxonalari bosh qal'ani sharq va janubdan himoyalab, daryo qirg'og'igacha cho'zilgan va asta-sekin Qashqadaryoning chap qirg'og'idagi burilish joyini to'liq egallagan. Bu davrda qal'a devorlari jiddiy ravishda mudofaa ahamiyatini yo'qotadi. Shaharning ichki to'zilishi o'zgaradi. Shubhasiz, saroy - hukmdor taxti va xazina, qamoqxona va harbiy garnizon joylashgan inshoot uning tarkibiy qismi bo'lib qolavergan. Biroq X asr mualliflari istehkomlarni ta'riflar ekan, ularning nurab qolgani va hatto vayron bo'lganidan xabar beradi. Jumladan, geograf olim Istaxriy shaharni qisqacha ta'riflagan. Nasaf, Istaxriyning fikricha, bir paytlar vayron qilingan istehkom, rabot va to'rtta darvozaga ega bo'lgan. Shahar atrofi asosan lalmi dehkonchilikka ixtisoslashgan serunumerlar va ekinlarga boy bo'lgan. Daryoda muayyan paytda suv kamayib ketgani tufayli bog'rog'lar asosan quduklardan sug'orilgan. Arxeologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, shahristonning mudofaa inshootlari VII-VII asr-larda barpo etilgan. IX asrning oxiri va ayniqsa, X-XI asrlarda shahar ulkan hudud bo'yicha rivojlanib ketgan. U ko'proq sharqtomonga, Qashqadaryoning o'ng qirg'og'iga tomon o'sib borgan. Avvalgi davrlarda ilk shaharning sharqiy chegarasi hisoblangan daryo bu davrda janubdan shimolga tomon rabotning o'rtasidan o'tgan. Agar shahriston va rabotning shimoliy kismini «Hukumat uyi» va zodagonlar hovlilari egalla-gan bo'lsa, uning asosiy qismi, ayniqsa, markaziy va janubiy hududlarini ko'plab hunarmandchilik mavzelari egallagan. Temirchilar mavzelari daryo bo'ylab g'arbga tomon to istehkomgacha davom etgan va XII asr boshlari-gacha mavjud bo'lgan. Ulardan janubda, temirchilik ustaxonalariga tutashgan holda, daryo sohili bo'ylab miskar ustalar va bronza quyuvchilar, zargarlar mavzelari joylashgan. Bu yerdan misni yakuniy tozalash ishlari bajariladigan ustaxona topilgan. Bu yerda mis qoldiqlari hamda metall quyish jarayoni bilan bog'liq belgilar ham uchraydi. Shuningdek, sopol suv quvurlari, kuduq koldiqlari ham ko'zatilgan. Ular buerda vaqt-vaqti bilan suv tanqisligi ro'y berib turganini yana bir bor eslatadi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari qurilish va duradgorlik ishlarida keng ko'llangan. Ehtimol, bu sohalar Nasafda keng rivojlangan bo'lsa kerak. Balki shaharning g'arbdagi darvozasi shu sababli «Najjorlik» deb atalgan. Nasafda qadimdan mis va bronza kuyish jadal rivojlangan. Nasaf mehnat qurollari va bezak-lari orasida kimyogarlar tomonidan bronzaning oltita metallsozlik guruhi aniqlangan. Bu esa xom ashyoning xilma-xilligi, uni qo'llash usulla-rining rang-barangligi hamda nasaflik ustalar-ning ham Baktriya va So'g'dning degrezchi ustalari yutuqlaridan xabardorligini ko'rsatadi. Qizildaryo' va uning o'zanlari havzasida polime-tallar - mis, qo'rg'oshin, temir kazish bo'yicha bir necha ochiq ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.77 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.77 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: doc