Qirg'iziston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Reja: 1. Qirg'iston Respublikasining geografik o'rni, chegaralari. 2. Tabiiy sharoiti. 3. Tabiiy resurslari va ulardan xo'jalikda foydalanish masalalari. 4. Qirg'izistonning aholisi va mehnat resurslari 5. Xo'jaligiga umumiy ta'rif 6. Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Hududi 198,5 ming kv. km. Aholisi 5,2 million kishi Poytaxti Beshkek shaxri. Hududi, chegaralari, geografik o'rni, davlat tuzumi. Qirg'iziston Respublikasi mustaqil davlat bo'lib, hududining kattaligi va aholisining soni jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida to'tinchi o'rinda turadi. Uning‚ hududi g'arbdan sharqqa 900 km, shimoldan janubga 410 km.ga cho'zilgan. Qirg'iziston tog'li mamlakat hududida joylashgan. Tyanshan tog'i va uning o'nlarcha tizmalari, jumladan Talas Alatau, Qirg'iz tog'i, Kungey Alatau, Terskiy Alatau, Oloy va Farg'ona tog'i, Otboshi togi, Norintog' va boshqa tog'larda 5-7 ming metrga teng keladigan balandlik cho'qqilar bor. Mazkur tog'lar va ulardagi abadiy muzliklar, g'orlar, ulardan boshlanadigan sho'x va tezkor daryolar, tog' vodiylari va daralar, tog' usti va tog' yon bag'rlarini ishg'ol qilgan yamyashil archazorlar, baland tog'lar o'rtasida savlat to'kib turgan mo'jizasimon Issiqko'l Qirg'iziston tabiatining betakror go'zalligidan guvohlik beradi. Qirg'iziston shimoldan Qozog'iston davlati bilan janubi-sharq va sharqdan Xitoy, janubi-g'arbdan Tyanshanga borib taqalgan Pomir-Oloy tog' sistemasi orqali Tojikiston, g'arbdan esa O'zbekiston davlatlari bilan chegaralanadi. Mamlakatning geografik o'rni, tabiati va tabiat manbalari uning xalq xo'jalik yo'nalishiga, hamda xorijiy davlatlar bilan aloqasiga bevosita ta'sir ko'rsatib turadi. Qirg'iziston asosan tog'lar o'lkasi bo'lganligi va ayniqsa uning markazida joylashgan baland tog' sistemalari uni shimoliy va janubiy regionlarga bo'lib tashlangan. Bu narsa mamlakatning ichki va tashqi aloqalariga keskin ta'sir ko'rsatgan. Janubiy Qirg'iziston Markaziy va Shimoliy Qirg'izistondan baland tog'lar shu qadar ajratilganki, oradagi iqtisodiy aloqa haqida gapirmasa ham bo'ladi. Negaki, Shimoliy va Janubiy Qirg'iziston o'rtasida to'gridan-to'g'ri temir yo'l transporti aloqasi yo'q. Balki Janubiy Qirg'iziston Farg'ona vodiysining tarkibiy qismi bo'lib, ayni paytda O'zbekiston va Tojikistonning eng rivojlangan viloyatlari bilan chambarchas iqtisodiy aloqadadir. Mamlakatning janubiy qismi - O'sh viloyati uning shimoliy rayonlari bilan o'zga davlatlar Tojikiston, O'zbekiston va Qozog'iston orgali temir yo'l bilan iqtisodiy aloqa o'rnatgan. Mamlakatning geografik o'rni, uning relyef xususiyatlari bilan bog'langan tomonlar chegaradosh davlatlar bilan iqtisotiy aloqalarni olib borishda turlicha imkoniyatlar tug'diradi. Misol. Qirg'ziston katta masofada Xitoy davlati bilan chegaralanadi. Biroq ikki davlat o'rtasidagi baland tog'lar iqtisodiy aloqada tabiiy to'siq bo'lib maydonga chiqadi. Yoki janubiy-g'arbiy Qirg'izistonning Farg'ona vodiysida joylashganligi Ozbekiston-Qirg'iziston iqtisodiy va madaniy aloqalarini juda rivojlantirishga olib kelgan. Qirg'iziston mustaqil davlat. U o'z mustaqilligini 1991 yilning avgustida qo'lga kiritdi. Qirg'iziston davlati demokratik asoslarga tayangan holatda jahonda tinchliksevar va o'z navbatida hech qanday harbiy bloklarga qo'shilmaslik siyosatini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.19 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.19 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: doc