Qishda Rila tog'laridagi igna bargli o'rmonlar O'lkaning shimoliy va markaziy qismlari o'simlik va tuproq qoplami uchun o'rmon va dasht tiplarining uyg'unligi xosdir. O'rmonlar va ularga xos bo'lgan tuproqlar tog'li rayonlarga tarqalgan, tekisliklar va tog'lar orasidagi soyliklarda o'rmon o'smaydi hamda ularda dasht tuproqlari ko'pchilikni tashkil etadi. Bolgariya platosi, Maritsa pasttekisligi va soiliklarning hozirgi landshaftlari ularning dastlabki o'simlik qoplami haqida tasavvur hosil qilmaydi. Bu rayonlarda unumdor qorz yoki kashtan tuproqlar tarqalgan. Bu erlardagi tuproqlar haydalgan, tabiiy o'simlik qoplami saqlanib qolgan joylar deyarli butunlay yo'q. Bolgariya platosidagi tekis haydalgan erlarda har yer-har yerda yakka o'sgan daraxtlar ko'p, aftidan, bu daraxtlar ekilgan bo'lsa kerak. Maritsa pasttekisligi yana ham ko'proq haydab yuborilgan. Uning yer yuzasini sug'orish kanallari kesib o'tgan, bu tekislik sholipoyalar, paxtazorlar, tamaki ekilgan dalalar, uzumzor va bog'lardan iborat o'ziga xos mozaikani tashkil etadi. Ko'p dalalarning chekkalariga mevali daraxtlar ekilgan, ana shu yo'l bilan pasttekislikning unumdor tuproqlaridan yaxshi foydalaniladi. Maritsa pasttekisligi va Qora dengiz sohilining tabiiy o'simlik qoplamida O'rta dengiz bo'yi florasining elementlari paydo bo'ladi. Bu yerda bazi bir doimiy yashil butalarni, chirmoviqni (Hedera helix) va boshqalarni uchratish mumkin. Tog'lar yonbag'irlarining quyi qismlari ko'pincha butazorlar bilan qoplangan, bu butazorlarda bargini to'quvchi butalar ham va bazi doimiy yashil buta turlari ham o'sadi. Shiblyak deb ataluvchi bunday butazorlar Bolqon yarim oroli uchun ayniqsa xarakterlidir. Shiblyak butazorlari odatda o'rmon kesilgan joylarda o'sadi va katta maydonlarni ishg'ol qilgan. Tog'larda 100-1200 m balandlikkacha dubning turli turlari va ularga aralashgan holda grab, buk va boshqa keng bargli daraxtlar o'sadigan bargini to'quvchi o'rmonlar chiqib bor.adi. Bazi joylarda keng bargli o'rmonlar aralash o'rmonlar bilan almashinadi. Bazi tog' massivlarida ular o'rnida qarag'ayning Bolqon va O'rta Yevropada o'sadigan turi, el va pixtalardan iborat baland bo'yli qimmatbaho igna bargli o'rmonlar tarqalgan. Ana shunday qimmatbaho va nisbatan kam kesilgan o'rmonlar Bolgariyadagi Rila, Pirin va Rodop tog'lari yonbag'irlarini qoplagan. 1500-1800 m balandlikda o'rmonlardan rododendron, archa va supurgio't o'suvchi subalp butazorlariga o'tiladi. Eng baland tog' massivlari alp o'tloqlari bilan qoplangan, bulardan yay-lov sifatida foydalaniladi. Tog'li rayonlarda ancha balandlikkacha insonning tabiatga ta'siri sezilib turadi. Ko'p joylarda bug'doy ekiladigan yerlar 1100-1300 m gacha ko'tariladi, mevali bog'larning yuqori chegarasi bir oz pastroqda janubga qaragan yonbag'irlarning eng quyi qismlarini tokzorlar egallagan. O'rta dengiz bo'yi iqlimli rayonlarning tuproq-o'simlik koplami ham o'zig xosdir. Yugoslaviya, Albaniya va Janubiy Gretsiyadagi landshaft. Afinaning ko'rinishi qirg'oqlaridagi pasttekisliklarning qizil (ohaktoshlarda) va jigar rang tuproqlarida doimiy yashil o'simliklar o'sadi. Subtropik tuproq va o'simliklar tarqalgan erlarning yuqori chegarasi shimoldan janubga tomon ko'tarilib boradi. Adriatika dengiz sohilining shimoliy qismida bu chegara dengiz ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.15 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.15 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: doc