Qishki davr uchun oqimni hisoblash

Qishki davr uchun oqimni hisoblash

O'quvchilarga / Geografiya
Qishki davr uchun oqimni hisoblash - rasmi

Material tavsifi

Qishki davr uchun oqimni hisoblash Reja: Loyqa oqiziqlar oqimini hisoblash Ko'llar va suv omborlarida bajariladigan gidrologik kuzatishlar Daryoda birinchi muz parchalari paydo bo'lishidan boshlab, ularning bahorda muzdan to'la xalos bulguniga qadar o'zanda o'ziga xos jarayonlar kechadi. Bu davr uchun daryo oqimini hisoblashda quyida bayon etilgan bir qancha usullardan foydalaniladi: 1. Interpolyatsiya usuli. Bu usul amalda ko'proq qo'llaniladi. Buning uchun qish davrini ifodalovchi kompleks grafik chiziladi. Grafikda atmosfera yog'inlari (x), havo harorati (t), suvsathi (H) va suv sarfining (Q) davriy o'zgarishlari aks ettiriladi. Suv sarfiga tegishli bo'lgan chizmani chizishda qish davrida nechta suv sarfi o'lchangan bo'lsa, shuncha nuqtani joylashtiramiz. 2. Qishki o'tish koeffitsiyenti (Kqish) asosida daryo oqimini hisoblash. Bu usulda dastlab muzlash hodisalari bo'lmagan davr uchun suv sarfi Q bilan suv sathi H orasidagi bog'lanish grafigi chiziladi. So'ng shu grafika qish davrida o'lchangan suv sarflari tushiriladi. Tabiiyki, bu nuqtalar muzlash hodisasi tufayli grafikning chap tomoniga joylashadi. Grafik asosida qishki o'tish koeffitsiyentini (Kqish) aniqlaymiz: KqishQqishQegrch. Grafikda suv sathining yagona qiymatiga suv sarfining ikki xil qiymati to'g'ri keladi. Yuqoridagi ifodada keltirilgan Qqish va Qegrch larning qiymatlari shu gafikdan aniqlanadi. So'ng qishki o'tish koeffitsiyenti (Kqish) uchun xronologik grafik tuziladi. Suv sathining qish davrida kuzatilgan qiymatlari asosida egrichiziqdan suv sarflarini aniqlaymiz. Aniqlangan suv sarfi Q ni qishki o'tish koeffitsiyentiga ko'paytiramiz: QqishQK. Z. Qishki vaqtinchalik Qf (H) bog'lanish egri chiziqlarini chizish usuli. Bu usul amalda yirik daryolarda suv yuzasi muz bilan to'la qoplangan davrlar uchun qo'llaniladi. 4. Muz parchalarining ta'siri natijasida hosil bo'lgan dimlanish hodisasini qirqish usuli. 5. Moslashgan suv sathi grafigiga asoslanib, daryo oqimini hisoblash usuli. Loyqa oqiziqlar oqimini hisoblash Yuqoridagi mavzularda qayd etilganidek, daryolarning loyqa oqiziqlari ikki turda bo'ladi. Shunga bog'liq holda ularni o'lchash va hisoblash usullari ham turlichadir. Ushbu mavzuda muallaq hamda o'zan tubi oqiziqlari sarfini o'lchash, oqiziqlar oqimini hisoblash usullari yoritiladi. Daryolarning loyqa oqiziqlarini o'lchash va hisoblashdan asosiy maqsad suv xo'jaligi inshootlarini loyihalash, qurish va ularni ekspluatatsiya qilishda zarur bo'lgan tegishli ma'lumotlar bilan ta'minlashdir. Shu maqsadni amalga oshirish uchun oqiziqlar oqimi hisoblanadi, ularning yil davomida vayillararo o'zgarish qonuniyatlari o'rganiladi. Daryolar loyqa oqiziqlarining asosiy tashkil etuvchilaridan biri-muallaq oqiziqlar muntazam ravishda reja asosida o'lchab boriladi. O'lchashlar soni yil davomida tekislik daryolarida 20 dan kam, tog' daryolarida esa 30 dan kam bo'lmasligi kerak. Daryolarda to'lin suv va toshqin davrlarida o'lchashlar soni ko'paytiriladi. Kam suvli davrda esa har oyda kamida bir marta o'lchanishi zarur. Daryolarda muallaq oqiziqlarni o'lchash vaqtida albatta suv sarfi ham o'lchanadi. Suv sarfini o'lchash vaqtida qanday ishlar bajarilsa, muallaq oqiziqlarni o'lchash vaqtida ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.44 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.44 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga