Qishloq aholi manzilgohlari Reja: Qishloq joylar geografiyasi Qishloq joylarni vujudga kelishi Qishloq joylarni geografik o'rganish Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili davlat dasturining geografik jihatlari Qishloq joylar shahar va shaharchalardan tashqaridagi hududlar bo'lib, ularda qishloq xo'jaligida muntazam foydalanadigan yerlar hamda doimiy aholi manzilgohlari (punktlari) mavjud bo'lishi kerak. Demak, qishloq joylar geografik kartada areal, maydon ko'rinishida, qishloq aholi punktlari esa ular ichidagi nuqtasimon shakldagi jamiyatning ijtimoiy-hududiy tashkil etish birligi hisoblanadi. Qishloqlar shaharlarga qaraganda aholi yashash joyining qadimiyroq shaklidir. To'g'ri, qadimda dastlabki aholi manzilgohlari shahar yoki qishloq deb atalmagan. Qishloqlarning vujudga kelishi ijtimoiy mehnat taqsimoti sug'orma dehqonchilik madaniyati rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Sug'orma dehqonchilik avvallari tabiiy suv oqimidan foydalangan holda olib borilgan, keyinchanlik sug'orish inshootlari (to'g'on, kanal va b.) va vositalari (chig'iriq) asosida rivojlangan. Albatta, bunday inshootlar yoki hozirgi zamon tili bilan aytganda, irrigatsiya infratuzilmalarini yaratish, qo'riqlash va ulardan foydalanish keng jamoatchilik mehnatini, aholini bir joyda va birgalikda yashashini taqozo etgan. Shunday qilib, jamao (sotsium), kishilarning hududiy birligi, turg'un aholi mazilgohlari paydo bo'lgan. Sug'orma dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi, shu asosda hunarmandchilik va savdoning rivojlanib borishi natijasida ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining navbatdagi muhim bosqichi boshlangan. Jamiyat hayotdagi bunday o'zgarishlar qishloqlardan shaharlarning ajralib irrigatsiya infratuzilmalarini yaratish, qo'riqlash va ulardan foydalanish keng jamoatchilik mehnatini, aholini bir joyda va birgalikda yashashini taqozo etgan. Shunday qilib, jamao (sotsium), kishilarning hududiy birligi, turg'un aholi mazilgohlari paydo bo'lgan. Sug'orma dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi, shu asosda hunarmandchilik va savdoning rivojlanib borishi natijasida ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining navbatdagi muhim bosqichi boshlangan. Jamiyat hayotdagi bunday o'zgarishlar qishloqlardan shaharlarning ajralib chiqishiga va rivojlanib borishiga sabab bo'lgan. Aynan shu davrdan boshlab ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining ikki shakli, ya'ni qishloqlar va shaharlar vujudga kelgan. E'tirof etish joizki, shaharlar qishloqlardan ajralib chiqqan, aksincha emas. Binobarin, aytish mumkinki, dastlabki shaharlarning kelib chiqishi qishloqlar bilan bog'liq bo'lgan. Shu bois, Yer yuzasining eng qadimiy shaharlari ham aynan Yaqin Sharq, hozirgi Isroil, Iordaniya, Suriya mamlakatlari hududida shakllangan. Qishloqlarning bunday evolyusion tarzda paydo bo'lishi va rivojlanishi L.I. Mechnikovning daryo (sug'orma dehqonchilik) sivilizatsiyasi yoki madaniyati konsepsiyasiga muvofiq yuz bergan. Shu nuqtai-nazardan Sharq tarixi, madaniyatini qishloq va shaharlarning ajralmas birligi deb ta'riflashgan. Boshqa hududlarda esa, qishloqlarning vujudga kelishi makon va zamon jihatidan farq qilib, o'zgacha amalga oshgan. Bizning sharoitimizda qishloqlar qishlov ma'nosini anglatsa ajab emas. Chunki, yaqin o'tmishda ham mahalliy xalq yozgi va kuzgi dala ishlarini (bog'dorchilik, chorvachilik, dehqonchilikni) tugatgach, qishni yig'ilgan don, meva, o'tish va boshqa zaruriy mahsulotlar bilan o'tkazish uchun qishloqlarga qaytishgan (Rossiyaning dasht mintaqalarida dehqonchilik rivojlangan hududlarida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.15 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.15 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: doc