Qishloq joylari aholisining o'sish xususiyatlari hamda aholisining takror barpo bo'lishi

Qishloq joylari aholisining o'sish xususiyatlari hamda aholisining takror barpo bo'lishi

O'quvchilarga / Geografiya
Qishloq joylari aholisining o'sish xususiyatlari hamda aholisining takror barpo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Qishloq joylari aholisining o'sish xususiyatlari hamda aholisining takror barpo bo'lishi Reja: 1. Qishloq joylar demografiyasi va uning demografik vaziyati 2. Qishloq aholisi va uning tabiiy ko'payishi ( tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari ) 3. Qishloq aholisi migratsiyasi va tarkibi Qishloq joylar o'ziga xos hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo'lib, ular aholi va ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga ko'ra shahar joylardan farq qiladi. Odatda, qishloq joylar ularning negizi bo'lgan qishloq aholi punktlarining yoki, qisqacha aytganda, qishloqlarning bevosita ta'sir hududi, doimiy aholi yashovchi va qishloq xo'jaligida foydalanadigan yerlardan tashkil topadi. Demak, qishloq aholi istiqomat qiladigan manzil, qishloq joylar esa, shu manzil va uning atrofidan iborat. Qishloq joylarda demografik vaziyat shahar joylarga qaraganda ancha barqaror, keskin o'zgarmaydigan bo'ladi. Shaharlarda boshlangan yangi demografik jarayonlar, masalan, tug'ilishning kamayishi, nikohga kiruvchilar yoshining pasayishi qishloqlarga birmuncha kechroq kirib keladi va nisbatan uzoqroq muddatda bu holat saqlanib qoladi. Shu ma'noda shahar har qanday yangilikni tez qabul qiladi va tez o'zidan tarqatadi, qishloq esa bu yangiliklarni asta-sekin qabul qiladi va ularni ancha vaqt saqlab qoladi. O'zbekiston sharoitida qishloqlar aholisi asosan tub millat vakillaridan iborat bo'lib, ular o'ziga xos urf-odat, milliy an'ana va qadriyatlarga, mentalitetiga ega. Aynan shu xususiyatlar, shuningdek, qavm-qarindoshlik, qo'shnichilik, ko'pbolalik kabilar demografik jarayonlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu joylarda mahalla va guzarlar katta ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Aytish mumkinki, O'zbekiston va umuman sharq mamlakatlari hayotida qishloqlar muhim rol o'ynagan. Sug'orma dehqonchilik va unga mos madaniyat (sivilizatsiya), ilmu-fan, savdo, hunarmandchilikning rivojlanishi, qishloq va shaharlarning genetik va funksional jihatdan ajralmas birligi o'lkamiz tarixi uchun xos bo'lgan xususiyatlardir. Shu o'rinda ta'kidlash mumkinki, hozirgi O'zbekistonning milliy iqtisodiyoti, halqi, an'analari, ijtimoiy hayoti eng avvalo ko'p sonli qishloqlarga va qishloq aholisiga bog'liq. Umuman olganda, Respublika qishloq aholisi shahar aholisiga nisbatan sustroq ko'payib borgan. Quyidagi statistik raqamlar O'zbekiston jami va qishloq aholisi to'g'risida tegishli ma'lumot beradi. -jadval O'zbekiston Respublikasi aholisi (ming kishi hisobida) Manba: O'zR Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar turli davrlarda shahar va qishloq aholisining turlicha ko'payib borganligini ko'rsatadi. Masalan, 1939-1959 yillarda jami aholi soni 127,9 foizga, shaharliklar 185,6 va qishloq aholisi 108,5 foizga o'sgan. 1959-1970 yillarda bu raqamlar, mos holda, 145,3; 158,4 va 141,3 foizni tashkil qilgan. Respublikamiz demografik tarixida aynan shu davr o'zining yuqori ko'rsatkichlari bilan ajralib turadi; bu davrda o'rtacha yillik ko'payish jami aholi bo'yicha 3,45, shahar aholisi 4,25 va qishloq joylarda 3,20 foizdanga barobar bo'lgan. 1970-1979 yillarda shahar aholisi 146,9 foizga, qishloq aholisi 120,9 foizga va jami aholi 130,4 foizga ortgan; o'rtacha yillik ko'payish 3,90; 2,10 va 2,70 %. Keyingi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.43 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.43 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga