Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida iqlim, suv va boshqa resurslarning ahamiyati

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida iqlim, suv va boshqa resurslarning ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida iqlim, suv va boshqa resurslarning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida iqlim, suv va boshqa resurslarning ahamiyati Reja: Qishloq xo'jaligini o'rganishning iqtisodiy geografik asoslari. Qishloq xo'jaligining o'ziga xos rivojlanish va hududiy tashkil etish shakllari. Qishloq xo'jalik tarmoqlarini joylashtirishda tabiiy omillarning ahamiyati. Qishloq xo'jaligi jamiyat rivojlanishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining dastlabki shakllaridandir. Shuning uchun bo'lsa kerak yer yuzidagi eng qadimiy madaniyat o'choqlari Nil daryosining quyi qismi, Mesopotamiya, Hind-Gang past tekisligi, Xuanxe vodiysi, Movarounnahr va boshqalar sug'orma dehqonchilik bilan bog'liq bo'lgan. Xo'jalikning bu turi esa o'z navbatida jamiyat taraqqiyoti, aniq fanlar rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan. Avvallari dehqonchilik mashg'uloti bevosita quruq iqlimli mintaqalardagi daryolar va ularning faoliyati asosida olib borilgan. Bunga Nil daryosi yaqqol misol bo'la oladi. Gerodot Misr-Nil daryosining tuhfasi, sovg'asi deb aytgan. Chindan ham yer sharidagi eng uzun bo'lgan bu daryo o'zining bor kuchini, tabiiy qudratini o'zining serhosil allyuvial yotqiziqlari bilan vujudga keltirgan deltasida namoyon qilgan. Bu esa dehqonchilikni rivojlantirishga qulay imkoniyatlar yaratgan. Xuddi shunga muvofiq biz Xorazm Amu yoki Oks daryosining sovg'asi, natijasidir, deb ta'riflashimiz mumkin. Bu qadimiy o'lkada dastlabki sug'orish inshootlarining joriy etilishi, aniq fanlarning rivojlanish boisi ham shunda. Qishloq xo'jaligini o'rganish iqtisodiy geografiyaning to'ng'ich yo'nalishidir. Shu bois ko'pgina mamlakatlarda, jumladan, O'zbekistonda ham iqtisodiy geografiyaga oid tadqiqotlar tarixi qishloq xo'jaligini o'rganishdan boshlanadi. Iqtisodiyotning sohasi- qishloq xo'jaligi o'ziga xos rivojlanish va hududiy tashkil etish xususiyatlariga ega. Ular quyidagilar: Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi, uning rivojlanish va joylanishiga, eng avvalo, tabiiy-agroiqlimiy, tuproq sharoitlarining kuchli ta'sir etishi; Qishloq xo'jaligi iqtisodiy samaradorligining sanoatga nisbatan ancha pastligi, mehnat va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning uncha unumli emasligi; Mazkur tarmoqning hududiy tashkil etish shakli xaritada areal ko'rinishda bo'lib, unda yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lib xizmat qilishi; Sanoat ishlab chiqarishida uning tarmoqlari hududiy jihatdan tashkil qilinsa, qishloq xo'jaligida yerning o'zi turli tarmoqlar uchun tashkil etiladi; Geografiyaning tadqiqot obyektlari orasida qishloq xo'jaligini kartaga tushirish, kartalashtirish imkoniyatlari juda keng. Binobarin, ushbu soha kartada sanoat yoki shaharlar singari yaqqol ko'zga tashlanmasada, ularga ko'ra geografiyroq va hududiyroqdir; Qishloq xo'jaligida rayonlashtirish ko'proq hududni rayonlashtirish bilan bog'liq bo'lib, u mamlakat maydonining deyarli barcha qismlarini qamrab oladi. Shu bilan birga rayonlashtirish faqat hudud va qishloq xo'jaligining u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvigagina emas, balki urug'chilik va meva navlarini o'rinlashtirishga nisbatan ham amalga oshiriladi. Ya'ni ular joyning tuproq, iqlim, yer-suv va boshqa sharoitlarini hisobga olib keladi, o'stiriladi. Agrar sohada ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etilishidagi shakllar, ayniqsa, hududiy mujassamlashuv va kombinatlash nisbatan kam rivojlangan; Mulkchilikning turli shakllari ko'p ukladli iqtisodiyot qishloq xo'jaligida kengroq tarqalgan, bu sohani xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish imkoniyatlari ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.91 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.91 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga