Respublika iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy tamoyillari Reja: 1. Respublikada qishloq xo'jaligini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar 2. Qishloq xo''jaligini isloh qilishning huquqiy asoslari 3. Qishloq xo'jaligida tashkil topgan bozor infratuzilmasining dastlabki ko'rinishlari 4. Qishloq xo'jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar Bugungi kunda qishloq xo'jaligining iqtisodiyotimizda o'rni benihoya katta. Hozir agrar tarmoq yalpi ichki mahsulotning 14 qismini ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimiz ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ortig'i muayyan tarzda qishloq xo'jaligi bilan bog'liq. Qishloq xo'jalik mahsuloti mamalakatga valyuta tushumlarining 55 foizdan ortig'ini ta'minlaydigan muhim eksport vositalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholisi katta qismini balki butun Respublika ahlining turmush darajasi uning moddiy farovonligi qishloq xo'jaligidagi ishlarning ahvoliga, uni rivojlantirishning tezkorligi va samaradorligiga bog'liq. Mamalakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 2007 yilda 9,5 foizni tashkil etdi, ishlab chiqarish hajmi sanoatda 12,1 foizga, qishloq xo'jaligida 6,1 foizga oshdi. Qishloq xo'jaligini isloh qilish bo'yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda qishloq xo'jaligi tubdan o'zgardi. Shirkatlarni fermer xo'jaliklariga aylantirish jarayoni amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xo'jaliklari o'z mohiyatiga ko'ra qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali rivojlantirishni ta'minlaydigan yetakchi kuchga aylandi. Hozirgi kunda Respublikamizda 215 mingdan ortiq fermer xo'jaligi faoliyat yuritmoqda ularda 1,6 mln kishi yoki sohada band bo'lgan aholining qariyb 90 foizi mehnat qilmoqda, qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining qariyb 85 foizi ana shu xo'jaliklar hissasiga to'g'ri keladi. O'tgan yili mamlakatimiz bo'yicha tayyorlangan yalpi paxta hosilining 99 foizi, g'allaning 82 foizi fermer xo'jaliklari tomonidan yetishtrildi. Yurtimizda tayyorlanayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida fermer va dehqon xo'jaliklarining ulushi salkam 94 foizni tashkil etmoqda. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligi ekinlaridan, birinchi navbatda paxta va g'alladan eng yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi keskin ko'paygani dehqonchiligimizdagi tub sifat o'zgarishlarining samarasidir. 2007 yil paxta xom ashyosini yetishtirish 3 mln 650 ming tonnadan, yalpi g'alla hosili esa 6 mln 250 ming tonnadan oshib ketdi. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlabog' davlatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilishga jiddiy etibor qaratdi. Birinchidan Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslari barpo etildi. Mustaqillikning dastabki yillarida qabul qilingan Yer to'g'risidagi, Koperatsiya to'g'risidagi, Ijara to'grisidagi, Dehqon xo'jaliklari to'g'risidagi va boshqa bir qator qonun va hujjatlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari qishloqda yangi huququiy munosabatlarni joriy etish, ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlikni, fermer va shaxsiy tomarqa xojaliklarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Ikkinchidan Qishloqda xo'jalik yuritish mexanizmining mutlaqo yangi asoslari: qishloq xo'jaligini moliyaviy ta'minlash va sug'o'rtalash, ishlab chiqarilgan mahsulot ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:03 ]
Arxiv ichida: doc