Qishloq xo'jaligida iqtisodiy ijtimoiy omillarning ahamiyati

Qishloq xo'jaligida iqtisodiy ijtimoiy omillarning ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy ijtimoiy omillarning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligida iqtisodiy ijtimoiy omillarning ahamiyati Reja: Qishloq xo'jaligi tarmoqlarini joylashtirishda hisobga olinadigan qonuniyatlar. Qishloq xojaligini hududiy tashkil etishda iqtisodiy ijtimoiy omillarnng ahamiyati. Qishloq xo'jaligini ixtisoslashtirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni yanada takomillashtirishni, Respublika va ma'muriy-hududiy birliklar xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini ixtisoslashtirish hamda majmuali taraqqiyotni ta'minlashni, mehnat resurslaridan shuningdek tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanishni, hududiy rejalashtirish hamda xalq xo'jaligini boshqarish, tarmoq tamoyilining oqilona uyg'unlashuvini talab etadi. Mazkur muammolarning ijobiy hal etilishi ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish va joylashuvini yaxshilashga, ijtimoiy, mehnat hamda tabiiy resursladridan yanada to'laroq foydalanishga, qishloq xo'jalik ishlab chiqarish tarmoq tarkibini takomillashtirishga, takror ishlab chiqarishni yuqori darajasini ta'minlashga imkon yaratadi. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish va ixtisoslashtirish yer, mehnat resurslari, asosiy hamda aylanma fondlardan samarali foydalanish imkoniyatini berish bilan bir qatorda ijtimoiy mehnat samaradorligini, yalpi mahsulot hajmining ortishini va shuningdek qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining o'sish sur'atlarini jadallashtirishni ta'minlaydi. Mustaqillik va bozor iqtisodiyoti sharoitida dehqonchilik hamda chorvachilik tarmoqlarini oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvini takomillashtirish ilmiy asoslangan amaliy ko'rsatmalar ishlab chiqarishni tarixiy zarurat sifatida ilgari surdi. Bu esa qishloq xo'jaligida istiqbolli yo'nalishini aniqlashda, uning ishlab chiqaruvchanlik xususiyatini yanada belgilab beruvchi almashlab ekish usullarini joriy etishda, maydon birligidan hosil qilinadigan ekologik jihatdan toza mahsulot miqdorini oshirishda muhim o'rin tutadi. Ma'lumki ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning umumiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat: -iqtisodiy rayonlar tabiiy va mehnat resurslarini maksimal darajada ishlab chiqarishga jalb etish; -xom ashyoni ishlab chiqarishda, qayta ishlash hamda tayyor mahsulotni qayta ishlashda mehnatni har tomonlama iqtisod qilish; -iqtisodiy rayonlarning majmuali taraqqiyotini va ularning to'g'ri ixtisoslashuvini ta'minlash; -ayrim rayonlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish; -mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash; Ilmiy texnika inqilobigina qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensivlash jarayoniga hal etuvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining bironta tarmog'i ham ilmiy tadqiqotlardan tashqarida rivojlana olmaydi, qishloq xo'jalik taraqqiyotiga ko'maklashadigan bironta tadbir ham ilmiy tadqiqotlardan chetda qolmaydi. Bu gap texnika, mexanika, iqtisod, seleksiya va qishloq xo'jaligi bilan an'anaviy aloqada bo'lgan boshqa sohalargina emas, balki fandagi yangi yo'nalishlarga ham taalluqlidir. Xususan, xo'jalikka fan-texnika yutuqlarini joriy etibgina qolmay, foydalaniladigan har gektar yerdan barqaror va doimo ortib boradigan hosil olish, shuningdek, butun bir tadbirlar majmuasini amalga oshirsa bo'ladi.Qishloq xo'jaligida fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish jarayonlarining barcha elementlarini sifat jihatdan takomillashtirishni talab etadi. Dehqonchilikning barcha tarmoqlarini, chorvachilikni kompleks mexanizatsiyalashtirish, dehqonchilik va chorvachilikka ilg'or texnologiyani joriy etish, xo'jalik jihatdan qimmatli, foydali sifatlarga ega bo'lgan yangi nav o'simliklar va mol zotlarini yaratish ham shu jumlaga kiradi. Ma'lumki, iqtisodiyot tarmoqlari ichida eng qadimiysi qishloq xo'jaligidir. Uning evolyutsion ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.12 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.12 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga