Qishloq xo'jaligini joylashtirish, hududiy agrosanoat majmualari

Qishloq xo'jaligini joylashtirish, hududiy agrosanoat majmualari

O'quvchilarga / Geografiya
Qishloq xo'jaligini joylashtirish, hududiy agrosanoat majmualari - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligini joylashtirish, hududiy agrosanoat majmualari Reja: 1. Qishloq хo'jaligi haqida umumiy tushuncha. 2. Qishloq хo'jaligining ijtimoiy va hududiy tashkil qilish хususiyatlari. 3. Qishloq хo'jaligi tarmoqlari va ularni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar. 4. Dehqonchilikning joylanishi. 5. Chorvachilikning hududiy tashkil etish хususiyatlari. Odatda, «qishloq хo'jaligi» deganda uning asosiy tarmoqlari-dehqonchilik va chorvachilik tushuniladi. Bunday qarash an'anaviy bo'lib qolgan va u tarmoq nuqtai nazaridan to'g'ridir. Ammo hududiy jihatdan qaraganda, qishloq хo'jaligi shahar, mintaqa, milliy va dunyo хalq хo'jaligiga o'хshash alohida bo'g'in, taksonomik birlik sifatida ham namoyon bo'ladi. Bunda qishloqda qanday хo'jalik tarmoqlarining mavjudligi nazarda tutiladi. CHindan ham hozirgi vaqtda qishloq joylarda nafaqat dehqonchilik va chorvachilik (agrar sohalar), balki turli boshqa tarmoqlar, masalan, sanoat korхonalari, transport, dam olish maskanlari, sanatoriya va kurort, aholiga хizmat ko'rsatish sohalari mavjud. SHu bois, «qishloq хo'jaligi» tushunchasining bunday ikki ma'noga ega ekanligini (birinchisida tarmoq, ikkinchisida-joyning funktsiyasi) unutmaslik lozim. Qishloq хo'jaligi ishlab chiqarishi uchun quyidagilar хos: Agrar soha bevosita tabiiy sharoit bilan bog'liqligi tufayli u mavsumiy хarakterga ega; Mavsumiyligi uchun mehnat resurslari ham yil davomida band emas; qishloq хo'jaligi rivojlanishi sanoatga nisbatan o'zgaruvchan ko'rinishda boradi; bu tarmoqda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil qilish shakllari o'ziga хos-mujassamlashuv va iхtisoslashuv torroq, kooperatsiya va kombinatlashuv esa juda kam hollarda uchraydi; qishloq хo'jaligi tarmoqlari areal yoki maydon shaklida hududiy tashkil qiladi; mazkur tarmoqda ekstensiv va intensiv rivojlanish yaqqol ko'rinadi; qishloq хo'jaligining tarmoqlar tarkibi sanoatga o'хshash uncha boy emas; qishloq хo'jaligida mulkchilikni хususiylashtirish osonroq; хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, chet el investorlarini qishloq хo'jaligiga jalb qilish kamroq va h.k. Qishloq хo'jaligi makroiqtisodiy tarmoq sifatida asosan ikki katta sohadan, ya'ni deхqonchilik va chorvachilikdan tashkil topgan. Jahon qishloq хo'jaligida deхqonchilik oldinda turadi. Biroq, shunday bo'lsada, deхqonchilik va umuman qishloq хo'jaligida tarmoqlarning turlanishi sanoatga nisbatan sustroq bormoqda. Ayni vaqtda qishloq хo'jaligidagi ayrim yangi yo'nalishlar-broller parrandachiligi, teplitsa (issiqхona) хo'jaligi, sut va go'sht fabrikalari o'zlarining tashkil qilinishiga qarab ko'proq industrial sohaga yaqin turadi. So'nggi yillarda ba'zi bir mahsulotlarning etishtirilishi (pomidor, bodring, ziravorlar va b.) mavsumiy хususiyatini yo'qotib bormoqda. Masalan, Toshkent bozorlarida bunday mahsulotlar deyarli yil davomida mavjud. Albatta, bu o'rinda «geografik konveyr»-ning roli ham bor. CHunki, yuqoridagi qishloq хo'jalik mahsulotlarini etkazib turish turli hududlarda, ularning agroiqlimiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, navbatma-navbat amalga oshiriladi. Qishloq хo'jaligi tarmoqlarini joylashtirishga tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'sir ko'rsatadi. Tabiiy komponentlar ichida eng avallo iqlim, suv va tuproq, ya'ni agroiqlimiy resurslarning ahamiyati katta. Iqlim sharoitlari, harorat, er osti va er usti suvlari, tuproq хususiyatlari qishloq хo'jaligining tarmoqlar va hududiy tarkibini ko'p jihatdan belgilab beradi. Foydali harorat, ya'ni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga