Qizilqum cho'li haqida ma'lumot

Qizilqum cho'li haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Qizilqum cho'li haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Qizilqum cho'li Reja: Kirish Qizilqum cho'lining geografik o'rni Qizilqum cho'lining geologic tuzilishi Qizilqum iqlimi va ichki suvlari Tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi Qizilqum tabiatini himoya qilish chora tadbirlari Xulosa Adabiyotlar Qizilqum Turon tekisligidagi eng katta cho'llardan biri bo'lib, asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgandir. O'zbekiston hududida Qizilqum cho'lining joylashgan qismi Qizilqum okrugiga kiradi. Shimoli-g'arbda Qizilqum okrugi Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho'l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g'arbi Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog'iston bilan bo'lgan davlat chegarasiga to'g'ri keladi. Cho'lning Qizilqum dеb atalishiga sabab, uning ko'p qismini egallab yotgan qumlar rangining qizilligidir. Qizilqumda qadimgi qoldiq past tog'lardagi qizg'ish jinslarning nurashidan qosil bo'lgan qoldiq qumlar ko'p yеrda qizil rangga ega. Qizilqumning janubiy qismida esa qumlar rangi to'q, kul rang. Bu qumlar Zarafshon daryosi olib kеlgan yotqiziqlardan qosil bo'lgan, qizil tuproqlar bilan aralashmagan. Qizilqumning maydoni 300 ming km2. Okrug janubi-sharqdan shimoli-g'arbga qarab pasayib boradi. Uning o'rtacha mutlaq balandligi 200-300 m bo'lsa, janubi-sharqda 350-400 m, shimoli-g'arbda esa 90-100 m ga tushib qoladi. Qizilqum okrugi relyef jihatidan bir xil emas. Uning ko'pchilik qismini mutlaq balandligi 200 m gacha bo'lgan qumli tekisliklar ishg'ol qiladi Bu yerda botiqlar, tekisliklar, yassi platolar va qoldiq tog'lar mavjud. Tekisliklarning ko'pchilik qismini allyuvial sochilma qumlar ishg'ol qilib, asosan, eol relyef shakllari - qum marzalari (nisbiy balandliklari 15-20 m, maksimal balandliklari 60-70 m gacha), do'ng qumlar, kamroq esa barxanlar mavjud. Qum marzalari ko'proq meridional yo'nalishga ega bo'lib, o'simliklar bilan mustahkamlangan. Do'ng qumlari Qizilqumning markaziy qismlarida mavjud, ular ham mustahkamlangan. Barxanlar Qizilqum okrugida nisbatan kam bo'lib, ular aholi yashaydigan joylarda, quduqlar atrofida, Amudaryo sohillarida ko'proq joylashib, ularning harakatga kelishi insonlarning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq. Qizilqum okrugida marza qumlar orasidagi past joylarda taqirlar uchraydi, ammo ular kam. Taqirlar bahorda suv bilan qoplanib, yozga borib suv bug'lanib ketib, qurib, usti qotib yorilib ketadi. Qizilqum okrugining markaziy qismida bir necha berk botiqlar joylashgan. Botiqlar Qizilqumning markaziy qismidagi qoldiq tog'lar orasida tektonik botiqlar mavjud. Botiqlarning tagi qumdan iborat bo'lib, ustki qismi taqir yoki sho'rxoklardan iborat. Bu botiqlarning eng kattalari Bo'kantog'ning janubida dengiz sathidan 12 m pastda joylashgan Mingbuloq, Yetimtog'ning januby-sharqida joylashgan Mullali, Ovminzatog' bilan Qazaxtog' orasida joylashgan Qoraxotin, Quljatog'ning janubi-sharqida joylashgan Oyoqog'itma botiqlaridir. Bu botiqlarning har birining bo'yi 40-50 km ga yetadi. Qizilqum okrugining markaziy qismidagi platolardan ko'tarilib turgan paleozoy qoldiq tog'lari eng qadimiy quruqlikka aylangan qismi hisoblanadi. Bu tog'lar juda ham yemirilib ketgan bo'lib, mutloq balandliklari 922 m dan oshmaydi. Bu tog'larning eng muhimlari Quljuqtog' (Irlir cho'qqisi 764 m), Yetimtog' (568 m), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.01 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.01 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga