Qizilqum iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi

Qizilqum iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Qizilqum iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 61-mavzu: Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi Qizilqum iqlimi kontinental bo'lib, qishi sovuq, yozi issiq, quruq, serquyoshdir. Qizilqumning shimoliy qismi ochiq bo'lganligi tufayli Arktika va Sibir sovuq va quruq havo massasi tez-tez ta'sir etib turadi. Natijada, qishda okrug sovib ketib, izg'irinli sovuqlar vujudga keladi. O'sha vaqtlarda harorat -31 -35°C gacha pasayadi. Lekin g'arbdan esuvchi nisbatan iliq va nam havo massasining kirib kelishi natijasida harorat ko'tarilib, yog'in yog'adi. Qizilqumda yanvarning o'rtacha harorati shimoliy qismida -5 -10°C, o'rta qismida -2 -4°C, janubida esa -1 -2°C. Okrug hududida yoz jazirama issiq, quruq, havosi ochiq bo'lib, iyulning o'rtacha harorati markaziy va janubiy qismlarida +30°C, qolgan qismlarida +26 +28°C. Eng issiq harorat +48°C ga yetadi. Lekin qumlar yuzasi +75 +80°C gacha qizib ketadi. Qizilqumda yog'in juda kam tushib, yillik yog'in miqdori 75 -100 mm atrofida bo'ladi. Yog'inning asosiy qismi bahorda (yillik yog'inning 48 foizi) va qishda (30 foiz) tushadi. Lekin mumkin bo'lgan bug'lanish 100 -1500 mm ga yetadi. Qizilqum iqlimining quruq bo'lganligi, qumliklarning ko'pligi tufayli doimiy oquvchi suvlar yo'q. Faqat uning janubi g'arbidan tranzit Amudaryo oqib o'tadi. Lekin bahorda yog'in ko'p yog'ganda, qorlar eriganda qoldiq tog'larda vaqtli soylar vujudga kelib, so'ngra qurib qoladi. Aksincha, yerosti suvlari zaxirasi ko'p. Ma'lumotlarga ko'ra, yerosti suvlarining dinamik miqdori sekundiga 58-60 m3 ni tashkil etadi. Grunt suvlari yomg'ir va qor erishidan to'yinsa-da, bug'lanishning kattaligi tufayli sho'r. Mezozoy erasi va paleogen davr yotqiziqlari orasida bosimli, chuchuk suvlar mavjud. Shuningdek, paleozoy yotqiziqlari orasida mineral, termik suvlar aniqlangan. Qizilqumning tekislik qismida qumoq va qumli, tog'lari atrofida hamda janubi sharqida sur-qo'ng'ir, botiqlarida sho'rxok, sho'rxok-botqoq tuproqlar tarqalgan. Qizilqumda 600 dan ortiq o'simlik turlari mavjud. Ular ichida keng tarqalganlari bahorda o'suvchi efemer va efemeroidlar - rang, qo'ng'irbosh, yaltirbosh, lola, boychechak, chuchmoma, kavrak. Yozning boshlanishi bilan ular sarg'ayib qoladi, qurg'oqchilik va sho'rxok yerlarga moslashgan o'simliklar esa o'saveradi. Okrugning mustahkamlangan qumliklarida juzg'un, oq saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, qandim, selin kabi o'simliklar o'sadi. Sur-qo'ng'ir tuproqli yerlarda shuvoq, burgan, toshburgan kabilar tarqalgan. Okrugning sho'rxok, sho'rxok-botqoq yerlarida qorasaksovul, yulg'un, baliqko'z, sarisazan, taqirlarda donasho'r o'sadi. Amudaryo sohillarida to'qayzorlar bor. Qizilqumning qumli cho'llarida yumronqoziqlar, qum sichqoni, shalpangquloq, qo'shoyoq, kaltakesak, echkemar, o'qilon, qum bo'g'ma iloni, charxilon yashaydi. Sutemizuvchilardan cho'l mushugi, jayron, xongul, sayg'oq, bo'ri, tulki, quyon uchraydi. Hasharotlardan chayon, qoraqurt, falanga, chigirtkalar bor. Amudaryo sohillaridagi to'qaylarda to'ng'iz, qirg'ovul, qizil g'oz, xongul kabi hayvonlar yashaydi. Amudaryo sohillarida to'qay landshafti va u yerdagi hayvonlarni muhofaza qilish uchun Qizilqum qo'riqxonasi tashkil etilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga