Qizilqum orografik o'lkasi

Qizilqum orografik o'lkasi

O'quvchilarga / Geografiya
Qizilqum orografik o'lkasi - rasmi

Material tavsifi

Qizilqum orografik o'lkasi Reja: 1. Geografik o'rni 2. Qizilqum okrugining tekisligi 3. Amudaryo qayirlari va qirg'oqlari Turon tekisligidagi eng katta cho'llardan biri bo'lgan Qizilqum asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum okrugiga Qizilqum cho'lining O'zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi. Qizilqum okrugi shimoli-g'arbda Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho'l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g'arbi Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog'iston bilan bo'lgan davlat chegarasiga to'g'ri keladi. Qizilqum janubi-sharqdan shimoli-g'arbga qarab pasayib boradi. Uning o'rtacha mutloq balandligi 200-300 m bo'lsa, janubi-sharqda 350-400 m, shimoli-g'arbda esa 90-100 m ga tushib qoladi. Qizilqum okrugi yer usti tuzilishi jihatidan bir xil emas. Bu yerda botiqlar, tekisliklar, yassi platolar va qoldiq tog'lar mavjud. Lekin uning ko'pchilik qismini mutloq balandligi 200 m gacha bo'lgan qumli tekisliklar ishg'ol qiladi. Tekisliklarning ko'pchilik qismini allyuvial sochma qumlar ishg'ol qilib, asosan, eol relef shakllari qum marzalari, do'ng qumlar kamroq esa barxanlar mavjud. Qum marzalari ko'proq meridianal, yo'nalishga ega bo'lib, o'simliklar bilan mustahkamlangan Ularning nisbiy balandliklari 15-20 m, ba'zan esa maksimal balandliklari 60-70 m gacha yetadi. Qizilqumning markaziy qismlarida esa do'ng qumlari mavjud bo'lib, ular ham mustahkamlangan. Qizilqo'm okrugida barxanlar nisbatan kam bo'lib, aholi yashaydigan joylarda, quduqlar atrofida, Amudaryo sohillarida ko'proq joylashib, ularning harakatga kelishi insonlarning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq. Qizilqum okrugida taqirlar kam bo'lib, ular marza qumlar orasidagi past joylarda uchraydi. Taqirlar bahorda suv bilan qoplanib, yozga borib suv bug'lanib ketib, qurib, usti qotib yorilib ketadi. Qizilqum okrugining markaziy qismida bir necha berk botiqlar joylashgan. Botiqlarning tagi qumdan iborat bo'lib, ustki qismi taqir yoki sho'rxoklardan iborat. Botiqlar Qizilqumning markaziy qismidagi qoldiq tog'lar orasida tektonik botiqlar mavjud. Bu botiqlarning eng kattalari Bukantog'ning janubida dengiz sathidan - 12 m pastda joylashgan Mingbuloq, Jetimtog'ning janubi-sharqida joylashgan Mullali, Ovminzatog' bilan Qazaxtog' orasida joylashgan Qoraxotin, Kuljatog'ning janubi-sharqida joylashgan Oyoqog'itma botiqlaridir. Bu botiqlarning har birining bo'yi 40-50 km ga yetadi. Qizilqum okrugidagi eng qadimiy quruqlikka aylangan qismi bu uning markaziy qismidagi platolardan ko'tarilib turgan paleozoy qoldiq tog'laridir. Bu tog'lar juda ham yemirilib ketgan bo'lib, mutloq balandliklari 922 m dan oshmaydi. Bu tog'larning eng muhimlari Quljuqtog' (Irlir cho'qqisi 764 m), yetimtog' (568 m), Tomditog' (Otog' cho'qqisi 922 m), Ovminzatog' (635 m), Quljuqtog' (785 m), Qozaxtog' (394 m), Sulton Uvays tog'i (Ashitog' cho'qqisi 473 m). Shu sababli bu qoldiq toglar deyarli kenglik bo'ylab yo'nalib paleozoy erasining kristalli slaneo'lari, kvaro'li slaneo'lari va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ular orasida esa granit, diorit, granodiorit va boshqa otqindi jinslar ham uchraydi. Paleozoy qoldiq tog'lari keyinchalik asta-sekin yemiriladi, yemirilgan (nuragan) jinslar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:03 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga