Qoraqalpog'iston Respublikasi yer resurslari sifatiga tasir etuvchi asosiy omillar

Qoraqalpog'iston Respublikasi yer resurslari sifatiga tasir etuvchi asosiy omillar

O'quvchilarga / Geografiya
Qoraqalpog'iston Respublikasi yer resurslari sifatiga tasir etuvchi asosiy omillar - rasmi

Material tavsifi

Qoraqalpog'iston Respublikasi yer resurslari sifatiga ta'sir etuvchi asosiy omillar Yer resurslarini baholash muammosi hozirgi kunda ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Yerlarni baholash muammosi fanlararo xususiyatga ega bo'lib, baholash tabiiy va antropogen omillarni o'rganishdan boshlanadi. Orol dengizi sathining pasayishi hududning litologik-geomorfologik tuzilishi va gidrogeologik xususiyatlariga bog'liq holda tabiiy sharoitning o'zgarishiga turlicha ta'sir ko'rsatadi (A. A. Rafiqov, 1984). Gruntda tuz to'planishi, grunt suvlari sifati ham hududning relyef, litologik, gidrogeologik kabi xususiyatlariga bog'liq. Dengiz sathining pasayishi bilan tabiiy va antropogen omillar ta'sirining kuchayishi yerlar sifatining yomonlashuviga sabab bo'lmoqda. Yer resurslari sifatining o'zgarishiga ta'sir ko'rsatuvchi tabiiy omillar dengizning qurishi bilan bog'liq holda quyidagilardan iborat: grunt suvlari sathi va uning kimyoviy tarkibi, shamol, suv eroziyasi, taqirlarning hosil bo'lishi, qurg'oqchilik kabilardan iborat Qoraqalpog'iston hududi relyefi asosan turli yoshdagi allyuvial-delta tekisliklaridan iborat bo'lib, gidrogeologik xususiyatiga ko'ra oqimsiz hudud hisoblanadi. Arid zonalarda yer osti oqimining yo'qligi natijasida gruntda tuz to'planishi sodir bo'lgan. (A. A. Rafiqov, G. F. Tetyuxin, 1981). Qoraqalpog'iston hududida grunt suvlari shakllanishining asosiy manbai irrigatsiya tizimlari va sug'orish hisoblanadi. Grunt suvlarining aksariyat qismida minerallashish darajasi yuqori bo'lib, yer yuzasiga yaqin joylashgan va ular hududda yerlar meliorativ holati yomonlashuvining asosiy omillaridan hisoblanadi. Sug'oriladigan yerlarning asosiy qismida grunt suvlari sathi 1 metrdan 3 metrgacha o'zgaradi. (1- jadval). 1- jadval Sug'oriladigan qishloq xo'jalik yer turlari bo'yicha yer osti suvlarining joylashishi (m.da) Jadvaldan ko'rinib turibdiki, Qoraqalpog'istonda sug'oriladigan yerlarning 465098 gektarida yoki 89,7 % da grunt suvlari sathi 1 metrdan 3 metrgacha bo'lgan chuqurlikda joylashgan. Sug'oriladigan yerlarda grunt suvlarining yer yuziga yaqin joylashganligi haroratning ko'tarilishi bilan bug'lanish jarayonida tuproqlarda tuz to'planishiga sabab bo'ladi. Bunday sharoitda sug'orishga va kollektor drenaj tizimlariga alohida e'tibor qaratish orqaligina yerlar sifatining o'zgarishiga qarshi kurashish mumkin. Yer resurslari sifatining o'zgarishida va tuproqlar hosildorligining pasayishida shamol eroziyasining ham ta'siri katta. Qoraqalpog'iston hududida shamol eroziyasi keng tarqalgan. Tuproqlarning shamol eroziyasiga uchrashi ko'p jihatdan ularning mexanik tarkibiga bog'liq (2- jadval). 2- jadval Sug'oriladigan tuproqlarning mexanik tarkibi (%) Jadvaldan ko'rinib turibdiki sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining 40 % i shamol eroziyasiga tez uchrovchi qumli, qumoqli, yengil qumoqli tarkibli tuproqlardan iborat. Yer resurslari sifatining o'zgarishi yuqorida ta'kidlaganimizdek, dengiz sathi pasayishi bilan ta'sir darajasi oshib ketgan tabiiy omillar bilan antropogen omillarning o'zaro ta'siri natijasida yanada murakkablashdi. Antropogen omillarning quyidagi turlarini ajratish mumkin: sug'orish, shunga bog'liq holda sho'rlanish va botqoqlashish; yangi sug'orish tizimlarining vujudga kelishi; monokultura; sanoat qurilishi; chorvachilik; yo'l qurilishi va boshqalar. Qoraqalpog'iston hududining tuproq qoplami O'zbekistonning boshqa hududlarida tarqalgan tuproq turlaridan tarkibida minerallarning ko'pligi va organik moddalarga kambag'alligi bilan ajralib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.18 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.18 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga