Qoraqalpog'iston Respublikasida aholining rivojlanish jarayonlari XX asrning oxiri O'zbekiston tarixiga alohida davr bo'lib kirdi. Mamlakat mustaqil taraqqiyot sari yuz tutib, ishlab chiqarish usulida bozor munosabatlariga asoslangan holda, xo'jalik yuritish shakllana boshladi. Bunday yangi iqtisodiy sharoitga o'tish Respublikaning barcha xududlaridagi ijtmoiy - iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga o'ziga xos ta'sir ko'rsatdi. Shu jumladan, bugungi kunda aholi dinamikasida va uning sifat jixatidan o'sish ko'rsatkichlarida ham bir qator o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Yuz berayotgan shu kabi o'zgarishlarni alohida geodemografik xususiyatlarga ega bo'lgan Qoraqalpog'iston xududida ham kuzatish mumkin. Bu o'lkaning maydoni 166,59 km2 bo'lib, O'zbekiston umumiy maydonining 37,1 foizini tashkil etadi. Statistik manbalarga ko'ra Respublika aholisi 2007 yil yanvar oyida 1582,7 ming kishiga yetdi. Bu ko'rsatkich O'zbekiston aholisining 5,9 foiziga tengdir. Qoraqalpog'istonning demografik rivojlanishiga nazar tashlansa o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, aholi soni muntazam ko'payib kelgan. Aholi sonining eng yuqori sur'at bilan o'sgan davri 1979 - 1989 yillarga to'g'ri kelib, ushbu davrda o'rtacha yillik o'sish 3,25 foizni tashkil etgan. Lekin, keyingi yillarda aholi soni dinamikasida keskin o'zgarish kuzatilib, 1991 - 2007 yillar mobaynida o'rtacha yillik o'sish 1,37 foizga tushdi. Ma'lumki, aholining demografik o'zgarish jarayonlari ikki muhim omilga: aholining tabiiy ko'payishi va migratsiyaga bog'liqdir. Qoraqalpog'istonda tug'ilish darajasi o'tish davrigacha yuqori bo'lib, uning umumiy koeffitsiyenti 39 - 40 promilleni tashkil etgan. Ammo keyingi 15 - 16 yil ichida esa har ming kishiga nisbatan tug'ilgan bolalar soni 14,6 promillega kamaygan. Tug'ilishning bunday tez kamayib ketishiga bozor munosabatlari sharoitiga bog'liq bo'lgan qator omillar sababdir. Qoraqalpog'iston Respublikasining demografik rivojlanish ko'rsatkichlari* Численность состав и движение населения: 1983 г. М. 1984г; социальное развитие и уровень жизни населения в Узбекистане 2006. Ташкент 2007 ст. - 45. Ularga bozor munosabatlariga o'tish davridagi iqtisodiy muammolar, oilaning iqtisodiy imkoniyatidagi o'zgarishlar, ayollarning ijtimoiy hayotdagi mavqeining oshib borishi, homiladorlikni oldini oluvchi vositalarning keng omma orasida tarqalishi va aholining reproduktiv maylining ko'p bolalikdan o'rtacha bolali (2 yoki 3 ta) oilalar tomon o'zgarishi kabilar kiradi. Ta'kidlash joizki, Qoraqalpog'istonning demografik rivojlanish dinamikasi ko'rsatkichlarida keyingi yillarda ijobiy jarayonlar ham kuzatilmoqda. Masalan, aholi o'limi 1979 - 2006 yillarda 36 foizga kamaygan. Bu jarayonda ayniqsa, go'daklar o'limining kamayishi bevosita ta'sir etuvchi omildir. Respublikada mustaqillik davrida go'daklar o'limi deyarli 3 barobarga kamayib, bunga onalar va bolalar salomatligini muhofaza etish bo'yicha davlat tomonidan olib borilgan chora - tadbirlar, aholining tibbiy - sanitariya borasidagi bilimlarining muntazam ravishda oshib borishi, tug'riqlar o'rtasidagi davrni saqlash orqali erishildi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, tug'ilishning yuqori fiziologik imkoniyat darajasida sodir bo'lishi, ayollarning reproduktiv davrida o'rtacha 15 - 16 marta homilador bo'lib farzand ko'rishi va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.36 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.36 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:04 ]
Arxiv ichida: doc