Qoraqalpog'istonda dehqonchilikni rivojlantirishning ayrim masalalari Qishloq xo'jaligi davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim tarmoq hisoblanib, uni hududiy jihatdan o'rganishda mavjud muammolarni tadqiq etish ahamiyatlidir. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining Amudaryo suvidan qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalanishini keskin darajada o'sishi, daryoning quyi qismida joylashgan Qoraqalpog'istonda suv tanqisligi muammosi kuchayib, salbiy oqibatlarga olib keldi. Bu vaziyat Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq xo'jaligi, ayniqsa uning asosiy tarmog'i bo'lmish qishloq xo'jaligining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois, ushbu muammolarni tahlil va tadqiq etish hozirgi kunning asosiy vazifalarining biriga aylandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida qishloq xo'jaligini rivojlantirishning takomillashgan davri 1960-1970 yillarga to'g'ri kelib, bu davrda ososiy masala paxta, sholi va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlaridan olinadigan mahsulotlar xajmini ko'paytirishga qaratildi. Bu xususda qator qarorlar qabul qilinib, ekin maydonlarini ko'paytirish, yangi yerlarni o'zlashtirish va sholikorchilikni rivojlantirish bo'yicha qator amaliy ishlar olib borilgan. 1960-1980 yillar mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasi Statistika bosh boshqarmasi ma'lumotlari bo'yicha, sholining ekin maydonlari 2,2 ming ga. - dan 61,8 ming ga.gacha, ya'ni 28 barobarga va undan olinadigan mahsulot xajmi esa 3,4 ming tonnadan 296,4 ming tonnagacha ko'paygan. 1970-1975 yillarda Qirqqiz, Jambasqal'a, Qumjiqqan kabi katta massivlar o'zlashtirilib, foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog'istonning shimoliy zonasida ixtisoslashgan sholikorchilik xo'jaliklari tashkil qilindi. Paxtachilik tarmog'i qishloq xo'jaligida asosiy tarmoq bo'lib, 1979-1983 yillarda paxtadan olinadigan jami mahsulot xajmi 440 ming tonnaga yetkazilgan. Ushbu davrda asosiy masala davlat rejalarini bajarishga qaratilgan bo'lib, suvdan unumli foydalanish va hosildorlikni ko'paytirishga oid tadbirlar esa ikkinchi o'ringa qo'yilgan edi. Foydalanishga topshirilgan, yangidan ochilgan yerlarning sifati juda past bo'lib, Orol dengizi sathining pasayib ketishi tufayli ekologik inqiroz sharoitida jami ekin maydonlari hosildorligi yil sayin pasaymoqda. Jumladan, 1990-yillardan boshlab Qoraqalpog'iston bo'yicha ekin maydonlari ko'lami sezilarli darajada kamaydi. Paxta va sholi ekin maydonlarining qisqarishi bilan bir qatorda ulardan olinadigan hosildorlik ham kamaya bordi. 1998-yilda paxtadan olinadigan hosildorlik Respublika bo'yicha eng past, ya'ni 10,6 sentnerni tashkil etdi. 2006-yilda paxtadan 19,1 va sholidan 24,4 sentnerdan hosil olindi. Jadval Qoraqalpog'iston Respublikasida 1990-2006 yillar mobaynida asosiy ekin maydonlari va hosildorligi Jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika bosh boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzildi. Keyingi yillarda Qoraqalpog'istonda qishloq xo'jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikning kamayib ketishini asosiy sabablari quyidagilar: Amudaryo suvining keskin kamayib borishi; hududda ekologik vaziyatning jiddiy tus olishi; ekin yerlar meliorativ holatining yomonlashib borishi; ekin yerlarni yaxshilashga qaratilgan davlat xarajatlarining kisqarib borishi; sug'orish tizimlari rekonstruksiya ishlari o'z vaqtida olib borilmayotganligi natijasida foydali ish koeffitsiyentining pasayishi va h.k. Qoraqalpog'iston bo'yicha dehqonchilikka yaroqli yer maydoni 1,6 mln.ga bo'lib, hozirgi kunda 500,0 ming ga. o'zlashtirilgan. Masalan, haydaladigan yerlar 420 ming ga. ni tashkil qiladi. Bu esa ekin maydonlarini uch ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.83 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.83 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:04 ]
Arxiv ichida: doc