Qoraqalpog'istonda O'rta Osiyodagi eng yirik gaz va kimyo kompleksi

Qoraqalpog'istonda O'rta Osiyodagi eng yirik gaz va kimyo kompleksi

O'quvchilarga / Geografiya
Qoraqalpog'istonda O'rta Osiyodagi eng yirik gaz va kimyo kompleksi - rasmi

Material tavsifi

Qoraqalpog'istonda O'rta Osiyodagi eng yirik gaz va ximiya kompleksi Qoraqlpog'istonda qurilayotgan Ustyurt gaz va ximiya kompleksining qurilishi uchun 3,9 milliard dollar mablag' sarflanadi. Ushbu loyiha hududda neft va gaz sohasidagi ishlab chiqarish imkoniyatlarini zamonaviylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu kompleks neft ximiyasi sohasidagi eng yirik loyiha bo'lib, nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham ko'lami bo'yicha tengsiz bo'lishi aytilmoqda. Bu kompleks orqali 2016 yildan boshlab, hududda yiliga 4,5 milliard kubometr tabiiy gaz qazib olinishi, 387 ming tonna yuqori sifatli polieetilin, 83 ming tonna polipropilen va 100 ming tonna ximiyalangan benzin ishlab chiqarilishi mumkin bo'ladi. Shuningdek, minglab yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari 2012 yilda boshlangan ushbu kompleksda ayni paytda ish suratlari tezlashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda Janubiy Koreyaning Kogaz, Lotte, STX Energy va mahalliy O'zbekneftgaz milliy xolding kompaniyalari hamkorlikda ish olib borishmoqda. Shu vaqtgacha 1,4 milliard dollar hajmidagi ishlar bajarib bo'lingan. Keyingi 1 yil davomida yana 2,5 milliard dollarlik ishlar qilinadi. Loyihani moliyalashtirishda Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Rivojlanish banki, Korea Finance Corporation, China Development Bank , ING (Niderlandiya), Germaniyaning KfW, Bayern LB, Siemens Bank nomli banklari, Shveytsariyaning Credit Suisse banki hamda Shvatsiyaning Nordea, SEC banklari ham ishtirok etishmoqda. xalqaro miqyosda nashr etiladigan Project Finance International nashri bu loyihani gaz va neft ximiyasi bo'yicha 2012 yilda ishlab chiqilgan eng yaxshi loyihasi deb etirof etgan. Trade Finance Magazine va Global Trade Review tomonidan esa, «2012 yilning eng yaxshi loyihasi» deb tan olingan. Shuningdek, Infrastructure Journal nashri bu loyihani 2014 yilning neft va gaz sohasidagi eng global loyihasi sifatida qayd etgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 454.5 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 454.5 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga