Qoraqalpog'istonning demografik rivojlanishi va malakali kadrlar tayyorlash tizimining ba'zi xususiyatlari Bozor munasabatlariga o'tish sharoitida Qoraqalpog'iston Respublikasi iqtisodiyotida ham keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida mehnat unumdorligini muttasil ravishda oshirib borish va aholi turmush darajasining yaxshilanishiga erishish ko'zda tutilgan. Shunday ekan, endilikda Respublika iqtisodiyotiga yuqori malakali mutaxassislar yetkazib berish bugungi kunning eng muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Chunki, Biz oldimizga qanday vazifa qo'ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug'ilmasin, gap oxir-oqibat, bari-bir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi Yuqori malakali kadrlar tayyorlash bevosita aholining tabiiy o'sishiga bog'liq. Mana shu nuqtai nazardan Respublikadagi kadrlar tayyorlash tizimining rivojlanish jarayonlarini, uning demografik xususiyatlarin hisobga olgan holda o'rganish maqsadga muvofiqdir. Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekistondagi o'ziga xos demografik rivojlanish xususiyatiga ega bo'lgan hududlaridan biri hisoblanadi. Statistik manbalarga ko'ra, Mintaqa aholisi 2007 yilda 1595,5 ming kishiga yetdi. Bu ko'rsatkich jami O'zbekiston aholisining 5,9 foiziga teng demakdir. Agar Qoraqalpog'istonning demogra-fik rivojlanishiga nazar tashlansa, XX asrning ikkinchi yarmidan aholi sonining muntazam ko'payib kelganligini ko'ramiz. Aholining eng yuqori sur'at bilan o'sgan davri 1979-1989 yillarga to'g'ri kelmoqda. Ushbu davrda o'rtacha yillik ko'payish 3,25 foizni tashkil etgan. Lekin, keyingi yillarda aholi soni dinamikasida keskin o'zgarishlar ro'y berib, o'rtacha yillik ko'payish 1,37 foizga (1991-2007y) tushib qoldi. Respublikada kuzatilgan bu kabi demografik o'zgarishlar ikki muhim omilga: aholi tug'ulish darajasining pasayishi va tashqi migratsiyaga bog'liqdir. Masalan, tug'ilishning umumiy koeffitsiyenti o'tish davrigacha yuqori darajada bo'lib, har ming kishiga tug'ilgan bolalar soni 1989 yili 35,7 ni tashkil etgan holda, 2007-yilga kelib ushbu ko'rsatkich 23,0 promillega teng bo'lgan. Hozirgi davrda Qoraqalpog'iston aholisining 34,4 foizini 0-15 yoshdagi bolalar tashkil etmoqda. Yana shuni ham ta'kidlash joizki, 200708 o'quv yiliga kelib Respublika umumta'lim maktablarida 283 375 o'quvchi tahsil olayotgan bo'lsalar, 37 249 o'quvchi 9-sinfni, 12 471 o'quvchi esa 11(12)-sinfni bitirib, yangi hayotga qadam qo'ymoqda. Bu hol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining demografik zaminini ifodalaydi. Shu bilan birga ta'lim tizimi oldiga yosh avlodni bilimli, yuqori malakali mutaxassislar etib tayyorlashdek dolzarb muammoni qo'yadi. Mazkur muammoning yechimi asosan ushbu tizimda olib borilayotgan tub islohotlar bilan bog'liq bo'lib, sohadagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Shunga mos ravishda, Qoraqalpog'iston Respublikasi ta'lim tizimi tarkibida ham qator o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Xususan, umumta'lim maktab bitiruvchilarini kasbga tayyorlash maqsadida yangi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tashkil etilib, yoshlarning uzluksiz ta'lim olishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda. Agar 199899 o'quv yilida Respublikada 1 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji bo'lib, ularda jami 904 o'quvchi tahsil olgan bo'lsa, 20001 o'quv yilida akademik litseylar soni 3 taga, kasb-hunar kollejlari soni esa 20 taga oshgan. Yuqorida qayd ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.27 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.27 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:04 ]
Arxiv ichida: doc