Qoraqolpog'iston turistik mintaqasi Reja: Qoraqolpog'iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari Qoraqolpog'iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Qoraqalpog'iston Respublikasi - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi Respublika. 1924 yil 14 oktyabrda Turkiston SSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Mayd. 166,6 ming km2. Poytaxti - Nukus shaxri. Qoraqalpog'iston Qizilqum sahrosining shimoliy-g'arbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog'iston hududida joylashgan. Ma'muriy - hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qorao'zak, Kegeyli, Qo'ng'irot, Qanliko'l, Mo'ynoq, Nukus, Taxtako'pir, To'rtko'l, Xo'jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal'a, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat. etnik tarkibini 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % O'zbeklar, 32,6 % Qozoqlar va 4,2 % boshqa millat vakillari tashkil etadi. Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab o'tgan sak va massagetlar qabilalari bilan bog'liq. Qoraqalpog'iston Respublikasining Jo'qorg'i Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Qoraqalpog'iston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining o'rinbosari hamdir. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi. Qoraqalpog'iston - parlament boshqaruv shakliga ega bo'lgan suveren demokratik Respublika. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi - ko'p partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ya'ni Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqolpog'istonda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqolpog'iston Oliy kengashining 1993 yil 9 aprrelidagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpog'iston o'z davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrog'iga ega. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 - 18-asrning o'rtalarida Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning o'rtalarida siyosiy voqealar, ya'ni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi g'arbiy tarmog'i - Janadaryo bo'ylariga ko'chib o'tdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol o'zbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qo'ng'irot, so'ngra Shohtemir (hoz. Chimboy) bo'lgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoqlar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shug'ullanganlar. Qoraqalpog'iston Qizilqum cho'lining shimoliy-g'arbiy, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog'iston hududida. Qizilqumning shimoliy-g'arbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik bo'lib, qator tepa va qumli barxanlar uchraydi. Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
622.51 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
622.51 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:04 ]
Arxiv ichida: docx