Qozog'iston Respublikasi 9-sing Geografiya darsligi asosida 39 § - mavzu Reja: Qozog'iston Respublikasi Qozog'iston tabiiy resurslari Yoqilg'i-energetika sanoati Kimyo va neft-kimyo sanoati Yengil sanoati Markaziy Osiyo mintaqasining shimoliy va markaziy hududlarida joylashgan. Qozog'iston Respublikasining milliy mustaqilligi 1991-yilning 16-dekabrida e'lon qilingan. Maydoniga ko'ra jahonning 9-yirik mamlakatidir. U mintaqa hududining 23 qismini egallaydi. Qozog'iston yer resurslariga ham juda boy. Jami hududining 80% dan ko'prog'i qishloq xo'jaligida foydalaniladi. Unda, ayniqsa, yaylov va pichanzorlar hissasi eng katta. Qozog'iston aholisining soni jihatidan mintaqada O'zbekistondan keyinda turadi. Uning aholisi 1997-yildagi 16,7 mln. kishidan 2013-yilda 18,0 mln. kishiga yetdi. Qozog'iston mintaqada aholisi eng siyrak joylashgan respublikadir. Yoqilg'i-energetika sanoati tarmoqlari respublika sanoatining eng yirik ishlab chiqarish majmuasidir. Ayniqsa, ko'mir, neft qazib chiqarish va elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi bo'yicha Qozog'iston Markaziy Osiyoda eng yirik mamlakat hisoblanadi. Neft konlari, asosan g'arbida, yirik elektrostansiyalar esa shimolida joylashganligi respublikaning boshqa rayonlarini yoqilg'i va elektroenergiya bilan ta'minlashda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Metallurgiya tarmoqlari respublika sanoatining ikkinchi yirik majmuasidir. Respublikada qora metallurgiya va rangdli metallurgiya sanoatlari yaxshi rivojlangan. Kimyo va neft-kimyo sanoati ham tog'-kon sanoati bilan bog'langan bo'lib, asosan, neftni qayta ishlash, mineral o'g'itlar, avtomobil shinalari va rezina, texnika, sulfat kislotasi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Respublikada yetakchi o'rinni oziq-ovqat sanoati tashkil qiladi. Tarmoqning yetakchi yo'nalishi go'sht-sut yetishtirish sanoatidir. Respublika chorvachiligining yetakchi tarmog'i qo'ychilik va echkichilikdir. Hozirgi vaqtda unda 25 mln. boshdan ziyod qo'y va echkilar bor. Qo'ychiligi, asosan, jun va qorako'l teri berishga ixtisoslashgan. Dehqonchiligi. Ekin maydoni 34 mln. ga bo'lib, 23 qismida donli ekinlar (bahorgi bug'doy, arpa, tariq, makkajo'xori, sholi), qolgan qismida texnik (paxta, qandlavlagi, kartoshka va yem-xashak) ekinlar ekiladi. Qozog'istonda davlatlararo va rayonlararo yuk tashishda temiryo'l transportining ahamiyati katta. U barcha ichki rayonlarini bir-birlari bilan bog'lab turadi. Ahamiyatiga ko'ra avtomobil transporti ham muhimdir. Iqtisodiy rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish ixtisosiga ko'ra nisbatan yaxshi (Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Qozog'iston) va nisbatan kam o'zlashtirilgan (G'arbiy va Markaziy Qozog'iston) rayonlari ajralib turadi. MAVZU: Qоzоg'istоn Rеspublikаsi 1. Qozog'iston Respublikasi jahon siyosiy xaritasida. 2. Qozog'iston Respublikasining tashkil topish tarixi. 3. Qozog'iston Respublikasining kattaligi, chegaralari, geografik о'rni. 4. Qozog'iston Respublikasining ma'muriy-xududiy bо'linishi. 5. Qozog'iston Respublikasi tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 6. Qozog'iston Respublikasi iqtisodiyoti. DAVLAT RAMZLARI 1.Davlat bayrog'i-4 iyun 1992y 2.Davlat gerbi - 4 iyun 1992y 3.Davlat gimni- Mening Qozog'istonim 6 Yanvar 2006y 4.Prezident - 24 aprel 1990y 1 dekabr 1991 y 5. Konstitutsiya-28 yanvar 1993y 30 avgust 1995y UMUMIY MA'LUMOTLAR 1. Mustaqillik kuni-16 dekabr 1991y 2. Davlat tili-qozoq tili, amalda rus tili 3. Boshqarish shakli-unitar, prezidentlik-parlamentar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
11.58 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
11.58 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:04 ]
Arxiv ichida: pptx