Qozog'iston Respublikasining aholisi va mehnat resurslari haqida ma'lumot

Qozog'iston Respublikasining aholisi va mehnat resurslari haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Qozog'iston Respublikasining aholisi va mehnat resurslari haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Qozog'iston Respublikasining aholisi va mehnat resurslari Reja: Mamlakat aholisining umumiy soni va zichligi Aholining milliy tarkibi Shahar va qishloq aholisi Mamlakatda mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari Moddiy ishlash chiqarishning asosini aholi tashkil qiladi. Aholi nafaqat moddiy boyligni yaratibgina qolmasdan balki uni iste'mol qiladi ham. Shu sababli Respublika hududida aholihihg joylashishi bilan uzviy ravishda bog'liqdir. Chunki aholi ko'p joylashgan rayonlarda qo'l mehnati ko'proq talab qilinadigan sanoat tarmoqlari, aholi siyrak joylashgan joylarda esa qo'l mehnati kam talab qilinadigan sanoat tarmoqlari tarkib topadi. Aholi soni va zichligi. Qozog'iston aholisi o'sib bormoqda.Respublika aholisi 1979-1989yilgi aholi ro'yxatlari oralig'ida 2 mln kishiga ko'paydi va u 15,3 mln kishini tashkil qiladi.Aholining bunday tez o'sishi eng avvalo tabiiy o'sishi ya'ni tug'ilishning kattaligi bilan bog'liq hisoblanadi.Respublikada aholining o'sishi har 100 kishiga 18 kishini tashkil qiladi.Shu bilan birgalikda Respublika aholisining o'sishida mexanik o'sishninmg roli ham kattadir.Ahniqsa Respublikada 50-60 yillarda qo'riq va bo'z yerlarning o'zlashtirilishi natijasida sobiq SSR ning boshqa Respublikalaridan bu yerga ko'plab aholi ko'chib kela boshladi. Aholi o'sishining kattaligiga qaramasdan, Respublikada aholi zichligi kam va u 1km kvga 6 kishini tashkil qiladi.Shu bilan birgalikda Respublika hududining ayrim rayonlarida ancha zich joylashgan. Keyingi yillarda aholining tabiiy ko'payishi ancha sekinlashdi. Qishloq aholi manzilgohlari va ularning joylanishi Respublikaning tabiiy ,tarixiy va iqtisodiy sharoitiga ko'ra uning tuirli qismlarida qishloq aholisi tirlicha hisoblanadi. Qozog'istonning dehqonchilik qiladigan o'rmon-dasht va dasht zonalari hamda Respublikaning janubi-sharqidagi tog' oldi nohiyalarida aholi asosan katta qishloqlarda joylashgan. Respublikaning shimolida bunday qishloqlar asosan daryo vodiylari, ko'l yoqalarida joylashgan bo'lsa,janubda sug'orma dehqonchilik rayonlarida-kanal yoqalari yoki soylarda joylashgan.Oltoyda bunday qishloqlar asosiy daryoga o'z suvini quyuvchi irmoqlarda joylashgan. Shu sababli Oltoydagi qishloqlar nomiga ust so'zi qo'shib ishlatiladi.Bularga Ust-Kaminagorsk Ust-Buxtarma kabilar misol bo'la oladi. Markaziy va G'arbiy Qozog'istoning chala cho'l zonasida aholi asosan har xil joyda joylashgan qishloqlarda istiqomat qiladi.bunday qishloqlar asosan quduq ko'l yoqalari yoki uncha katta bo'lmagan daryo vodiylarida joylashgan.Respublikanign janubi-sharqida baland tog' mintaqasidagi aholi manzillardan iborat bo'lib, bu yerda yozda cho'ponlar, asalarichilar, yog'och kesuvchilar yashaydigan alohida uylardan hisoblanadi. Katta ko'l va dengiz yoqalarida baliq ovlash bilan shug'ullanuvchi aholi yashaydigan katta-katta pasyolka (manzilgoj)lar xarakterlidir. Shahar aholisi.Respublikada shahar aholisining salmog'i 1917 yildagi 9 % dan 57% ga ortdi.Bu shuni ko'rsatadiki, Qozog'iston Respublikasi aholisining ko'pchilik qismi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishdan boshqa bo'lgan tarmoqlarda ishlaydi. Shahar aholisining salmog'i har qanday davlatning industirlashganligini ko'rsatuvchi belgi hisoblanadi. Respublikada shahar aholisining o'sishi asosan yangi shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlarning qazilma boyliklarni qazib olish,temir yo'llarni qurish joylarda tarkib topish hisobiga yuz bergan. Respublikada tarkib topgan yangi shaharlarga Temirtov, Qarag'anda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.42 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.42 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga