Qozog'iston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida ma'lumot

Qozog'iston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Qozog'iston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Qozog'iston Respublikasining geografik o'rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Reja: 1.Geografik o'rni 2.Tabiiy sharoiti 3.Tabiiy resurslari Geografik o'rni. Qozog'iston Respublikasi 1991 yil 16 dekabrda mustaqil davlat sifatida butun dunyo davlatlari tomonidan tan olindi. Hozirgi kunda Qozog'iston Birlashgan millatlar tashkilotlarining teng huquqli a'zosidir. Respublika maydoni -2,7 mln km kv ga teng bo'lib uning hududiga Eron, Iroq, Turkiya kabi davlatlarni to'liq joylashtirish mumkin. Qozog'iston hududi Kasbiy dengizidan Oltoy tog'larigacha, Uraldan Tyanshangacha cho'zilib ketadi. Uning sharqiy va g'arbiy chekka nuqtalari orasidagi masofa qarib 300 km ni, shimoliy va janubiy nuqtalari orasidagi masofa esa 1700 km ga yaqin. Respublikaning chekka qismlari xo'jalikning xarakteri jihatidan qo'shni nohiyalariga o'xshaydi. Shimoliy va sharqiy rayonlar G'arbiy Sibirni, Shimoli-G'arbi-Uralni, Janubi-O'rta Osiyoni eslatadi. Respublika maydonining kattaligi tabiiy resurslar zaxiralarining va shu jumladan qishloq xo'jalik ekin maydonining kattaligiga olib kelgan. Bu esa o'z navbatida Respublika xalq xo'jaligini keng yo'nalishda rivojlantirish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda Respublika maydonining o'ta kattaligi, bu yerdagi tabiiy resurslarni o'zlashtirishda ma'lum darajadagi qiyinchiliklarga olib keladi. Bunday qiyinchiliklar Respublikaning turli qismlarida shahar va qishloq aholisi turar joyini ko'rishda, ularni bir-biri bilan transport va boshqa aloqa vositalari bilan bog'lashda yaqqol seziladi. Bunday ishlarni amalga oshirish katta kapital mablag'ni talab qiladi. Qozog'iston Respublikasining hozirgi hududi,Respublika Konstitutsiyasida qayd etilganidek,hozirgi chegarada bir butun,mustaqil va dahlsizdir. Qozog'iston Respublikasi barcha markaziy Osiyo davlatlari kabi Yevrosiyo materigining qoq o'rtasida,Atlantika,Tinch va Hind okeanlaridan uzoqda joylashgan. Shu sababli ham Qozog'iston Respublikasida keng rivoj topgan dasht, chala cho'l va cho'l zonalari o'zining quruq va kontinental iqlimga ega ekanligi bilan ajralib turadi.Iqlimning qo'riq va kontinentalligi Respublika qishloq xo'jaligida yaylov chorvachiligi va donchilik asosiy yerlarni egallaydi.Respublikaning ko'pchilik joylarida suv yetishmasligi ko'pgina qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining,shu jumladan rangli va qora metallurgiya sanoat tarmoqlarini joylashtirishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Respublikaning iqtisodiy geografik o'rnini analiz qilish shuni ko'rsatadiki u O'rta Osiyo davlatlari bilan,ayniqsa O'zbekiston Respublikasi bilan katta masofada chegaradoshligi,ushbu Respublika bilan keng ko'lamda iqtisodiy aloqalar olib borish imkoniyatini beradi. Qozog'iston Respublikasi g'arb va shimol tomondan Rossiya bilan chegaradosh.Bu esa Respublikaning Rossiya davlati bilan ham keng ko'lamda iqtisodiy aloqalar olib borish imkoniyatini beradi. Qozog'iston Respublikasining iqtisodiy geografik o'rnini baholashda shu narsani qayd qilish lozimki,30-yillarga qadar uning iqtisodiy geografik o'rni ancha noqulay edi.Chunki, Qozog'iston Respublikasi iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan Rossiya Federatsiyasining Markaziy, Ukrainaning Donbas-Dnepr bo'yi iqtisodiy rayonlaridan uzoqda joylshgan edi.O'sha vaqtda Respublikada temir yo'l tarmoqlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda ancha qiyinchiliklarga duch kelinar edi. Hozirgi kunga kelib Respublikaning iqtisodiy-geografik o'rnining ahamiyati keskin ortdi.Qozog'iston g'arb va shimolda Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy jihatdan kuchli rivojlangan G'arbiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.49 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.49 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga