Qozog'istonning sanoati. Yoqig'i - energetika sanoati

Qozog'istonning sanoati. Yoqig'i - energetika sanoati

O'quvchilarga / Geografiya
Qozog'istonning sanoati. Yoqig'i - energetika sanoati - rasmi

Material tavsifi

Qozog'istonning sanoati. Yoqig'i-energetika sanoati Reja: Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning tutgan o'rni Yoqilg'i sanoati Elektroenergetika sanoati Sanoati. Sanoat Qozog'iston Respublikasi xalq xo'jaligining etakchi tarmog'i hisoblanadi.U Respublikada ishlab chiqarayotgan yalpi mahsulotning yarmini yetkazib beradi.Qozog'iston sanoatiga xos xususuyatlaridan biri uning xom ashyo bilan to'liq ta'minlanganligidir. Qozog'iston juda katta ko'mir, neft, rangli va qora metall xom ashyolariga, kimyo va qurilish materiallari sanoati xom ashyo zaxiralariga ega. Respublikaning ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligi yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarini xom ashyo bilan ta'minlaydi. Qozog'iston sanoatining tarkibida og'ir sanoat tarmoqlari asosiy o'rinni egallaydi va u Respublika sanoati mahsulotining 75% ini yetkazib beradi. Respublika sanoati tarkibida undiruvchi sanoat tarmoqlari katta o'rin tutadi. Bu yerdagi joylashgan ko'pgina qazilma boyliklar ochiq usulda qazib chiqariladi. Bu esa mahsulot ishlab shiqarishning arzonga tushishiga olib keladi. Shu bilan birgalikda Qozog'istonda qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari ham taraqqiy etgan. Bunday sanoat tarmoqlari og'ir va yengil sanoat tarmoqlari tarkibida bo'ladi. Respublika mustaqil rivojlanayotgan ekan, jahon bozorida ko'proq tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan o'z o'rnini topish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoqilg'i energetika majmuasi.Qozog'istonning yoqilg'i energetika kompleksi yoqilg'i va elektro -energetika sanoatlarini o'z ichiga oladi.Ushbu sanoat tarmoqlarini ko'p hollarda energetika sanoati ham deyiladi. Ushbu sanoat tarmog'i Respublika xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari bilan uzviy ravishda bog'liqdir. Chunki energetika Respublikadagi barcha tarmoqlarni energiya bilan ta'minlaydi Shunday ekan, energetika hozirgi ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi. Qozog'istonda yoqilg'i sanoati energetikaning asosini tashkil qiladi. U ko'mir,neft va gazni qazib olishni o'z ichiga oladi. Respublikada asosiy yoqilg'i-ko'mir hisoblanadi. Uning zahirasi 140 mlrd tonnani tashkil etadi. Yiliga 140 mln tonna ko'mir qazib chiqarilmoqda. Respublikada ko'mir sanoati 1931 yildan boshlab Ural-Kuzbas metallurgiya kombinatining ishga tushirilishi asosida jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. Chunki Qarag'anda ko'miri shaxta usulida qazib olinadi. Undagi ko'mir qatlamlari qalinligi1,5 m dan 15 m gacha yetadi. Ko'mir 300 m chuqurlikda joylashgan. Qazib olingan ko'mir Qozog'istonning asosiy sanoat tarmoqlariga, janubiy Uralga, O'rta Osiyo Respublikalariga yuboriladi. Respublikada kattaligi jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi ko'mir bu-Ekibastiz ko'mir havzasidir. Bu ko'mir havzasidan asosan qo'ngir ko'mir qazib olinadi. Ekibastuz ko'miri yer yuzasiga yaqin joylahsgan bo'lib ko'mir qatlamlari 100 m va undan ham ortiq. Shu sababli u ochiq usulda qazib olinadi. Shu sababli Ekibastiz ko'mirning tannarxi Qarag'anda ko'miriga nisbatan uch marotaba arzondir.Bu yerda dunyodagi eng katta ko'mir qazib olish uchastkasi «Bagatir» joylashgan.Ushbu uchastkadan yiliga 50 mln t. Ko'mir qazib olinadi.Bundan tashqari «Severniy», «Vostochniy» uchaskalarida ham ko'mir qazib olish yil sayin oshib bormoqda. Ekibastuz ko'miri Shimoliy Qozog'iston,Sibir va Uraldagi 20 dan ortiq elektr stansiyalarini yoqilg'i bilan ta'minlaydi. Ekibastuz ko'mirining kuli ko'p,shu sababli uni uzoqqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.02 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.02 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga