Qozog'istonning xalq xo'jaligi haqida ma'lumot

Qozog'istonning xalq xo'jaligi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Qozog'istonning xalq xo'jaligi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Qozog'istonning xalq xo'jaligi Reja: Qozog'iston Rossiya bosib olganga qadar Qozog'iston Rossiya tarkibida Qozog'iston xalq xo'jalik tarmoqlarining geografik joylashuvi Qozog'iston-Rossiya bosib olingunga qadar. Qozoq xalqi hozirgi Respublika hududida asrlar davomida chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan.Ularning turmush tarzi bir yaylovdan ikkinchi yaylovga ko'chib yurishdan iborat bo'lgan. Qadimgi qozoqlar dehqonchilik bilan deyarli shug'ullanmagan. Tyan-shan, Oltoy tog' oldi rayonlarida uchratish mumkin xolos. Qozog'istonda ko'p hollarda dehqonchilik bilan chorva mollari bo'lmagan kambag'al qozoqlar shug'ullanganlar. Ular asosan tariq qisman bug'doy ekganlar. Qozoq xalqining asosiy boyligi chorva mollari va chorva mollari mahsulotlarini qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar bo'lgan. Qozoq xalqi chorva mollar mahsulotlaridan qo'lda ustibosh, poyavzal, arqon, har xil idishlar tayyorlaganlar. Qisman qozoqlar rangli metallarni qayta ishlash bilan ham shug'ullanganlar. Lekin rangli metal konlari izlab topish tasodifan hollardan iborat bo'lib rangli metallarni qayta ishlash qozoq xalqi orasida keng taraqqiy qilmagan edi. Qozoq xalqi tomonidan uyida tayyorlangan mahsulotlar ularning talabini qondira olmas edi.Shu sababli qozoq xalqi qadimdan O'rta Osiyo xalqlari bilan savdo -sotiq ishlarini olib borganlar.O'rta Osiyo xalqlarida qozoq xalqi tomonidan tayyorlangan chakmon terilar qora uylar juda xaridorgir mollar hisoblanadi. Lekin qozoq xalqining asosiy savdo qiladigan mahsuloti -bu chorva edi.Qozoqlar O'rta osiyo bozorlaridan o'zlari uchun kerakli mahsulotlarni xarid qilar edilar. Shular ichida eng asosiylari-non, gazlama, choy, qand va boshqalardir. XVII asrning 30-yillaridan boshlab rus davlati tomonidan Qozog'iston hududi bosib olina boshladi.Dastlab ruslar G'arbiy Qozog'istonni bosib oldilar.Keyinchalik ular Markaziy va Shimoliy Qozog'istonni bosib ola boshladilar.XIX asrning 60-yillariga kelib ruslar tomonidan Qozog'iston to'lig'icha bosib olindi. Qozog'iston-Rossiya tarkibida. Qozog'istonni ruslar tomonidan butunlay bosib olgach,eng avvalo ruslar Qozog'iston boyligidan Rossiya sanoati xom ashyo bilan ta'minlash maqsadida foydalana boshladilar. Shu nuqta nazaridan bu yerda dehqonchilikni rivojlantira boshladi,ayrim qayta ishlovchi sanoat korxonalari qurila boshladi. Temir yo'llar qurila boshlandi. Qozog'istonda dehqonchilikni rivojlantirishni aholi zich joylashgan Ukraina va Rossiya Markaziy rayonlaridan aholini ko'plab ko'chirib kelish amalga oshiriladi. Ko'chib kelgan aholi Qozog'istonning shimoliy, sharqiy va janubiy-sharqiy rayonlarida joylasha boshladilar. Ko'chib kelgan aholi asosan dehqonchilik bilan shug'ullana boshladilar va ilgari qozoqlar tomonidan yaylov sifatida foydalanib kelingan yaylovzorlarni hayday boshladilar. Natijada 1913 yilga Qozog'istonda haydaladigan yerlar 4 mln gektarga yetdi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish ko'paytirish bilan Qozog'istonda savdo-sotiq ishlari jonlandi. Bu yerda yangidan yangi savdo yarmarkalari tarkib topdi. Bularga Qozog'istonning g'arbiy qismida tarkib topgan. Uil, Chergiz shimoldagi-Atbosar, Akmala, janubdagi-Char, Tyan-Shan tog' etaklaridan Qarqara yarmarkalarini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.1900 yilga kelib Qozog'istonda 106 ta katta savdo yarmarkalari ishlab turgan. XIX asrning oxirlarida Qozog'istonda sanoat ham rivojlana boshladi.Lekin Qozog'istonda ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotda sanoatning tutgan o'rni 15% dan oshmas edi.Sanoat mahsulotlari oraisda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.34 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.34 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga