Quldorlik tuzumi davridagi geografiya

Quldorlik tuzumi davridagi geografiya

O'quvchilarga / Geografiya
Quldorlik tuzumi davridagi geografiya - rasmi

Material tavsifi

Quldorlik tuzumi davridagi geografiya (mil. av. IY mingyillik - milodning II asri) Reja: Qadimiy Sharq geografiyasi. Antik O'rta dengizbo'yi geografiyasi. Qadimiy Sharq geografiyasi. Sharq quldorlik davri xalqlarining eng qadimiy yozma manbalarida dastlabki geografik ma'lumotlar mavjud. Mil.av. 4-1-mingyilliklarda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining past darajasi va ayrim madaniyatlar orasidagi kuchsiz aloqalar geografik saviyaning cheklanganligi sabab edi. Tabiat asosan diniy-mifologik (olamning yaratilishi, olamshumul suv bosishi va boshqa miflar) holda talqin qilinar edi. Qadimgi madaniy xalqlarda geografik tasavvurlar ancha yuqori darajada bo'lgan. Qadimgi Vaviloniya, Misr va Xitoy eng ko'hna sivilizatsiya o'choqlari bo'lib, bu hududlarda topilgan qadimiy karta va planlar bu xalqlarda geografik tasavvurlar ancha mukammal darajada bo'lganligini ko'rsatadi. Chunonchi, Vaviloniyada meloddan avvalgi XIX ? - VI asrlarda shahar - davlatlarda yasalgan sopol idishlar yuzasiga chizilgan kartalar saqlanib qolgan bo'lib, ularda Nil daryosi bilan Qizil dengiz oralig'idagi oltin konlari tasvirlangan. Gnomon, Quyosh soatlari, kunning 12 soatga bo'limishi qadimiy Vavilonda ma'lum bo'lgan. O'rta dengiz bilan Livan tog'lari oralig'ida yashagan finikiyaliklar VI asrda Misr hukmdori Nexo II ning tashabbusi bilan Afrika qirg'oqlari bo'ylab aylana uch yillik sayohat qilganligi haqida yozma ma'lumotlar saqlangan. Milodga qadar 3 ming yil muqaddam Qadimiy Misrda Afrikaning markaziga, O'rta Yer va Qizil dengizlar bo'ylab ekspeditsiyalar o'tkazilgan. Xalqlarning joylashuvi, urushlar va savdo atrofdagi joylar to'g'risidagi bilimlarni kengaytirgan hamda Quyosh, Oy va yulduzlarga qarab mo'ljal (oriyentir) olish ko'nikmalarini shakllantirgan. Dehqonchilik va chorvachilikning daryolarning toshishi va boshqa davriy tabiiy hodisalarga bog'liqliq bo'lishi taqvim - kalendarni tuzishga sabab bo'ldi. Milodga qadar 3-2-mingyilliklarda hozirgi Pokiston hududidagi xaklqning vakillari mussoni kashf etdilar. Muqaddas hind kitoblarida ham geografiyaning elementlari mavjud: Hindiston yozma adabiyotining qadimiy yodgorligi bo'lgan Vedalarda butun bir bo'lim kosmologiyaga bag'ishlangan bo'lsa, Mahabharatada esa okeanlar, tog'lar, daryolar to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Qadimiy Xitoyda meloddan avval IX-VII asrlardayoq qal'a qurish uchun joy tanlashda qulay joylarning kartalarini tuzishgan. Miloddan avval II asrda butunlay geografiyaga bag'ishlangan asarlar yozilgan, kompas va masofani o'lchash uchun asboblar, Xitoyning Regional atlasi yaratilgan. Vavilionlarning savdo karvonlari Eron, Kaspiy dengizgacha borishgan, xitoyliklar maxsus kartalar tuzadigan moslamaga ega bo'lishgan, xitoylik sayyohlar O'rta Osiyoning Amudaryo va Sirdaryo bo'ylarida sayohat qilganligi haqidagi ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Antik O'rta dengizbo'yi geografiyasi. Meloddan avvalgi VII-VII asrdan melodning V asrning o'rtasigacha bo'lgan davr (o'n uch asrga yaqin) antik davr deb nom olgan va u klassik Gretsiya, ellinlar davri (ellinizm) va Rim imperiyasi davrlariga ajratiladi (Ditmar, 1973). Sokratga qadar bo'lgan falsafiy an'ana geografiyaning tarkib topishi uchun anchagina shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Geografik dunyoqarash antik davrda yuqori darajada bo'lgan. Fan va madaniyat yuksalgan. O'rta Yer dengizi sohillaridagi bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.48 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.48 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga